Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk davlatlar-


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

5. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk davlatlar-
ning shakllanishi. Yuqori paleolit davrida (mil.avv. 50 ming yil-
lar atrofi) Xitoyda mongoloid irqiga mansub odamlar yashagan. 
Xitoy shimolidan Xuanxe daryosi vodiysi bo‘ylab ilk mongol-
oidlar janubga – Yanszi daryosi tomon siljib, janubdan kelgan 
avstraloidlar bilan to‘qnashdilar. Ming yillar davomida bu gu-
ruhlarning bir-biri bilan aralashib ketishi natijasida mongoloid 
irqiga mansub hozirgi xitoyliklarning ilk ajdodlari – neolit odami 
shakllandi. Janubiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oq bo‘yi 
hududlarida qadimgi Indoneziya, Ve’tnam qabilalariga mansub 
antropologik tip – minyu, mavzeye shakllanib, ular hozirgi Xi-
toyning kichik etnik guruhlarining ajdodlari hisoblanadi.
Mil.avv. IV–III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o‘rta oqi-
mida Yanshao madaniyati tipidagi neolit manzilgohlari vujudga 
keldi. Dehqonchilik, cho‘chqa va it boqish asosiy mashg‘ulot 
bo‘lgan. Maxsus o‘choqlarda 1400 haroratda idish-tovoqlar 
tob lanadi.
XX asrning 70-yillarida Xitoyning shimoliy-sharqida lunshan 
madaniyati topildi. Bu madaniyat mil.avv. XXIV–XVI asrlarni 
o‘z ichiga oladi. Kulolchilik charxi paydo bo‘ladi. Kulrang va 
qora rangli idishlar tayyorlanadi. Qo‘y, sigir boqiladi. Mil.avv. III 
ming yillikning ikkinchi yarmida kulolchilik charxi yordamida 
dehqonchilikda o‘roq va pichoqning takomillashgan shakli vu-
judga keldi. Ijtimoiy tabaqalashuv jarayoni tezlashdi. Eng qad-
imgi bronza davri buyumlari (mil.avv. II ming yillikning birinchi 
yarmi) Ermitou tipidagi manzilgohlardan topilgan. 
Maydoni 4 km
2
bo‘lgan manzilgohda saroyga o‘xshash kat-
ta inshoot topilgan. Xitoy an’anasiga ko‘ra Xitoydagi ilk davlat 


279
Syadan boshlanadi (mil.avv. 2205–1766-yillar). Lekin bu davr-
ga oid ma’lumotlar yo‘q. Keyingi In davri (mil.avv. XVII–XIII asr-
lar)da poytaxt Shan shahri hozirgi Anyan yaqinida mil.avv. XV 
asr da paydo bo‘ladi, in davlati bir necha o‘n qabilalar birlash-
masi bo‘lgan. Birlashmani in qabilasining yo‘lboshchisi Van 
boshqar gan. Uning hokimiyatining tayanchi oqsuyak-zodagon 
bo‘lgan. Van qo‘shini oqsuyak zodagonlarning jang aravalari, 
piyodalar hamda boshqa ittifoqchi qabilalarning ko‘ngillilaridan 
iborat bo‘lib, bu qo‘shin bilan bo‘ysunmagan qo‘shni qabilalar 
ustiga yurishlar qilingan. Yurishlarda olingan asirlar ajdodlar-
ga qurbonlik qilingan, o‘lja qabila boshliqlari o‘rtasida taqsim-
langan. Urug‘-qabila boshqaruvi uning oqsoqoli va urug‘ zoda-
gonlari qo‘lida bo‘lgan. Urug‘-qabilaning asosiy qismi – oddiy 
jamoachi dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ular jamoaga tegishli 
yerlarda mehnat majburiyatini o‘tab, olingan hosilning bir qis-
mini zodagonlarga berganlar. Ilk shaharlarda turli kasb egalari 
bo‘lgan aholi yashagan. Mil.avv. XIV–XI asrlarda O‘rta Xitoyda 
In davrida ilk shaharlar paydo bo‘ldi. Jez qurollarining paydo 
bo‘lishi, shaharlar va yozuvning yuzaga kelishi eng muhim yu-
tuq bo‘ldi. Jezdan qurollar va marosim ko‘zalari tayyorlangan. 
Jez quyish san’at darajasiga ko‘tarilgan. Bu davrdagi ijtiomiy 
tabaqalanish izlarini In qabrlarida ko‘rish mumkin. In davlati 
tepasida van (hokim) turgan. Van bir vaqtning o‘zida oliy kohin 
vazifasini ham bajargan. In davlatining eng qudratli davri mil.
avv. XIII asrning ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan Van 
U Di 
davriga to‘g‘ri keldi. Uning davrida Shan shahrida saroy va ibo-
datxonalar qurildi. Mamlakat hududi kengaydi. 
Mil.avv. 1027-yilda chjoular yo‘lboshchisi U Van boshchiligi-
da g‘arbiy qabilalar In davlatini ag‘darib tashladilar. Shu lahza-
dan Chjou sulolasi davri boshlanadi (mil.avv. XI asr – III asr-
lar). Chjou qabilasi yuzlab urug‘-qabilalarning vani – hokimi 
edi. Lekin uning hokimiyati zaif bo‘lgan. Chjoular davrining 
boshlanishida uning tarkibida 200-300 mahalliy hokimliklar 
bor edi. Bu katta-kichik hokimliklar o‘rtasida doimiy urushlar, 
to‘qnashuvlar oddiy hol edi. Ular bosib olgan hududlarda nis-
batan katta, lekin mustahkam bo‘lmagan davlat birlashmasini 
tashkil qildilar. Chjou davlati asoschisi U Van vafotidan so‘ng
uning ukasi Chjou Gun qaram inlarning qo‘zg‘olonini bostirdi. 
Van hokimiyatini mustahkamlash siyosatini yuritdi. Ko‘pgina 
mayda hokimliklarni tugatib, katta davlatni tashkil qildi. Ular-
ga podsho sulolasining vakillarini hokim etib tayinladi. Bosh-


280
qaruv va soliqqa tortishning yangi tizimini joriy qildi. An’ana 
bo‘yicha
bu davlat G‘arbiy Chjou deb ataldi. Davlat boshida
Chjou podsho urug‘idan bo‘lgan merosiy hukmdor Van tura-
di. U o‘z hokimiyatini katta o‘g‘liga qoldirgan. Rasman barcha 
yerlar davlatga ya’ni Vanga tegishli bo‘lgan. Vanning kichik 
o‘g‘illari «merosiy mulklar hokimi» hisoblangan. Chjoular inlar-
dan jez quyish san’ati, yozuvni o‘zlashtirdilar. Ular harbiy jang 
ara valarini ham inlardan o‘zlashtirdilar. Chjou davrida jamiyat 
besh ijtimoiy qatlamga ajralgan: 
1. Van – «kishilar orasida yagona» hukmdor; 2. Chjou – mero-
siy hudud hokimlari, Chjou oliy aslzodalari. 3. Dafu – urug‘-qa-
bila guruhlari boshliqlari. 4. In – katta oila boshliqlari. 5. Oddiy 
kishilar.
U yoki bu qatlamga mansublik tufayli odamning va oilasining 
tashqi turmush tarzi juda qat’iy belgilangan: kiyim; uyning ha-
jmi, jihozlanishi, katta va kichiklarning darajasi bo‘yicha o‘zaro 
salomlashuvi, hatto qabrda o‘tqaziladigan daraxt miqdori, ma-
rosimlar, kiyim, ovqat odamning ijtimoiy toifadagi o‘rniga aniq 
mos kelishi kerak edi. Chjou jamiyati qat’iy oqsuyaklar jami-
yati bo‘lgan. Oqsuyaklar xalqdan o‘zlarini keskin ajratganlar. 
O‘zlarining shajaralari, merosiy an’analari, madaniyatlari bilan 
guruhlanganlar. Bu saylanma ijtimoiy qatlamga kirish oson 
bo‘lmagan. Hunar va savdo oddiy odamlarning ishi hisoblan-
gan. Hatto tadbirkorlik bilan boyigan odam o‘z ijtimoiy qatlami-
dan chetga chiqa olmagan. Oddiy xalq hududiy jamoalarga 
birlashgan. Yer umumiy egalikda hisoblanib, oilalar o‘rtasida 
muntazam taqsimlanishi kerak bo‘lgan. Odatda, oilalar katta 
bo‘lib, voyaga yetgan o‘g‘illar otaning hokimiyati ostida qolgan-
lar, ota vafotidan keyin ham oila mulki bo‘linmagan. 
Chjou davlati etnik jihatdan ola quroq bo‘lgani uchun va ular 
o‘rtasida mustahkam iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy aloqalar mavjud 
bo‘lmagani sababli, Van hokimiyati qonuniy ekanligini asos lash 
lozim edi. Van hokimiyatining ilohiyligi Chjou qabilalarida eng 
oliy xudo – osmon e’tiqodidan keltirib chiqarildi. Chjou Vani 
osmon oliy ilohining o‘g‘li deb e’lon qilindi. Van Osmon mam-
lakatida eng oliy mulkdor, boshqalar esa uning xizmatkori edi. 
Shu bilan birga, «Van Chjouni o‘z xizmatkori deb hisoblaydi, 
Chjou o‘z xizmatkori deb dafuni tan oladi, dafu inni o‘z xizmat-
kori deb biladi» tushunchasi mavjud bo‘lgan. Bu davrda ko‘plab 
asirlar qul qilindi. 


281

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling