Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

8. Haykaltaroshlik. Mil.avv. V asrdan yunon haykalta-
roshligi rivojlanib, noyob haykallar yaratildi. Buyuk haykalta-
roshlar Miron, Fidiy va Polikletlar yaratgan haykallar insoniyat 
sivilizatsiyasining mo‘jizalari hisoblanadi. Haykaltaroshlikning 
qator maktablari yuzaga keldi.
Yunon haykaltaroshligining 
rivojlanishi to‘rtta bosqichga bo‘linadi. Birinchi davr mil.avv. 
V asrgacha bo‘lib, Miron bilan tugaydi. Shundan so‘ng yunon 
haykaltaroshligi g‘oyaviylik va shakllarni eng oliy mukammal-
ligi davriga kiradi. Ikkinchi bosqich – Fidiy va Polikretning ijodi 
davri. Uchinchi bosqich mil.avv. IV asrdan Makedoniyalik Alek-
sandrgacha bo‘lgan davr. IV bosqich Aleksandrning o‘limidan 
mil.avv. II asrgacha. Bu bosqichda Rodos va Pergam maktab-
lari oldinga chiqadi. Yunonistonda mil.avv. V asrning 70-yilla-
ridan boshlab haykaltaroshlik san’ati gullab-yashnadi. Buyuk 
haykaltarosh Fidiy Afina va Zevs haykallarini yaratdi. Ma’buda 


407
Afinaning 12 metrli haykalini yaratishda fil suyagi va oltindan 
foydalandi. Ma’buda «Afina» haykali Akropolning eng baland 
joyiga qo‘yilib, uning quyoshda yaraqlagan nayzasi uzoqdan 
ko‘rinib, kemalar uchun mayoq bo‘lib xizmat qilgan. Fidiyning 
mashhur asarlaridan biri «Olimpiyalik Zevs»ning ulkan hayka-
li (14 metr) Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasiga qo‘yilgan edi. 
U taxtga o‘tirgan holda ifodalanib, fil suyagidan yasalgan. U 
ma’buda Afina qalqonida do‘sti Afinaning siyosiy arbobi Perikl-
ni va o‘zini tasvirladi. Afinada haykaltaroshning dushmanlari 
Fidiyni ma’budani haqorat qilishda aybladilar. Natijada Fidiy 
qamoqqa hukm qilindi va u yerda vafot etdi. Fidiyning ikki 
munosib shogirdi Alkmen va Agorakrit Parfenon ibodatxonasi 
pesh tog‘i tasvirini ishladilar.
Mashhur haykaltarosh Miron «Diskobol», «Afina va Marsiy» 
haykallari bilan o‘zining nomini abadiylashtirdi. Uning shogirdi 
haykaltarosh Dimetriy an’anaviylik va klassikadan uzoqlashib 
hayotiy asarlar yaratdi. Haykaltarosh Poliklet esa uni teskarisi 
bo‘lib, o‘z asarlarida sof go‘zallikni izladi. U tanlovlarda Fidiy 
bilan raqobatlashdi va uni yengdi. Uning Zevsning rafiqasi 
«Gera», «Nayza ushlagan o‘smir» haykallari mukammal san’at 
asarlari bo‘ldi. 
Klassik yunon haykaltaroshligining yorqin vakillaridan biri 
argoslik Poliklet edi. Uning «Diodumen» asari noyob san’at na-
munasi edi. Yunon haykaltaroshlari inson gavdasining uyg‘un-
ligi nuqtasini qidirar edilar. Poliklet ham bu nuqtani izladi. 
Poliklet qonuniga ko‘ra, haykal tovonining uzunligi gavdaning 
1/6 qismini, boshining uzunligi 1/8 qismini tashkil qilishi ke-
rak edi. Bu va boshqa nisbatlarga Dorifor haykalida qat’iy rioya 
qilingan. Poliklet qonuniga keyingi yuz yil davomida haykalta-
roshlik san’atida amal qilib keldi. Haykaltarosh Peoniyning 
«Ma’buda Rika» haykali mil.avv. V asrning noyob san’at asar-
laridan biri edi. 
Mil.avv. IV asrda haykaltarosh Praksitelning (mil.avv. 
370–340-yillar) «Germes chaqaloq Dionis bilan», «Knidlik Afro-
dita», «Kaltakesakni o‘ldirayotgan Apollon» haykallarida nafis-
lik, go‘zallik yaqqol aks etadi. Uning «Erot», «Vino quyayotgan 
satir», «Dam olayotgan satir» haykallari sevgi, bazmga bag‘ish-
langan. Praksitel barcha haykallarini marmardan ishladi. Uning 
«Knidlik Afrodita» haykali ayol go‘zalligining timsoli sifatida 
shuhrat qozondi. Praksitelning haykallarida sokinlik motivlari 
ko‘rinadi. Uning mashhur «Knidlik Afrodita» haykali bizgacha 


408
yetib kelmagan. Praksitelning «Dam olayotgan Satir» hayka-
lining yuzdan ortiq nusxalari
bizgacha yetib kelgan. Buyuk 
haykaltaroshning ikki o‘g‘li va nevarasi uning ishini davom et-
tirdilar. Uning o‘zi ham haykaltaroshning o‘g‘li edi. 
Mil.avv. IV asrda polis tizimining tushkunligi davrida 
haykaltaroshlikda qahramonlik mavzusidan uzoqlashib, inson-
ning ichki ruhiy dunyosini ko‘rsatish asosiy yo‘nalish bo‘ldi. Shu 
davrning mashhur haykaltaroshlari sifatida Skopas, Praksitel 
va Lisipp (makedoniyalik Aleksandrning saroy haykaltaroshi)
larni aytish mumkin. Paroslik Skopas (mil.avv. 420–355-yillar) 
Attika, Peloponnes va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarida 
ishladi. O‘zi me’mor bo‘lgan Gegeyadagi Afina ibodatxonasi-
ni haykallar bilan bezadi. Skopasning «Sevib qolgan Arey» va 
«Afrodita» haykallarida inson ruhining harakati va uning eng 
nozik va yashirin tuyg‘ularini ifodalashga harakat ko‘rinadi. 
Mashhur haykaltaroshlarning orasida eng so‘nggisi va 
mahsuldori mil.avv. IV asrda yashagan Lisipp edi. U marmar 
va metalldan ilohlar, qahramonlar, yarim ilohlarning 1500 
haykallarini yaratdi. Lisippning «To‘rt ot qo‘shilgan aravada-
gi Gelios» va «Tlet» haykallari mashur bo‘ldi. Uning «Istmiyalik 
poseydon», «Agiy», «Gerakl» haykallarida kurash ruhi singdiril-
gan. U Makedoniyalik Aleksandrning buyurtmasi bilan «Granik 
yonidagi jang» haykallar guruhini yaratdi. Guruh 35 figuradan 
tashkil topib, ulardan 26 tasi otliq edi. Makedoniyalik Alek-
sandrni marmar va bronzada tasvirlash faqat Lisippga ruxsat 
berilgan edi. Lisipp Aleksandni turli ko‘rinishda: o‘smir, erkak, 
jangda, taxtda o‘tirgan holda, ovda, otda tasvirladi. Mashhur 
haykaltarosh Makedoniyalik Aleksandrning buyustini ham 
yaratdi. Lisipp haykaltaroshlik san’atida Poliklet qonunining 
o‘rniga yangi qonunni tadbiq qildi. Lisippning zamondoshi afi-
nalik Leoxar yunon haykaltaroshligida mumtoz usulni tiklash-
ga harakat qildi. «Belvederlik Apollon», «Gaimed!» haykallari 
uning asari deb taxmin qilinadi. 
Rodos orolida Agezandr, Afenodor va Polidor mashhur «La-
okoon va uning o‘g‘illari» asarini yaratdilar. Sofoklning hi-
koyasiga ko‘ra, iloh Apollon muqaddas tepalikni oyoqosti qil-
gani uchun ilohlarni Laokoonni o‘ldirishga yuboradi. Laokoon 
noqonuniy tug‘ilgan o‘g‘illari bilan birga o‘ldiriladi. Lisippning 
shogirdi rodoslik Xares Rodos orolida qadimgi dunyoning yet-
ti mo‘jizasidan biri bo‘lgan xudo Geliosning 36 metrlik ulkan 
haykalini yaratdi (mil.avv. 216-yil). Rodosdagi kuchli zilzila 


409
paytida bu haykal buzilib ketdi. Uning «Gerakl sher bilan» va 
«Apoksiomen» haykallari, bazm qilayotgan Gerakl haykalchasi 
haykaltaroshlik san’atining eng noyob namunalari hisoblanadi. 
Tasviriy san’at taraqqiyotini vazalar tasviri orqali yaqqol 
tasavvur qilish mumkin. Bu san’at janrida Sikion maktabi va 
Afina maktabi shakllangan edi. Tasviriy san’atda kundalik ha-
yot va mifologiyadan olingan tasvirlar ko‘plab uchraydi. Birinchi 
bo‘lib mashhur yunon rassomi tasoslik Poliklet faqat to‘rt rang: 
oq, qora, qizil va sariqni ishlatgan. Klassik davrda yunon tas-
viriy san’atining eng mashhur namoyandalaridan biri Polignot 
ulkan ko‘p shaklli kompozitsiyalar ustasi edi. Afinalik Apollodor 
tasviriy san’atda yorug‘lik soyasini kashf qildi. U bo‘yoq bilan 
chizgan ko‘pgina vazalar bizgacha yetib kelgan. Bu davrdagi 
Zevksid va Parrasiy, Apelles (Aleksandrning saroy rassomi) va 
Nikiylar tasviriy san’at janrida yorqin iz qoldirdilar. Rassomlar 
tarixiy, harbiy, peyzaj va portret janrlarida ijod qildilar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling