Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Rim podsholik davrida (mil.avv. 753–510-yillar)


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Rim podsholik davrida (mil.avv. 753–510-yillar). Qadim-
gi Rim yarim orolning markazidagi Latsiya viloyatida, Tibr daryo-
sining o‘ng qirg‘og‘ida, Etruriya viloyatidan janubda joylashgan 
edi. Bo‘lajak shahar hududidagi ilk manzilgohlar qoldiqlari mil.
avv. X asrga tegishli. Arxeologik qazilmalarga ko‘ra, mil.avv. X 


467
asrda lotinlarning kichik guruhi Palatin tepaligining g‘arbiy to-
monida – Tibr daryosi bo‘yida kelib joylashadi. Bu yerda mudo-
faa devori bilan o‘ralgan to‘rtburchak shakldagi qishloqlar pay-
do bo‘ldi. Ana shu tarzda odamlarning yashashi uchun eng 
qulay, tabiiy tik qiyalik bilan himoyalangan Palatin tepaligida 
ilk manzilgohlar paydo bo‘ldi. Al’ba shahridan kelgan lotinlar 
Palatinga joylashdilar. Mil.avv. IX asrdan Eskvilin, Kvirinal va 
Vimmal tepaliklarini sabinlar o‘zlashtiradilar. Ko‘rinishidan 
mil.avv. VIII asrdan Palatin, Eskvilin va boshqa tepaliklardagi 
qishloqlar birlashadi va bu ittifoq Septimontium (Yetti tepalik) 
ittifoqi deb nom oladi. Kapitoliyda qal’a barpo qilinib, bu yerda 
yosh shaharning muqaddas ziyoratgohlari to‘planadi. Shahar 
asta-sekin boshqa tepaliklarni ham o‘z tarkibiga oladi. Faqat 
Aventin tepaligi mil.avv. IV asrda qo‘shib olinadi. Rimning bo‘la-
jak maydoni botqoqlik bo‘lgan Forum quritiladi. Shahar devor 
bilan o‘rab olinadi. Uning chegarasi pomerium deb nomlanadi. 
Italiyaning kichik bir qabilasi lotinlar Latsiya viloyatida 
yashar edi.
 Mil.avv. VIII asrda eng qadimgi shaharlari Lavrent
Lanuviy va Laviniy bo‘lgan 30 shahar Al’ba-Longa shahri 
boshchiligida Lotin federatsiyasini tashkil qildi. Rivoyatlarga 
ko‘ra, Al’ba-Longaning asoschisi Askaniy-Yul Troya qahramoni 
Eneyning o‘g‘li edi. 
Rim shahri Italiyaning markazida Tibr daryosining o‘rta 
oqimida joylashgan. Afsonaga ko‘ra Gomer Troyasining oxir-
gi qahramonlari lotin qabilasining ajdodi bo‘lgan Eney bosh-
chiligida Italiyaga kelib qoladilar. Afsonaga ko‘ra, lotin qabilasi 
yo‘lboshchilaridan biri ma’buda Vesta ibodatxonasida kohina 
bo‘ladi. Xudoning irodasi bilan kohina homilador bo‘lib, ikki 
egizakni dunyoga keltiradi. Ularni gunohdan bo‘lgan bolalar 
deb, cho‘ktirishga buyuradilar. Qul bolalarni savatga solib, 
daryoga olib borib, daryoning oqimi bo‘yicha oqizib yuboradi. 
Savat qirg‘oqqa kelib to‘xtaydi. Chaqaloqlarni bo‘ri o‘z suti bilan 
boqadi. Keyin esa cho‘pon topib oladi va ularni Romul va Rem 
deb ataydi. Egizaklar katta bo‘lgach, o‘zlarini o‘limga mahkum 
qilgan yo‘lboshchidan o‘ch oladilar. Keyin bir guruh yoshlar bi-
lan yangi jamoa barpo qilishga qaror qiladilar. Romul Palatin 
tepaligining kimsasiz balandligini tanlaydi. Lekin bu joy ukasi-
ga yoqmay janjallashib qoladilar, Romul ukasini o‘ldirib qo‘ya-
di. Romul mil.avv. 753-yil 21-aprelda bo‘lajak shahar bo‘ladi-
gan joyning chegarasini so‘qa tortib belgilaydi. Shu tarzda Rim 
shahriga asos solinadi. 


468
Romul Rimning yetti podshosidan birinchisi (mil.avv. 753–715- 
yillar) bo‘ladi. Rimning ilk aholisini sabin-umbr qabilalari tash-
kil etgan. Romul Rim aholisini 30 kuriyaga bo‘ldi. U 300 kishilik 
podsho gvardiyasini tuzib, Veya shahrini bosib oldi. Romuldan 
so‘ng Numa Pompiliy (mil.avv. 715–673-yillar), Tull Gostiliy 
(mil.avv. 673–641-yillar), Ank Marsiy (mil.avv. 641–616-yil-
lar), Lutsiy Tarkviniy Qadimgi (mil.avv. 616–578-yillar), Serviy 
Tulliy (mil.avv. 578–534-yillar) va Lutsiy Tarkviniy Mag‘rur 
(mil.avv. 534–509-yillar) hukmronlik qildilar. Bulardan kelib 
chiqishi etrusk bo‘lgan oxirgi uch podshoni tarixiy deb aytish 
mumkin.
Dastlab Rim aholisi 3 urug‘-qabila (Titsiy, Ramn va Lutsern) 
tribi, 30 kuriya va 300 urug‘, 3000 familiya (oila)ga bo‘lingan. 
Triblar etnik farqlanmagan qabilalar birlashmasi bo‘lishi mum-
kin. Kuriya-erkak jangchilarning diniy, harbiy va shakllanayot-
gan siyosiy tashkilotning asosi bo‘lgan ibtidoiy birlashmasi, 
gent – podsholik davrida yemirilayotgan urug‘ jamoasi, familiya 
– katta patriarxal oila edi.
Lotinlarning bir necha o‘nlab mustahkamlangan markaz-
lari ittifoqqa birlashtirilgan bo‘lib, uning boshida Al’ba-Lon-
ga shahri turar edi. Har yili lotin jamoalari vakillari hamma 
uchun umumiy bo‘lgan lotin bayramlarini nishonlash uchun 
Alban tog‘i tepaligida to‘planar edilar. Barcha lotinlar uchun 
umumiy xudo ma’buda Diana edi. Palatinda yashagan odam-
lar mayitlarni dafn qilmasdan gulxanda yoqar edilar. Bu odat 
Al’ba-Longadagi dafn marosimiga o‘xshar edi. Bu Rimning ilk 
aholisining kelib chiqishi Al’ba shahridan ekanligini tasdiqlay-
di. Bir necha o‘n yildan so‘ng ular qo‘shni tepaliklar – Seliy

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling