Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Budda dini. Mil.avv. VI asrda Hindistonda yangi budda 
e’tiqodi shakllandi. Bir necha asr o‘tgach, buddaviylik butun 
dunyoga tarqalib, uch dunyo dinining biriga aylandi. Sidd xartxa 
(mil.avv. 566–486-yillar) Shakyamuni («Shak’ya urug‘idan tar-
ki dunyo qilgan») budda dinining asoschisi bo‘lgan. U Lum-
buni (Nepal) hududda kshatriy oilasida tug‘iladi. Siddxartxa 29 
yoshida bu dunyo ne’matlaridan voz kechadi. U 7 yildan so‘ng 
Varanasi shahari yonida o‘z mustaqil targ‘ibotini boshlaydi va 
keyin esa 40 yil Gang daryosi havzasida daydib, o‘z ta’limotini 
targ‘ib qiladi. U Sarnatxada (Banoras shahri yonida) ilohiy nur 
olib, Budda («nurlangan») nomini oldi. Hayot bu azob, hayot 
yerda yashash, uning lazzatlaridan bahramand bo‘lish istagida 
paydo bo‘ladi. Istaklardan xoli bo‘lish 8 yo‘l: to‘g‘ri qarashlar-
ga ega bo‘lish, to‘g‘ri fikrlar, to‘g‘ri o‘zini tutish, to‘g‘ri harakat, 


268
to‘g‘ri so‘z, to‘g‘ri fikrlar namunasi, to‘g‘ri xotira, to‘g‘ri turmush 
tarzi, to‘g‘ri o‘zligiga kirishga intilish lozim. Budda dini inson-
ning axloqiga jiddiy e’tibor berdi. 
Budda o‘z ta’limoti bilan bevosita xalqqa maydon va bozor-
larda tushunarsiz sanskritda emas, balki xalqning oddiy tili-
da murojaat qildi. U o‘z ta’limotini brahma ta’limotiga qarshi 
qo‘yib, yerdagi barcha odamlar tengligini targ‘ib qildi. Bir-birini 
og‘irini yengil qilish, yovuzlikka qarshi turishni aytdi. Gunoh 
qilgan odam uchun og‘ir jazolar kerak emas, u qalban chuqur 
tavba qilishi lozim. Buddani oddiy xalq qo‘llab-quvvatladi, uni 
Veshnaning bir qiyofasi deb tushundi. 
Budda ta’limotining o‘ziga xos xususiyati u hayotni azobla-
nish deb tushuntiradi. Azoblanish o‘lim va kasalliklar bilan-
gina bog‘liq emas. Budda ta’limotining mohiyati to‘rt haqiqat-
da ifodalanadi: birinchi haqiqat – hayot, ahmoqona yoki baxt-
siz hayot, lekin har qanday hayot, umuman hayot – yovuzlik, 
azoblanish; ikkinchi haqiqat – hayotning va qayta tug‘ilishlar-
ning sababi istak-hayotga, huzur halovatga, hokimiyat va boy-
likka chanqoqlik; uchinchi haqiqat yozuvlikdan hayotni qutqa-
rish imkoniyati; to‘rtinchi haqiqat – bu qutulishga erishish 
yo‘li mutlaq tinchlanish orqali har qanday hissiyot, istaklar-
dan ti yilish, saqlanish. Har bir dindor intilishi kerak bo‘lgan 
oliy maq sad bu – nirvanaga erishish, ya’ni bu dunyoning har 
qanday huzur-halovati, orzu-istaklaridan xoli bo‘lish; bunday 
odam boshqa qayta tug‘ilmaydi. 
Buddaviylikda ilk o‘qituvchini tasvirlash an’anasi yo‘q edi. 
Faqat Budda ramziga tayanadigan asosiy e’tiqod inshooti stupa 
– soyabon ostidagi sun’iy tepalik edi. Dindorlar stupa va undagi 
Budda sochi yoki tishiga chapdan o‘ngga (quyosh bo‘yicha) o‘zi-
ni gunohlardan xoli qilish uchun bu dunyo hayotidan, oilasi-
dan, mulkidan, tashqi an’anaviy aloqalardan, ruhiy bog‘lanish-
lardan kechishi lozim. Buddaning izdoshlari qizg‘ish kiyimda, 
sochlari taqir olingan. Ular qishloq va shaharlarni kezib, sadaqa 
so‘rab yurganlar. Ularni bxikshu (gadoy) deb ataganlar. 
Budda dini uchun diniy marosim hech qanday ahamiyat-
ga ega emas edi. Dindorlar avvalgiday to‘y, o‘lim marosimlari-
ga braxmanlarni chaqirar edilar. Budda matnlari mahalliy 
so‘zlashuv tillaridan tuzilgan bo‘lib, aholiga tushunarli edi. 
Braxmanlar esa sanskrit adabiyotini aholining juda ko‘p qis-
midan yashirar edilar. Budda dini, ayniqsa, shahar aholisi 
o‘rtasida keng tarqaldi. Chunki shahar paydo bo‘lishining o‘zi 


269
an’anaviy urug‘chilik, ijtimoiy aloqalarning yemirilishi, xususiy 
mulkning paydo bo‘lishi, shaxsning jamoadan ajralishi bilan 
bog‘liq edi. 
Buddaviylik e’tiqodi katta davlatlar hukmdorlarining homiyli-
gi ostida bo‘ldi. Chunki budda matnlarida jahon hukmronligi 
g‘oyasi ilgari surilib, qaysiki, bu hukmdor orqali adolat podsho-
ligiga asos solinadi degan g‘oya mavjud edi. Adolatning tarqali-
shi, bir vaqtning o‘zida hukmdorning hokimiyatini kuchayishi 
– diniy g‘oyaga to‘g‘ri kelishini bildiradi. Dastlab budda dini 
xudo sizlar dini edi. Chunki xudo har bir insonning qalbida
u o‘zini anglab yetishi lozimligi g‘oyasi kuchli edi. Keyincha-
lik Buddaga nisbatan munosabat o‘zgardi. Uning tasviri pay-
do bo‘ldi. Ibodatxonalar qurilib, Budda ilohiy mavjudot ekan-
ligi aytila boshlandi. Dunyoning oxirati va uning kelajagida 
qutqaruvchi Buddaning kelishi tushunchasi shakllana bosh-
ladi. Xudoga sig‘inish rasm-rusumlari, ibodat va qurbonlik 
keltirish marosimlari paydo bo‘ldi, afsun o‘qish, tumorlar katta 
ahamiyat kasb eta boshladi. Bu dunyodan voz kechgan Bud-
da ta’limotining targ‘ibotchilari – rohiblar din xizmatchilariga 
aylandilar. Budda maktablari ikki asosiy yo‘nalish: «xinayana» 
– «kichik arava» («qutilishning tor yo‘li») va «maxayana» – «buyuk 
arava» («quti lishning keng yo‘li») dan iborat edi. Xinayanada 
har bir dindor Budda ko‘rsatgan yo‘l bo‘yicha mustaqil borishi 
lozim edi. Maxa yanada esa, u Budda bo‘lishga juda yaqinlash-
gan bodxisattva – avliyolar yordamiga tayanish mumkin edi. 
Ularning birinchisi eng qadimiylikka da’vo qilib, Ashoki davri-
dayoq Lanka orolida va keyin Janubiy-Sharqiy Osiyoga tarqal-
di. «Buyuk arava» ta’limoti yanada kattaroq yutuqlarga erishdi. 
Kushon podsholari homiyligi ostida bu yo‘nalish O‘rta Osiyo 
orqali Eron, Xitoy, Tibet, Mongoliya va Yaponiyaga tarqaldi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling