Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Etrusk madaniyati. Etrusklar bir necha yuz yillar davomi-
da oziga xos yuksak rivojlangan madaniyatni shakllantirdilar. 
Etrusk madaniyati tarixi to‘rt davrga bo‘linadi: 1. Mil.avv. VIII–
VII asrlar; 2. Arxaik davr (mil.avv. VI asr); 3. Klassik davr (mil.
avv. V–IV asrlar); 4. Ellin davri (mil.avv. III–I asrlar). 


466
Etrusk me’morchiligi yuqori darajada shakllangan bo‘lib, 
keng ko‘chalar (kengligi 10-15 metr), maydon, kvartal, mudofaa 
devorlari, tosh ko‘prik, suv quvurlari va kanalizatsiyalarning 
mavjudligi buning dalilidir. Etrusk shaharlarida qal’a inshoot-
lari va ibodatxonalarining barchasi, odatda, tuf va travertindan 
(toshning bir turi) qurilgan. 
Etrusklar qobiliyatli muhandislar bo‘lib, mustahkam ko‘prik 
va yo‘llarni bunyod qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Ular qabrlar 
ustida ajoyib haykallar, relyef tasvirlar ishlaganlar. Jahon san’ati 
tarixiga mansub mashhur etrusk Klyuzi, Cherveteri, Vulchi, Vol-
terra va Mantanoli maqbaralari bo‘rtma naqshlar, jez va loydan 
yasalgan haykallar bilan bezatilgan. Luqumonlarning naqshlar 
bilan bezatilgan sag‘analari, dafn ko‘zalari, jezdan yasalgan diniy 
va kundalik buyumlari zargarlik san’atining nafis va yuksak asar-
laridir. Bizgacha Tarkviniy Mag‘rur davrida etrusk haykaltaro-
shi ishlagan afsonaviy Vulchi haykali yetib kelgan. Shuningdek, 
etrusklarning jezdan bunyod qilingan noyob haykallari – «Kapi-
toliy ona bo‘risi» va 
«Ximera» (mil.avv. V asr) insoniyat madaniyati 
tarixida noyob san’at namunalari hisoblanadi. 
Etrusklar kohinlik «ilmi»ning bilag‘onlari hisoblanib, shakl-
langan diniy e’tiqodga ega edilar. Ular fol ko‘rish va muqad-
das marosimlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus kitoblarni yaratdi-
lar. Etrusklarning dini asosida odamlarni qurbonlik keltirish bilan 
o‘liklarga, ruhlar va devlarga e’tiqod qilish yotar edi. Etrusklarning 
oliy xudosi Vertumn hisoblangan. Uning orqasida xudo triadasi 
turadi: Tiniya, Uni va Minerva (rimliklarda – Yupiter, Yunona va 
Minerva). Qolgan xudolar Fufluns, keyin u rimliklar tomonidan 
Vakx – Dionis bilan, Maris – Mars bilan, Aplu – Apollon bilan
Turms – Germes bilan tenglashtirilgan edi. 
Etrusk madaniyatining shakllanishida Sharqning qadimgi 
sivilizatsiyasi ijobiy ta’sir qildi. O‘z navbatida, etrusk sivilizat-
siyasi keyingi Rim madaniyatining rivojlanishida jiddiy ta’sir 
ko‘rsatdi. Italiyaning boshqa xalqlari etrusklarning dehqon-
chilik, qurilish san’ati, hashamatli turmush tarzi, podsholik 
hokimiyati ramzlari hamda etrusk diniy e’tiqodi va fol ochishla-
rini o‘zlashtirib oldilar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling