Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Mil.avv. VI–III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Mil.avv. VI–III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti. Mil.avv. 
VI–III asrlarda Italiya hududlarining iqtisodiy-ijtimoiy taraqqi-
yoti notekis bordi. Etruriya va Kampaniya viloyatlari, Janubiy 
Italiyadagi yunon koloniyalarining iqtisodiyoti yaxshi rivojlan-
di. Latsiya viloyati qo‘shni etrusk shaharlari va yunon koloni-
yalaridan qoloq edi. Italiyaning tog‘li hududlaridagi qabilalar 
ibtidoiy urug‘ jamoa sharoitida yashar edilar. To‘qimachilik zaif 
rivojlangan edi. Qul mehnatidan faqat konchilikda, tosh qazib 
chiqarishda keng foydalanilar edi.
Italiyada eng ommaviy hunarmandchilik sohalaridan biri 
– kulolchilik edi: turli xil idish-tovoqlar, suv quvurlari, chere-
pitsa, xom g‘isht, chiroqlar, etrusk qora rangli «bukkero» bo‘rt-
ma bezakli idishlari mashhur edi. Kulolchilikning eng katta 
markazlari Kluziya, Arretsiya va Kalax edi. Mil.avv. VI–V asrlar-
da etrusk shaharlarida savdo-hunarmandchilik gullab-yash-
nadi. Ayniqsa, metallurgiya va metallga ishlov berish, kulol-
chilikda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar. Etrusk va kam-
pan jez idishlariga Bolqon Yunonistonida ehtiyoj katta edi. Mil.
avv. VI–III asrlarda asosiy savdo-hunarmandchilik markazlari 
Sirakuza, Tarent, Dikearxiya
 (Puteola), PopuloniyaAdriya va 
Spina
 edi. Rimning savdo ahamiyati o‘sdi. Har yili katta diniy 
bayramlar vaqtida Etruriyaning markazi Volsiniya va Latsiya-
ning 4 viloyat bilan tutashgan chegarasida savdo yarmarkalari 
uyushtirilgan.
Mil.avv. VI–III asrlarda tashqi savdo yuksaldi. Savdo asosan 
suv yo‘li bilan amalga oshirildi. Mil.avv. VI asrda dengiz savdo-
siga Rim ham tortildi. Tibr daryosi boshlanishida Rimning Osti-
ya portiga asos solindi. O‘sha vaqtning eng katta dengiz davlati 
Karfagen bilan Rim mil.avv. 509, 348 va 279-yilllarda uch mar-
ta savdo shartnomalarini tuzdi. Etrusklar va Janubiy Italiya 
yunonlari, gallar, Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo bilan sav-
do aloqalarini o‘rnatdilar. Ilva

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling