Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Rim imperiyasi milodiy I asrda. Milodiy I asrda Rim im-
periyasida ikki sulola Yuliylar – Klavdiylar va Flaviylar hoki-
miyatni boshqardilar. Tiberiyning vorisi Germanikning o‘g‘li 24 
yoshli Gay Sezar Kaligula (37– 41-yillar) hokimiyatni egalladi. 
Kaligula badjahl, axloqan buzuq, o‘ta mag‘rur, takabbur shaxs 
edi. Dastlab u senat bilan kelishgan holda ichki va tashqi si-
yosatni olib bordi. Soliqlarni kamaytirdi. Bir necha oy ichida u 
isrofgarchilik bilan Tiberiydan qolgan xazinani turli tomosha, 
mo‘l-ko‘l sovg‘alar tarqatish bilan talon-taroj qildi. Kaligula o‘zi-
ni «Janob» (Dominis) va «Xudo» deb e’lon qilib, omma oldiga 
Yupiter qiyofasidagi kiyimlarda chiqdi. O‘ziga xudolarga sig‘in-
gandek sajda qilishni talab qildi. Senatorlar toifasini ta’qib os-
tiga oldi. Bo‘shab qolgan xazinani to‘ldirish uchun hukm qi-
linganlarning mol-mulkini musodara qildi, provinsiyalar katta 
miqdorda soliqlar to‘ladilar. Bu aqlsiz imperatorning hukmron-
ligi uch yil davom etib, 41-yil yanvar oyida pretor tribuni Kassiy 
Xerey boshchiligidagi fitnachilar tomonidan o‘ldirildi.
Pretor qismlari Kaligulaning 50 yoshli tog‘asi Tiberiy Klav-
diy Neronni (41–54-yillar) imperator deb e’lon qildilar. Klavdiy 
senat bilan munosabatni yaxshiladi. O‘zining senatdan mus-
taqil bo‘lgan ma’muriyatini tuzdi. Uning ma’muriyati bir necha 
muassasalardan tashkil topib, ularni ozod qo‘yilgan qullar 
boshqardilar. Klavdiy davrida boshqaruvning markazlashuvi 


545
va imperatorning shaxsiy hokimiyatini kuchayishi kuzatildi. 
Klavdiy hokimiyati qo‘shin, turli tekin tomosha va xayr-sadaqa 
beriladigan Rim plebsi hamda provinsiyalarning zodagonlariga 
tayandi. Tashqi siyosatda urushlar o‘rniga diplomatik vositalar 
qo‘llanila boshlandi. Faqat 43-yil Britaniyaga harbiy ekspeditsi-
ya uyushtirildi. Klavdiy o‘z ukasi Germanikning qizi Agrippina-
ga uylangan edi. Klavdiyning ikkinchi xotini bo‘lgan 33 yoshli 
Agrippina 54-yil uni zaharlab o‘ldirdi va o‘zining 17 yoshli o‘g‘li 
Neron Klavdiy Sezarni (54–68-yillar) taxtga chiqardi. 
Neron Yuliy – Klavdiylar sulolasining so‘nggi vakili bo‘lib, 
axloqan buzuq, shafqatsiz kishi edi. U o‘zini taxtga chiqargan 
onasi Agrippinani (62-yil), ukasi Britanikni (55-yil), xotini Ok-
taviyani (62-yil), ikkinchi xotini Poppeya Sabinani (65-yil) o‘ldir-
di. Neron senat bilan murosa qilishni istamadi. Pulga muhtoj 
bo‘lgani uchun juda ko‘p senatorlar va zodagonlarni qatl etib, 
ularning mol-mulkini o‘zlashtirib oldi. Uning davrida imperator 
saroyi xarajatlari haddan tashqari oshib ketdi. Neronning o‘zi 
musiqa va qo‘shiqchilik bilan shug‘ullanib, sahnada rol o‘ynar 
edi. Yunonistonda shoirlar ko‘rigida qatnashdi. Rimda 64-yil 
juda katta yong‘in bo‘lib, u bir hafta davom etdi va shaharning 
14 kvartalidan 10 tasi to‘la yonib ketdi. Yong‘indan so‘ng Pala-
tin va Eskvilin tepaliklari o‘rtasida 270 ga. maydonga Neron 
uchun hashamatli «oltin» saroy qurildi. Xalq ommasi o‘rtasida 
Rimdagi yong‘inning asosiy sababchisi Neron degan mish-mish 
tarqaldi. Neron yong‘inga Rimdagi nasroniylar jamoasini ayb-
dor deb topib, ularni ommaviy qatlini uyushtirdi.
Imperatorning shafqatsizligi, uning zo‘ravonligi zodagonlar-
ning keskin noroziligini keltirib chiqardi. Unga qarshi fitna 
uyushtirildi (65-yil). Fitna fosh etildi va fitnachilar shafqatsiz 
jazolandi. Ularning ichida faylasuf-stoik Lutsiy Anney Seneka, 
uning jiyani shoir Mark Anney Lukan va yozuvchi Gay Petroniy 
Arbitrlar bor edi. Siyosiy vaziyat keskinlashdi. Parfiya bilan Ar-
maniston uchun uzoq davom etgan urush Rimning mag‘lubiya-
ti bilan tugadi (66-yil). 
Neron hukmronligining so‘nggi ikki yilida davlat boshqa-
ruvidan umuman chetlashdi. Britaniyada urush davom etib, 
66-yilda Yahudiyada qo‘zg‘olon boshlandi. Neron hukmronligi-
ga qarshi ommaviy norozilik boshlandi. Galliya, Germaniya va 
Ispaniyada 68-yil bahorida Neronga qarshi legionlar qo‘zg‘olon 
ko‘tardilar. Neron ko‘ngliga kelgan ishlarni qildi. Axloqsiz ha-
yot kechirdi. Davlat xazinasini talon-taroj qildi. Uning davrida 


546
qaram Pon podsholigi Rimga qo‘shib olindi. Taxt vorisligiga 70 
yoshli zodagon Serviy Sulpitsiy Galba nomzodi qo‘yildi. Neronni 
hech kim himoya qilmadi. Hatto pretorian qismlari ham Galba 
tomoniga o‘tdi. Neron yashirinishga urindi, lekin yashirina ol-
madi. Dushmanlar qo‘liga tushmaslik uchun u o‘zini qilichga 
tashladi. Neronning o‘limi bilan Yuliylar-Klavdiylar sulolasi 
hukmronligi nihoyasiga yetdi. 
Rim imperiyasiga sarkarda Galba qisqa vaqt 68–69-yillarda 
hukm ron bo‘ldi. U xarajatlarni qisqartirishga urindi. O‘z taraf-
dorlariga va’da qilingan pul-mablag‘ni to‘lashdan bosh tort-
di. Pretorian gvardiyasi provinsiyadagi qo‘shinlar, Galliyaning 
sharqiy va janubiy viloyatlari undan norozi bo‘ldilar. 69-yil 
15-yanvarda Galba o‘ldirildi. Galbadan so‘ng Galliya va Bri-
taniyadagi legionlar qo‘llagan Vitelliy imperatorlik taxtiga qisqa 
muddatga o‘tirdi. 
Aleksandriyada 69-yil 1-iyulda Yahudiyadagi qo‘shin qo‘mon-
doni Tit Flaviy Vespasian imperator deb e’lon qilindi. Yangi im-
perator qisqa muddatda boshqa da’vogarlarni bartaraf qildi. 
69-yil oxirida senat Vespasianni imperator sifatida tan oldi. 
Vespasian yangi Flaviylar sulolasini boshlab berdi. Bu sulola-
ga yana ikki imperator – Vespasianning o‘g‘illari Tit (79–81) va 
Domisian (81–96) kirdi. Vespasian uzoqni ko‘ra biladigan aqlli 
hukmdor sifatida imperiyaning iqtisodiy va moliyaviy kuchini 
nisbatan tez va samarali tikladi. Davlat xarajatlarini qoplash 
uchun 40 mlrd sestersiy kerak edi. Imperator tejab-tergashga 
kirishib, xarajatlarni qisqartirdi va yangi soliqlarni joriy qildi. 
Hatto u dafn marosimlariga va Rim jamoa hojatxonalariga ham 
soliq soldi. Imperator Rim fuqaroligi huquqini mo‘l-ko‘l tarqat di, 
senatorlar va suvoriylar toifasini provinsiya zodagonlari, boyib 
ketgan ozod qullar bilan to‘ldirdi. 
Flaviylar davridan boshlab imperatorlar provinsiya zodagon-
lariga bevosita tayana boshladilar. Vespasian 79-yil iyunida 70 
yoshida vafot etdi. Uning o‘g‘li Tit 79–81-yillar taxtga chiqib, 
42 yoshga yetmasdan bezgak kasalligidan vafot etdi. Tit davri-
da mashhur Vezuviy vulqoni otilib, Pompey va Gerkulanum 
shaharlari kul ostida qoldi (79-yil). Flaviylarning so‘nggi vaki-
li Domisian (81–96-yillar) bo‘lib, o‘zining mutlaq hokimiyatini 
o‘rnatishga harakat qildi va 45 yoshida fitnachilar tomonidan 
o‘ldirildi. 
Flaviylar davrida imperiyaning shimoli-sharqiy chegarala-
rida dakiya, sarmatlar, roksolanlar va markoman qabilalari 


547
harakatga keldilar. Rim legionlari dakiya podshosi Detgebal 
qo‘shinlari bilan urushda yengildilar va daklarga o‘lpon to‘lash-
ga majbur bo‘ldilar. Sharqda Kommagen, Kichik Arabiston to‘la 
qo‘shib olindi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling