Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Adabiyot. Rim adabiyotining shakllanishi va taraqqiyoti-
da xalq og‘zaki ijodi va yunon adabiy an’analari muhim o‘rin 
tutadi. Rim adabiyoti tarixi mil.avv. III asr o‘rtalarida yunon 
janrlariga taqlid qilish bilan boshlandi. Tarentlik ozod qo‘yil-
gan qul, yunon Liviy Andronik (mil.avv. 280–204-yillar) bi-
rinchi lotin muallifi edi. U Gomerning «Odissey»sini lotin tiliga 
tarjima qildi. Shuningdek, u yunon dramalarini erkin tarjima 
qilish va badiiy qayta ishlash bilan shug‘ullandi. Liviy Andro-
nikdan Rim badiiy adabiyoti boshlanadi. U rim patrisiylari-
ning bolalari uchun maktab ochib, yunon tili va adabiyotini 
o‘qitishni boshladi. 
Uning zamondoshlari shoirlar Neviy va Enniy edi. Giney Neviy 
(mil.avv. 201-yilda vafot qilgan) Rim syujetlariga asoslangan 
birinchi tragediyalarni yaratdi. Yunon mualliflari syujetlaridan 
o‘zlashtirib, dramalar yozdi. Neviy I Puni urushi to‘g‘risida 7 
jildda epik poema yaratdi. Kvint Enniy (mil.avv. 239–169-yillar) 
Rim tarixiga bag‘ishlangan «An’analar» epik poemasini 18 jild-
da yozdi. Bu shoirdan 1100dan ortiq she’rlar meros qoldi. Tit 


577
Maksesiy Plavt (mil.avv. 250–184-yillar) birinchi Rim komedi-
ografi bo‘lib, uning 130 komediyasidan 21 tasi saqlanib qolgan. 
Ikkinchi buyuk Rim komediografi afrikalik Publiy Terensiy (mil.
avv. 185–159-yillar) bo‘lib, uning pyesalaridan 6 tasi bizgacha 
yetib kelgan. 
Rimda tragediya keng tarqalmadi. Rim tragiklari Mark Pakui 
(mil.avv. 220–130-yillar) va Lusiy Aksiy (mil.avv. 170–90-yillar) 
o‘z tragediyalarini yaratish uchun buyuk yunon dramaturgla-
rining asarlaridan foydalandilar. Rimda keng tarqalgan adabiy 
janr satira (she’r, masal, latifa va dialoglar aralashmasi) edi. 
Vaqt o‘tishi bilan u bizga yaxshi tanish bo‘lgan satiraga aylan-
di. Birinchi Rim satirigi
Gay Lusiliy (mil.avv. 180–102-yillar) 
30 kitobdan iborat satiralar to‘plamini yaratdi. Lotin prozasi-
ning ilk namunalaridan biri Mark Porsiy Katon Kattaning (mil.
avv. 234–249-yillar) «Dehqonchilik to‘g‘risida» nomli asari edi. 
Uning 7 jildli Rimning qadimgi davrlaridan II Puni urushiga-
cha bo‘lgan tarixi yoritilgan kitobi, tibbiyot bo‘yicha traktatlari, 
notiqlik san’atiga bag‘ishlangan asarlari, 150 ta nutqlari bizga-
cha yetib kelmagan. So‘nggi respublika davrining lotin poeziyasi 
Tit Lukretsiy Kar (mil.avv. 95–51-yillar) va Gay Valeriy Katull (mil.
avv. 87–54-yillar) kabi taniqli vakillari bilan mashhur. «Narsalar-
ning tabiati to‘g‘risida» nomli 6 jildli falsafiy poema Lukretsiyga 
tegishli. Katull mashhur Rim lirik shoiri bo‘lib, u 116 she’rdan 
iborat to‘plam qoldirgan. 
Lotin madaniyatining mashhur vakillari Mark Terensiy Var-
ron (mil.avv. 116–27-yillar) va Mark Tulliy Sitseron (mil.avv. 
106–43-yillar) adabiyot sohasida muhim iz qoldirdilar. Var-
ron 620 jildda 74 asar muallifi bo‘lgan ensiklopedist yozuv-
chi edi. Uning asosiy asarlari «Qadimiyatlar» (41 jild) va «Lo-
tin tili to‘g‘risida» (25 jild) kitob edi. Sitseron qadimda notiq-
lik san’atining nazariyotchisi va amaliyotchisi, davlat arbobi, 
huqushunos va advokat, faylasuf va filolog-tarjimon, adabiy 
tanqidchi va san’atshunos edi. Uning 58 siyosiy va sud sohasi-
dagi nutqlari, 12 ta falsafiy to‘plami, notiqlik san’ati bo‘yicha 7 
traktati, 800 xatlari, ko‘pgina nutqlari va poetik asarlari mav-
jud bo‘lgan. 
Avgust davri lotin poeziyasining oltin asri hisoblanadi. Bu 
davrda buyuk shoirlar Publiy Vergiliy Maron (mil.avv. 79–19-yil-
lar), Kvint Goratsiy Flakk (mil.avv. 65–8-yillar), Publiy Ovidiy 
Nazon (mil.avv. 49-yil – milodiy 18-yillar) yashab ijod qildilar. 


578
Vergiliy dehqonlar mehnatiga bag‘ishlab 14 jildli didaktik poe-
ma, 12 jildli «Eneida» poemasi va «Bukolika» she’riy to‘plamini 
yaratdi.
Goratsiy imperator kotibi lavozimini rad etdi. U shoir sifatida 
erkinlik va mustaqillikni afzal ko‘rdi. Harbiy tribun unvoniga 
sazovor bo‘ldi. Kvestor kotibi lavozimida ishlab tirikchilik qildi. 
Goratsiy o‘z ijodini satira va munozara janrida boshladi (Epod-
lar, 2 jildda satiralar). Keyin esa 4 jildli «Odalar», «Maktublar» 
kitobini, 5 jildli elegiyalar, parodiya-didaktik janrda «Sevgi 
fani», «Sevgi da’vosi» asarlari, 15 jildli «G‘amgin elegiyalar», 4 
jildli «Pontdan maktublar» asarlarini yozdi. Publiy Ovidiy Nazon 
(mil.avv. 43-yil – milodiy 17-yil) mifologik syujetlarga murojaat 
qildi. Uning asosiy asarlari «Fastlar», «Metamorfozalar», «Pont-
dan maktublar». Qobiliyatli lirik shoirlar Albiy Tibull (mil.avv. 
50-yil – milodiy 19-yil) va Sekst Propersiy (mil.avv. 49–15-yil-
lar) elegiyalar yozdilar. Tibul Rim suvoriysining o‘g‘li edi. Tibull 
o‘zidan elegiyalarning ikki to‘plamini, Propersiy bir to‘plamini 
qoldirdi. Oktavian Avgustning o‘zi proza va she’riyatda ko‘p 
asarlar yozdi.
Satirik janrda Kichik Seneka (mil.avv. 4-yil – milodiy 65-yil-
lari) va Petroniy Arbitr mashhur edilar. Petroniyning mashhur 
romani «Satirikon» bo‘lib, uning 20 bobidan 3 bobi bizgacha 
yetib kelgan. Persiy Flakk (34–62-yillar), Mark Valeriy Marsial 
(40–102-yillar), Detsiy Yuney Yuvenal (60–127-yillar) hamda 
Lukian (120–190-yillar) satira janrida ajoyib asarlar yaratdilar. 
Bizgacha bu davrning qimmatli yodgorliklari mashhur notiqlar 
Dion Xrizotomning 78 nutqi, Eliy Aristidning 55 nutqi yetib kel-
gan. IV asr ritorika – notiqlikning yangidan gullab-yashnagan 
davri bo‘ldi. Antik O‘rtayer dengizining notiqlik maktablarida 
bo‘lg‘usi oliy amaldorlar va xristian targ‘ibotchilari tarbiyalan-
di. Bu davrda Afinada Gimeriy, Konstantinopolda Femistiy kabi 
mashhur ritorlar dars berdilar. 
Eng kuchli notiq va notiqlik san’ati o‘qituvchisi Libaniy 
(314–391-yillar) edi. U Antioxiyada imperatorlar, lashkarboshi-
lar va oliy amaldorlarga qarata ijtimoiy dolzarb muammolar yu-
zasidan erkin nutqlar bilan murojaat qilgan. Libaniy «Kichik 
Demosfen» taxallusini oldi. Libaniy ma’jusiy dinga e’tiqod qildi. 
U imperator Yulianning ashaddiy muxlisi bo‘lib, Yulian ham 
unga homiylik qiladi. Ko‘pgina taniqli xristian targ‘ibotchilari, 
jumladan, nazianlik Grigoriy va Ioann Zlatous uning makta-


579
bidan chiqqan edi. O‘sha davrdagi Rim notiqlaridan IV asr oxir-
larida oliy davlat mansablarini egallagan Kvint Avremiy Sim-
maxni aytish mumkin.
Sarguzasht roman janriga Apuliyning «Oltin eshak», «Af-
nis va Xloya»; Geliodorning «Efiopika» asarlari mansubdir. 
Bu davrda dramatik janr deyarli rivojlanmadi. Undan faqat 
pantomima, atellan va mim shakllari qoldi. Bizgacha yunon 
klassik obrazlariga taqlid qilib yozilgan Senekaning 10 trage-
diyasi yetib kelgan.
IV–V asrlarda poeziyada klassik namunada asarlar yaratish 
an’anaga aylandi. Bu davrning eng mashhur mifologik eposi 
misrlik Nonning «Dionis to‘g‘risida»gi dostoni deb e’tirof etish 
mumkin. Bu asar boy fantaziya, ifodali obrazlarga ega bo‘lib, 
epik tarzda yozilgan. 
IV–V asrlarda lotin shoirlari mifologiyadan tashqari, tabi-
atni tasvirlashga jiddiy e’tibor berdilar. Ana shunday lotin 
shoirlaridan biri Detsim Magin Avzoniy edi. U tajribali ri-
tor, yunon, lotin tillari va adabiyotining bilag‘oni, salohiyatli 
shoir edi. So‘ng ikki mashhur Rim shoirlari: Aleksandriya-
lik Klavdiy Klavdian, kelib chiqishi Galliyadan bo‘lgan Klav-
diy Rutimiy Namasian o‘z she’rlarida Rimga murojaat qilib, 
uning buyuk o‘tmishi va g‘alabalarini kuyladilar. Klavdian 
imperator Gonoriy saroyida yashab, hukmdorning yaqinlari-
dan biri Stilixonga bag‘ishlab «Stilixonga maqtov» va «Gotlar 
bilan urush to‘g‘risida» poemasida Rimning buyuk kelajagini 
bashorat qildi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling