Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
9. Tibbiyot va aniq fanlar. Mil.avv. V asr ikkinchi yarmi-
dan kohinlar tibbiyoti o‘rniga, aniq kuzatishlarga asoslan- gan shifokorlarning tibbiyoti vujudga keldi. Mil.avv. 400-yilda mashhur yunon tabibi Gippokrat (mil.avv. 470–430-yillar) ning tibbiyot maktabi paydo bo‘ldi. Gippokrat kasallikni o‘rganish nazariyasidan ko‘ra muhimroq deb uqtiradi. U «Tibbiyotning otasi» sifatida shuhrat qozondi. Uning maktabida tabiblar taj- riba, kuzatish usuliga tayanib, tez va to‘g‘ri tashxis qo‘yishga harakat qildilar va davolashda dorivor o‘tlar, parhez va gigiyena kabi usullarni keng qo‘lladilar. Yunon tabiblari singan suyaklar- ni, urushda olingan jarohatlarni tuzatishni, davolashni bilar edilar, lekin yuqumli kasalliklarni davolashni bilmas edilar. Asklepiy davolash ma’budi hisoblangan. Tabiblar odam ning sog‘lig‘i uning organizmidagi 4 asosiy suyuqlik: qon, flegma, qora va sarit o‘t orasidagi muvozanatga bog‘liq deb hisoblagan- lar. Apolloniyalik Diogen qon aylanish tizimini yaxshi o‘rgandi. Krotonlik Alkmeon kasalliklarning manbai inson organizmidagi suyaklarning mutanosibligining buzilishi deb ko‘rsatdi. O‘sha davr tibbiy bilimlari to‘g‘risida 53 traktatdan iborat «Gippokrat korpusi» deb ataladigan tibbiyot to‘plamlari orqali ma’lumot olish mumkin. Yunonlar matematikani misrliklardan, astrologiyani bobil- liklardan o‘zlashtirdilar. Aniq fanlar to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Afinalik astronom, matematik Meton quyosh soatini yasagani, taqvimni isloh qilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar biz- 410 gacha yetib kelgan. Samos orolida tug‘ilgan Pifagor (mil.avv. 540–500-yillar) matematika va musiqa bilan shug‘ullangan hamda mashhur matematik teoremani kashf etgan. Aytish- laricha, o‘z kashfiyotidan xursand bo‘lib, u 100 ho‘kizni qur- bonlik keltiradi. U juda katta jismoniy kuch va aqliy qobilyat- ga ega bo‘lgan va 18 yoshida Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘ladi. Pifagor Krit va Misrga sayohat qiladi. Misrning ma’naviy-diniy g‘oyalari uning keyingi faoliyatiga katta ta’sir o‘tkazadi. Olim janubiy Italiyadagi yunon shahri Krotonda yashab ijod qiladi. U ilm asosida davlatni boshqarish g‘oyasini ilgari suradi. Knidlik astronom va geograf Evdoks yer shar shaklida ekanini asoslab berdi va uning aylanasini hisoblab chiqishga urindi. Mil.avv. 432-yilda afinalik matematik yangi taqvimni joriy qildi. Aristo- tel fizika bo‘yicha, Empedokl kimyoviy unsurlar to‘g‘risida asar- lar yaratdi. Aristotel zoologiya bo‘yicha o‘z asarida mavjudotlar dunyosini turkumladi. Miletlik Gippodam meteorologiya bilan shug‘ullandi. Mil.avv. IV asrda afinalik Ksenofont harbiy ishga bag‘ishlangan va stunfallik Eney shaharlar mudofaasi to‘g‘risi- da asarlar yaratdilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling