Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Mitanni (mil.avv. 1560 –1260-yillar)
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
8. Mitanni (mil.avv. 1560 –1260-yillar). Yuqori Mesopo-
tamiyada mil.avv. XVIII–XVII asrlarda Kavkaz ortidan Kichik Osiyoga oriy lar kirib keldilar. Ular Suriya va Falastin Yuqori Mesopotamiya va Kichik Osiyoning janubi-sharqini egalladilar. Mil.avv. XVI asrda Mitanni (akkad tilida – Xanigalbat) davlatiga (mil.avv. 1560 –1260-yillarda mavjud bo‘lgan) oriylardan bo‘lgan mitannilar asos soladilar. Mitanni poytaxti Yuqori Xaburda joy- lashgan Vassokanda shahari bo‘lgan. Mitanni podsholari oriy sulola ismlarini saqlab qolib, «Mand jangchilari podshosi» va 141 «Xurri jangchilari podshosi» unvonlariga ega bo‘lganlar. Oriy ma’budlari Indra, Mitra-Varuna va Nasati hukmron sulolalar- ning homiy xudolari edi. Bu davlat mil.avv. XVI–XV asrlarda Old Osiyo siyosatida yetakchi o‘rinni egalladi. Misr, Xett davlatlari Mitanni bilan hisoblashishga majbur bo‘ldi. Mitanni mil.avv. XVI asr oxiri- da podsho Shuttarni I davrida Zagros va Nineviyadan Shimoliy Suriyagacha bo‘lgan hududni egallab, ulkan davlatga aylandi. Shu vaqtdan boshlab bir yuz ellik yil davomida Old Osiyoda Mi- tannidan kuchli bo‘lgan qudratli davlat yo‘q edi. Mitanni kuchli qo‘shinga ega bo‘lib, qo‘shin asosini qattiq intizomga bo‘ysun- gan otliq qismlar tashkil etgan. Mitanni yuz yil davomida (mil. avv. XVI asr oxiridan boshlab XV asr nihoyasigacha) qudratli davlatga aylanib, Old Osiyoning eng kuchli davlatlari Misr va Xettlar bilan raqobat qildi. Podsho Shuttarna davrida (mil.avv. XVI asr oxiri) Mitanni hududi Zagros tog‘lari va Parratarna (mil. avv. 1471-yillar atrofi) Misrning zaifligidan foydalanib, butun Sharqiy O‘rtayer dengizini Kilikiyadan Markaziy Falas tingacha bo‘lgan hududlarni egalladi. Mil.avv. XV asr o‘rtalarida Misr bilan Mitanni o‘rtasidagi chegaralar Kadesh shahri atrofidan o‘tgan. Taxminan mil.avv. XV asr o‘rtalarida Mitanni Suriya uchun xettlar bilan to‘qnashdi. Podsho Ardadama xettlarni to‘la yanchib tashlab, Mitanni chegaralarini Kichik Osiyodagi Tavr va Yuqori Galisgacha cho‘zdi (mil.avv. XV asr oxiri). Bu davrda Mitanni Misr bilan Mesopotamiya va Sharqiy O‘rtayer dengizi havzasi uchun uzoq kurash olib bordi. Mil.avv. XV asrda xalqa- ro vaziyat o‘zgarib, Misr bilan Mitanni o‘rtasida ittifoqchilik mu- nosabatlari o‘rnatildi va sulolaviy nikohlar tuzildi. Tutmos IV va Amenemxotep III Mitanni malikalariga uylandilar va Mitanniga oltin va turli sovg‘a-salomlar jo‘natdilar. Mil.avv. XIV asr boshlarida Mitannidagi sulolaviy nizo, saroy fitnalari davlatni zaiflashtirdi. Saroy fitnasi natijasida o‘smir Tushratti taxtga chiqdi. Tushratti Misr bilan uzilib bo‘lgan diplomatik aloqani qayta tikladi, qizi Tado-Xebani Misr fir’avni Amenxotep III ga turmushga berdi. Xett podshosi Suppilulum I Mitanniga bostirib kirdi. Boshda Tushratti xettlarning hujumi- ni qaytardi, lekin hukmronligining so‘nggi yillarida Suppilu- lum I dan yengildi. Mitannining bir qismini xettlar zabt qildi- lar, Tushratti qochishga majbur bo‘ldi va o‘ldirildi. Yordamga chaqirilgan Osuriya hukmdori Ashshurballit I mamlakatning sharqiy viloyatlarini anneksiya qildi. Shu vaqtdan Mitanni Shi- 142 moliy Mesopotamiyadagi kichik bir davlatchaga aylanib qoldi. Uning ustidan nazorat qilish uchun osur va xettlar o‘zaro ku- rash olib bordilar. Qachonlardir qudratli davlat bo‘lgan Mitanni qoldig‘lari mil.avv. 1260-yilda Osuriya podshosi Salmanasar I tomonidan tugatildi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling