Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- RIM ILK RESPUBLIKA DAVRIDA 1. Rimning Italiyani bosib olishi. 2. Ilk respublika davrida davlat qurilishi. 3. Mil.avv. VI–III asrlarda Rim jamiyatining
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Залесский Н. Н. Этруски в Северной Италии. – Л.: 1959. 2. Ильинская Л. С. Находки в древнем Лации и их место в понимании традиции об Энее на Западе. Вестник древней истории, 1983, № 3. 3. Немировский А. И. Этруски. От мифа к истории. – М.: 1983. 4. Немировский А. И. История раннего Рима и Италии. Воронеж, 1964. 5. Маяк И. Л. Рим первых царей. – М.: 1983. 475 Asosiy sanalar Mil.avv. X asr Lotinlar Tibr daryosi bo‘yiga kelib joylashdilar. Mil.avv. 753-yil Rim shahriga asos solinishi. Mil.avv. VII–VI asrlar Lotinlar Kivirinal va Viminal tepa- liklarini egalladilar. Mil.avv. VIII–VI asrlar Etrusklarning Italiyada yetakchiligi. Mil.avv. VII asr o‘rtalari Etrusklar Latsiy va Kampaniyani o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Mil.avv. VI asr Rim-Karfagen ilk savdo shartnomasi tuzildi. Mil.avv. VI asr Serviy Tulliy islohotlari. Mil.avv. VI–V asrlar Yunon-etrusk raqobati. 476 RIM ILK RESPUBLIKA DAVRIDA 1. Rimning Italiyani bosib olishi. 2. Ilk respublika davrida davlat qurilishi. 3. Mil.avv. VI–III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sinfiy tuzilishi. 4. Mil.avv. VI–III asrlarda Italiya- ning iqtisodiyoti. 1. Rimning Italiyani bosib olishi. Rimdan etrusk pod- sholari haydalgandan so‘ng, qisqa bir davrda Rimning Latsi- ya viloyatidagi yetakchilik roli pasaydi. Rim mil.avv. V–III asr- larda Apennin yarim orolini bosib olish uchun uzoq urushlar olib bordi. O‘sha vaqtda rimliklar qo‘shinlari Sabin, Ekv, Volsk, Tuskul boshchiligidagi Lotin shaharlari ittifoqi bilan olib boril- gan urushlar Rimning g‘alabasi bilan tugadi. Mil.avv. V asrning 90-yillarida rimliklarning lotinlar bilan ittifoqi etrusklarga qar- shi bosqinchilik urushlari olib borish imkonini berdi. Tibrning o‘ng qirg‘og‘idagi etrusklarning Veya shahri o‘n yillik qamaldan so‘ng (mil.avv. 406–396-yillar) bosib olinib, uning aholisi qul- larga aylantirildi, yerlari esa rimliklar mulkiga aylandi. Ekv, volsk va gernik qabilalari ham bo‘ysundirilgach, Tibrning o‘ng qirg‘og‘i Rimga bo‘ysundi. Qo‘shni hududlarni bosib olishi nati- jasida Rimning hududi ancha kengaydi. Urushlar natijasida qo‘shnilar hisobidan Rim shahri tribiga 17 qishloq tribi qo‘shib olindi. Mil.avv. 396-yilda etrusk shahri Veyini bosib olinishi bi- lan ularning soni 25 taga yetdi. Mil.avv. 390-yil Alp tog‘lari orqali Po daryo vodiysini egallagan gall qabilalaridan biri senonlar yo‘lboshchi Brenn boshchiligi- da Etruriyaga bostirib kirdilar. Rim etrusklarga harbiy yordam bermadi. Lekin rimliklar gallarga o‘z elchilarini yubordilar. Elchilar gallar bilan mensimay muomala qilib, ziddiyat keltirib chiqardilar. Gallar etrusk shahri Kluziy qamalini tashlab, Rim- ga yurish qildi. Ular Rimni urushsiz egalladilar va uni ta lab, yondirib yubordilar. Rimliklar yana 7 oy Kapitoliyni himoya qildi. Lekin oxir-oqibatda gallarga oltin bilan katta miqdorda tovon to‘lashga majbur bo‘ldilar. Rivoyatlarga ko‘ra, rimliklar senonlar talab qilgan miqdordagi oltinni taroziga o‘lchab, top- shirmoqchi bo‘ladilar. Shunda senonlar yo‘lboshchisi qilichini tarozini pallasiga tashlaydi. Natijada oltinni miqdori yengil ke- ladi. Bundan g‘azablangan rimliklar o‘z noroziliklarini bildiradi- 477 lar. Aynan shu vaqtda Brenn «yengilganlarni holiga voy!» mash- hur so‘zini aytgan. Rimning zaiflashganidan qo‘shni lotin, volsk, ekv va etrusk- lar foydalandilar. Ular yana Rimdan mustaqil yashashga o‘tdi- lar. Rim-lotin ittifoqi (mil.avv. 384-yilda uning a’zolari 47 lotin jamoasi bo‘lgan edi) yana tarqalib ketdi. Rim lotin shaharla- rini yana qayta kuch bilan bo‘ysundirishga majbur bo‘ldi. Lo- tin ittifoqi faqat 32 yildan keyingina rimliklar tomonidan qay- ta tiklandi. Mil.avv. IV asr o‘rtalarida Rim kuchli qo‘shin bilan Italiyaning bir qancha hududlarini egallab oldi. Mil.avv. IV asr o‘rtalarida Rim respublikasi faqat Latsiya viloyatida emas, balki butun markaziy Italiyada kuchli davlatga aylandi. Samniylar o‘rta Italiyaning tog‘li qismida yashab, chorvachilik (ayniqsa yilqichilik) va ovchilik bilan shug‘ullanar, temirga ish- lov berishga usta bo‘lganlar. Ular yuqori harbiy san’atga ega edilar. Samniylar boy Kampaniya viloyatiga vaqti-vaqti bilan bosqin qilib, uni egallab oldilar. Rim patritsiy va dehqonlari uchun samniylarning yerlari va Kampaniyaning unumdor yer- lari kerak edi. Rim uzun nayza va to‘g‘ri to‘rt burchakli qalqon- lar bilan qurollangan dovyurak tog‘li qabilalar – samniylar bi- lan urush boshladi. Jangovar samniy qabilalari Kampaniyada o‘rnashib, Rim bilan mil.avv. 354-yildan ittifoqda edilar. Kam- paniya viloyatidagi Kapuyani rimliklar tomonidan bosib oli- nishi samniy urushini keltirib chiqardi. Uch samniy urushlari bo‘lib o‘tdi. Birinchi samniy urushi mil.avv. 343–341-yillarda rimliklar g‘alabasi bilan tugadi. Ikkinchi samniy urushi mil.avv. 327–304-yillarni o‘z ichiga oladi. Rimliklar Neapolni bosib olishlari bilan bu urush bosh- landi. Rim urushda lukan va apullar bilan ittifoq tuzdi. Kavdin darasida rimliklar og‘ir mag‘lubiyatga uchradilar va sharman- dalarcha taslim bo‘ldilar. Rim egallagan shaharlardan chiqib ketdi. Rimliklar mil.avv. 316-yilda urushda tub burilish yasa- dilar. Rim qo‘shini qayta tuzildi. Harakatchan kichik qismlar kalta nayza, kalta qilich bilan qurollantirildi. Natijada urush harakatlarida rimliklarning qo‘li baland keldi. Urush oxirida gernik va ekvlar Rimga to‘la bo‘ysundirildi. Qo‘shimcha hudud- lar Rim tarkibiga kirdi. Samniylar bilan yana shartnoma tuzil- di. Gallar etrusklar bilan birlashib, mil.avv. 299-yil Rim hudu- diga bostirib kirdilar. Samniylar bu qulay vaziyatdan foydala- nib, Lukaniya viloyatida yana o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. 478 Bu uchinchi samniy urushiga olib keldi (mil.avv. 288–290-yil- lar). Urush Italiyaning turli hududlarini qamrab oldi. Samniy- lar gallar bilan birga harakat qilib, Umbriyada etrusklar bilan qo‘shilishlari lozim edi. Rimliklar Etruriyaga bostirib kirishi bilan etrusklar kel’tlardan ajralib ketdilar. Sentin yaqinidagi jangda (mil.avv. 296-yil) rimliklar samniy-gall qo‘shinlari us- tidan hal qiluvchi g‘alabaga erishdilar. Etruriya bilan tinch- lik bitimi imzolandi. Samniylar to‘la bo‘ysundirildi. Etrusk shaharlari Rim bilan ittifoq tuzishga majbur bo‘ldi. Ko‘pgina hududlar Rim ixtiyoriga o‘tdi. Ularning aholisi cheklangan Rim fuqaroligi huquqini (civitas sine suffagrio – «ovoz berish huquqi bo‘lmagan fuqarolik») oldi. Pisena aholisi ham g‘oliblarga taslim bo‘ldi. Adriatika dengizi sohilida Adriya lotin koloniyasi barpo qilinishi bilan Italiyaning sharqiy qirg‘og‘ida Rim hukmronligiga asos solindi. Endi O‘rta Italiya to‘la Rim qo‘lida edi. Gallar shi- molga uloqtirib tashlandi. Rimning samniy urushlari lotin ittifoqining barcha qatnash- chilari uchun og‘ir majburiyat bo‘ldi. Samniy urushidan faqat- gina Rim foyda ko‘rdi. Rimliklar samniylardan bir qism yerlarni tortib oldilar. Lotin shaharlari bunday adolatsizlikka chiday ol- may, Rim bilan urush boshladilar, lekin ular yengildilar. Urush faqatgina mil.avv. III asr boshlarida tinchlik shartnomasi bilan tugallandi. Faqatgina mil.avv. 493-yildagina Rim va boshqa lo- tin shaharlari bilan mudofaa ittifoqi tuzishga erishildi. Bu it- tifoq mil.avv. V asr davomida saqlanib qoldi va rimliklarni bir qancha qo‘shni viloyatlarni bosib olishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Samniy urushlaridan so‘ng rimliklar bevosita Janubiy Itali- yadagi yunon shaharlari bilan chegaradosh bo‘ldilar. Janubiy Italiyadagi yunon shaharlaridan eng katta va qudratlisi Ta rent shahri edi. Shaharda dastlab aristokratik, so‘ng demokratik boshqaruv tartibi o‘rnatildi. Tarentning o‘z qo‘shini bo‘lmay, yunon yollanma askarlari xizmatidan foydalanar edi. Shahar- ning rimliklar bilan shartnomasi bor edi. Savdo-hunarmand- chilik va dehqonchilik rivojlangan. Tarent juda boy shahar bo‘lib, rimliklar uchun mazali luqma edi. Tarent Rim elchila- rini haqoratlashda ayblanib, Rim mil.avv. 281-yilda Tarentga qarshi urush e’lon qildi. Tarent Epir podshosi Pirrni yordam- ga cha qirdi. Pirr jangovar fillar bilan Janubiy Italiyaga bostirib kirib, Gerakleya va Auskul yonidagi ikki jangda rimliklarni tor- mor qildi. 479 Mil.avv. 275-yilda esa Benevent yonida rimliklar Pirr qo‘shin- larini yanchib tashladilar. Bir necha yildan so‘ng Tarent shahri va u bilan ittifoqchi bo‘lgan samniylar, lukanlar va Brutti- ya shahri aholisi Rim hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi- lar. Mil.avv. 265-yilda rimliklar etrusklarning markazi bo‘lgan Volsiniya shahrini bosib oldilar. Butun Italiya Rubikon daryo- sidan Sezalp Galliyasidan Messen qo‘ltig‘igacha Rim tarkibiga kirdi. Rim kichik bir jamoadan O‘rtayer dengizining qudratli davlatiga aylandi. Bosib olingan joylarni aholisi cheklangan Rim fuqaroligi (sine suffragio – xalq yig‘inida ovoz berish huquqidan mahrum) huquqini oldi. Bu o‘z-o‘zini boshqarish huquqidan va jamoa yig‘inlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lish demak edi. Shahar ishlarini Rimdan yuborilgan prefekt boshqarar edi. Rimliklar Italiyadagi bosib olingan yerlar aholisini turli huquqlarga ega bo‘lgan toifalarga bo‘ldilar. Faqat Rim fuqa- rolari bo‘lgan patritsiylar va plebeylar hamda Rimga qo‘shib olingan lotin shaharlari, Rim shahriga doimiy ko‘chib o‘tgan barcha lotinlar huquqlardan foydalanishlari mumkin edi. Rim qonunlari bo‘yicha fuqaro nikoh o‘qitish, mulkini erkin tasarruf qilish, o‘z moddiy manfaatlari himoyasi uchun sudga murojaat qilish, yig‘inlarda ovoz berish va mansablarni egallashi mum- kin edi. Bu to‘la huquqli fuqarolar Rim triblariga doimiy birik- tirilgan edi. Bundan tashqari, Italiyaning turli muhim strategik markaz larida senat qarori bilan barpo qilingan Rim koloniyala- rining aholisi ham to‘la huquqli fuqarolar hisoblandi. Chunki koloniyalar aholisini Rimdan ko‘chib borganlar tashkil qilgan. Koloniyalar o‘z-o‘zini boshqaruviga ega edi. Cheklangan huquqlarga ega fuqarolar toifasi («sives sine suff- ragio») ham mavjud edi. Ular Rim odati bo‘yicha nikoh bitimi tuzishlari, o‘z mulklarini tasarruf qilish huquqiga ega edilar, le- kin ular Rimda mansablarni egallash va ovoz berish huquqidan mahrum edilar. Bunday cheklangan huquqlarga ega shaharlar munitsipiylar deb atalar edi. Ularning ba’zilari Rimdan yuboril- gan prefekt Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling