Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- RIM IMPERIYASINING OLTIN DAVRI (MILODIY II ASR) 1. Rim imperiyasining oltin davri (milodiy II asr). 2. Im- perium Romanum. 3. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Светоний Транквилл. Жизнь двенадцати Цезарей. – М.: 1966. 2. Колосовская Ю. К. Паннония в I–III вв. –М.: 1973. 3. Шифман И. Ш. Сирийское общества эпохи принципата (I–III вв. н. э.). – М.: 1977. 4. Штаерман Е. М., Смирин В. М., Белова Н. Н., Колосовская Ю. К. Рабство в западных провинциях Римской империи в I–III вв. – М.: 1977. 5. Штаерман Е. М., Трофимова М. К. Рабовдельческие отношения в ранней Римской империи (Италия). – М.: 1971. Asosiy sanalar Mil.avv. 53-yil Krass qo‘shinlarining Parfiya tomonidan tor-mor qilinishi. Mil.avv. 30-yil Oktavian Avgust hukmronligi. Milodiy 14-yillari Mil.avv. 12-yil Oktavian Avgust oliy pontifik lavozimiga saylandi. Milodiy I asr oxiri Oktavianning o‘gay o‘g‘illari Tiberiy va Druz Pannoniya Meziya provinsiyalariga asos soldilar. 69–96-yillar Flaviylar sulolasi hukmronligi. 548 RIM IMPERIYASINING OLTIN DAVRI (MILODIY II ASR) 1. Rim imperiyasining oltin davri (milodiy II asr). 2. Im- perium Romanum. 3. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 1. Rim imperiyasining oltin davri (milodiy II asr). Domit- sian o‘limidan so‘ng senat 66 yoshli senator Mark Koksey Ner- vani (96–98-yillar) imperator etib sayladi. Uning hukmronligi bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmron- ligi boshlandi. U qadimgi senator urug‘idan bo‘lib, uning sayla- nishi senat va imperator o‘rtasidagi kelishuvning ramziy belgisi edi. Nerva qo‘shinda tayanchga ega bo‘lish uchun Germaniya provinsiyasi noibi Mark Ulpiy Trayanni taxt vorisi etib tayin- lashga majbur bo‘ldi. Trayan askarlar o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega edi. Nerva agrar qonun qabul qilib, eng kambag‘al fuqa- rolarga 60 mln sestersiyli yerni taqsimlab berdi. Kam ta’min- langan fuqarolar, bolalarga mablag‘ ajratilib, ijtimoiy ta’minot jamg‘arma tizimi asoslari yaratildi. Trayan 98–117-yillar Rim imperiyasiga hukmronlik qilgan paytdan imperiya o‘zining iqti- sodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi (96–196-yillar). Bu imperiyaning oltin davri edi. Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik urushlari olib bo- rildi. U faol tashqi siyosat olib borib, imperiya hududlarini ken- gaytirdi. Uning davrida legionlar soni 30 taga yetkazildi. Rim qo‘shinlari 101–103-yillar va 105–107-yillarda Dunay bo‘ylari- dagi kuchli Dakiya podsholigini bo‘ysundirdi. Dakiyaning pod- shosi Detsebal o‘z joniga qasd qildi. Dakiya Rim provinsiyasiga aylandi. Dakiyaning bosib olinishi natijasida uning boy oltin va tuz konlari Rimga katta o‘lja bo‘ldi. Dakiya g‘alabasiga bag‘ish- lab Rimda 123 kun turli tomoshalar ko‘rsatildi. Plebeyga mo‘l- ko‘l sadaqa ulashildi. Trayanning ajoyib termalari (hammom- lari), yangi suv quvuri hamda balandligi 30 metrli Trayan ko- lonnasi bunyod etildi. 106-yilda Arabistonda Nabatey davlati Rimga qo‘shib olindi. Trayan Parfiyadan Mesopotamiya va Armanistonni tortib olish uchun 113-yilda urush boshladi. Keyingi yil Armaniston- ni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. G‘ayratli imperator 115–116-yillarda Parfiya podshosi Vologes IV qo‘shinlarini tor- 549 mor qilib, uning poytaxti Ktesifonni egalladi. Butun Mesopo- tamiya Fors qo‘ltig‘igacha imperiya tarkibiga kirdi. Mahalliy aholining Rim bosqinidan noroziligi va sharqiy provinsiyalarda vaziyatning notinchligi Trayanni legionlarni Frot qirg‘og‘idan olib ketishga majbur qildi. Sharqda yangi bosib olingan yerlar- ni rimliklar qo‘ldan chiqardilar. Italiyaga qaytishda Kilikiyada Trayan kasal bo‘lib, 117-yil avgustida vafot etdi. Taxtga Trayanning jiyani, 41 yoshli asrandi o‘g‘li Publiy Eliy Adrian chiqdi (117–138-yillar). U Trayanga loyiq, juda puxta ma’lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi sifatida o‘z oldida turgan muammolarni juda yaxshi tushunar edi. Adrian davlat resurs- larining to‘la tugagani va Sharqda bosqinchilik siyosatining samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan Frot daryosi bo‘yi chegaralarini tiklash sharti bilan tinchlik shartnomasini tuz- di. Adrian imperiyaning sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa inshootlarini bunyod qildi. Ana shunday tadbirlar natijasida Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi. Sharqda ishlarni tugallab, Adrian Yevropa va Afrikada im- periya chegaralarini mustahkamlash maqsadida chegara isteh- komlarini qurish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi. Ana shunday istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi) Britaniya- da hozirgacha saqlanib qolgan. Adrian qo‘shinning yuqori jangovar holatda saqlab turish- ga katta e’tibor berdi. U legionlarni Rim yoki lotin fuqaroli- gi bo‘lmagan provinsiya aholisidan to‘ldirishga ruxsat berdi. Chunki bu vaqtda qo‘shinga xizmat qilishga xohish bildirgan fuqarolar soni keskin qisqardi. Rim harbiy mashinasini var- varlashtirish uchun asos ana shunday yaratildi. Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tad- birlarni amalga oshirdi. U prinseps kengashini qayta tashkil qildi. Kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga suvoriylar toifasining ko‘plab vakillarini taklif qildi. Qullarni qatl qilishni taqiqladi. Uning vorisi Antonin Piy qullarga ibodatxona meh- robi va imperatorlar haykallari oldida panoh izlash huquqini berdi. U davlat pochtasini joriy qildi. Provinsiyalar boshqaruvi- ni qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat o‘rnat- di. Adrian uzoq sayohat qildi va ko‘plab inshootlarni bunyod qildi: Venera va Roma ibodatxonalari, mashhur Rim panteo- nini bunyod qildi. Panteon hashamatli marmar va ma’budlar 550 haykallari (inshoot markazida Yupiter haykali) bilan bezaldi. Panteon binosi hozirgi kunda mashhur kishilar dafn qilinadi- gan mavzoley. Adrian deyarli barcha provinsiyalarga safar qil- di. Safar davomida aholining turmush tarzini o‘rgandi, joylarda turli ijtimoiy-iqtisodiy muam molarni hal qildi. Provinsiya zoda- gonlari Adrianning siyosatini qo‘llab-quvvatladilar. Rim shahri aholisi bilan provinsiyaliklar o‘rtasidagi farq yo‘qoldi. Adrian 138-yil og‘ir kasallikdan vafot etdi. Uning tantanali dafnidan so‘ng kuli solingan idish maxsus qurilgan mavzoleyga qo‘yildi. Uning vorisi Antonin Piy (138–161-yillar) boy senator bo‘lib, uning davrida iqtisodiy o‘sish davom etdi. U daklarning qo‘z- g‘olonini, Mavretaniyadagi norozilikni bostirdi. Parfiyaga bir vaqt lar bosib olingan podsho taxtini qaytardi. Adrianning vorisi kelib chiqishi Gall shahri Nimdan bo‘lgan Antoniy Piy (mil.avv. 138–161-yillar) boy senatorlardan biri edi. Uning boshqaruv tamoyili aeguetas, felieitas, fides (ado- lat, baxt, sadoqat) edi. U Trayan va Adrian erishgan yutuqlarni mustahkamladi. Uning davrida Yahudiylar qo‘zg‘oloni (mil.avv. 152-yil), Misr (mil.avv. 155–152-yillar)da norozilik harakatlari yuz berdi. Qo‘zg‘olon ko‘targan gaklarga qarshi urush olib bor- di. Tashqi siyosatda Adrianning hamkorlik siyosatini olib bordi. Parfiya, Hindiston, Gerkaniyadan Rimga elchilar keldi. Trayan Parfiyadan tortib olgan taxtni Vologez III ga qaytarishdan bosh tortdi. Parfiyaning bosqinini murosa-muzokara bilan yo‘q qildi. Antoniylar sulolasining taniqli vakillaridan biri, tarixga taxt- dagi faylasuf sifatida kirgan Mark Avreliy (161–180-yillar) edi. Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan yuqori bo‘lib, imperiya taqdiri uchun o‘z mas’uliyatini to‘la anglab yet- gan edi. U senator va suvoriy toifalari bilan yaqin hamkorlik- da ish olib bordi. Senat tarkibiga ko‘pgina provinsiya zodagon- larini, ayniqsa, kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo‘lgan nufuz li kishilarni kiritdi. Mark Avreliy 19 yil hukmronlik qildi. Unga qarshi shu yillar davomida birorta ham fitna uyushtiril- madi. U 180-yil 59 yoshida Vindobana (Vena) shahrida vafot etdi. Rimda uning sharafiga kolonna bunyod etildi. Uning vorisi 18 yoshli o‘g‘li Kommod (180–192-yillar) impera- tor bo‘ldi. Antoniylar sulolasining so‘nggi vakili Kommod qo‘pol, shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. Otasining o‘limidan keyin Kommod kvad va markomann qabilalari bilan urushni tugatib, 180-yilda Rimga qaytdi. Davlat boshqaruvini o‘zining ochko‘z yaqinlariga topshirib, kayf-safoga berildi. O‘z rafiqa- 551 sini qatl etib, buzuqchilk yo‘liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan imperator o‘zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi. U omma oldida arslon terisini yopinib, yelkasida kaltak bilan pay- do bo‘lar edi. Amfiteatr sahnasiga gladiator sifatida chiqdi. Oxir- oqibatda es-hushini yo‘qotib, kalendarning barcha oylarini o‘z nomiga o‘zgartirdi. Hatto Rimning nomini o‘zgartirib, uni «Kom- mod» shahri deb atashga buyruq berdi. Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtirildi, lekin u amal- ga oshmadi. Shundan so‘ng senatorlar toifasiga qarshi ta’qib, qatllar avj oldi. Pannoniya va Britaniyada norozilik harakat- lari, daklar va markomannlar qo‘zg‘olonlari qo‘shin tomonidan zo‘rg‘a bostirildi. 193-yilga o‘tar kechasi Kommod gladiatorlar kazarmasida ma’shuqasi va pretor gvardiyasi boshlig‘i qat- nashgan fitnada o‘ldirildi. U keyingi kun gladiator kiyimida konsullik ni qabul qilishi kerak edi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling