Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Hinduizm. Qadimgi Hindistonning m’anaviy hayotida
diniy e’tiqod muhim o‘rin tutgan. Hinduizm asosiy diniy e’tiqod 266 edi (hozirgi kunda Hindiston aholisining 80% idan ko‘prog‘i shu dinga e’tiqod qiladi). Hinduizm asosini qadimgi Hindistonning arxaik e’tiqodlari: daraxtlar, tog‘, suv havzalari, ilon, sigir va maymun kabilarga sig‘inish tashkil etadi. Hinduizmda qadimgi davrdan boshlab ma’buda onaga sig‘inish an’anasi hozirgi kun- da ham katta rol o‘ynaydi. Hinduizmda bosh yaratuvchi xudo g‘oyasi mavjud. Braxma – dunyoning yaratuvchisi va boshqa- ruvchisi. U yerda ijtimoiy qonunlarni o‘rnatadi (dxarma), var- nalarga bo‘ladi va gunohkorlar, shakkoklarni jazolaydi. Vash- na – himoya qiluvchi ma’bud, shiva – vayron qiluvchi ma’bud xudo Vishna u hayvonlar: sirtlon, baliq, toshbaqa yoki inson- lar, odatda, qora tanli podsho yoki cho‘pon (krishna) qiyofala- rida namoyon bo‘ladi. Vishna boshqa kichik xudolar timsoliga kirishi mumkin. Vishna, odatda, podsho tojida, ba’zida dunyo iloniday yastanib yotgan holda tasvirlanadi. Boshqa hinduistlar bosh xudo deb, sopol parchalarini ilib olgan asket (darvish) yoki raqqos qiyofasida ifodalanadigan Shivani hisoblaydilar. Shivaga ko‘pincha unga bag‘ishlangan muqaddas ho‘kiz hamrohlik qiladi. Qadimgi davr oxiri va hozir- gi kunlarda hinduistlar Vishna va Shivaga e’tiqod qiluvchi ikki oqimga bo‘linadi. Indra – chaq moq xudosi; Varuna – dunyoda tartib va adolatni saqlovchi xudo; Agni – uy o‘chog‘i himoyachi- si, uy va odamlarni saqlovchi xudo; Yama – u dunyo xudosi. Hinduistlarning muqaddas matnlari vedalar hisoblana- di. Hinduizmda ibodatxonada toat-ibodat qilish rasm bo‘lgan. Bayram tantanalarining eng muhim qismi tantanali yurishlar, namoyishlar bo‘lib, xudoning tasviri olib yurilgan. Ibodatxona oldida uning xizmatchilari – kohinlar, raqqoslar va musiqachi- lar yashagan. Hinduizm mafkurasining asosiy belgilari «Bxagavagita» («Xudo qo‘shiqlari») poemasi bo‘lib, «Maxabxarat» tarkibiga kiritilgan. Hinduizmning axloqida cheksiz sabr-toqat qilishga chaqiriladi. Ijtimoiy munosabatlarda inson muloqoti o‘z ijtimoiy doirasi bilan cheklanishi kerak. Kasta bo‘yicha kasbni o‘zgar- tirish taqiqlanadi. Nikohni bolalikda o‘qitish odati tarqalgan. Beva o‘z erining jasadini gulxanda kuydirilgan paytda o‘zi ham birga yonishi eng savob ish hisoblangan. Mil.avv. 1350-yillar atrofida kohinlar diniy e’tiqod qoidalari, huquq to‘g‘risidagi barcha hujjatlarni to‘pladilar. Bu to‘plam Vedalar (bilim) deb ataldi. Unda xudoga e’tiqod, qurbonlik ma- rosimlari bayon qilindi, xudolarga tog‘ o‘simligidan tayyorlan- 267 gan sharbat, guruch, sut va yog‘ ehson qilingan. Odam iste’mol qilishi kerak bo‘lgan oziq-ovqatga alohida e’tibor berilgan. Har bir jonivorda vafot etgan kimnidir: do‘stning, qarindoshning yoki ajdodning ruhi bo‘lish eh’timoli borligi uchun braxman- lar go‘shtli ovqatni umuman taqiqlaganlar. Xalqning ongiga bu tushunchani qat’iy singdirish mumkin emasligini hisobga olib, faqat qoramol go‘shtini yeyishni qat’iy taqiqladilar. Chunki si- gir muqaddas hayvon hisoblanib, uning suti va yog‘i xudolarga qurbonlik keltirilishi lozim bo‘lgan. Brahmanlar piyoz va sa- rimsoqdan boshqa sutli va o‘simliklardan tayyorlangan ovqat- ni iste’mol qilishni tavsiya qilganlar. Kimki taqiqlangan ovqatni iste’mol qilsa yoki boshqa gunoh qilsa, sudni kutib o‘tirmay, o‘zini-o‘zi jazolashi lozim. U ming marta duolarni takrorlashi yoki ro‘za tutishi yo o‘zini o‘ldirishi lozim. Misol uchun kim taqiqlangan ovqatni yesa, u 30 kun davomida faqat guruch yeyishi kerak. Kim mast bo‘lsa, 30 kun guruch qaynatmasini ichishi, qachonki uning ichki a’zolarini kuydirishi kerak, shun- dan so‘ng uning gunohlari yuviladi. Kim sigirni tasodifan o‘ldi- rib qo‘ysa, u sochini qirishi, o‘ldirilgan sigirning terisiga o‘ralib, molxonaga borib sigirlarga sig‘inishi, ularga xizmat qilishi ke- rak. Agar Kshatriy ataylab brahmanni o‘ldirsa, o‘zini kamondan otilishi qo‘yib berishi yoki o‘lguncha o‘zini-o‘zi 3 marta olovga tashlashi kerak. Brahman uchun bu yo‘riqnomalar yanada qat- tiq bo‘lgan. Ularning majburiyatlari ipidan-ignasigacha belgi- langan, qanday holda turib ovqatlanishlari, qo‘l va barmoqlar- ini qaysi qismi bilan poklanishlari, hayotning har qanday vazi- yatlarida o‘zlarini qan day tutishlari ko‘rsatiladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling