Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Sin, Xan davlatlari (mil.avv. III asr – milodiy III asr)
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
7. Sin, Xan davlatlari (mil.avv. III asr – milodiy III asr). Mil.
avv. IV asrda boshqa davlatlarda ham davlat hokimiyatini mus- tahkamlaydigan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni barqaror qiladigan 286 islohotlar o‘tkazildi. Amaldor Shan Yanning mil.avv. 350-yil- larda o‘tkazgan islohoti natijasida Sin davlati qudratli davlatga aylandi. Shu davrdan boshlab Sin hukmdorlari bosqinchilik si- yosatini olib bordilar. Qo‘shni davlatlarning ichki ziddiyatlari va o‘zaro urushlaridan foydalangan Sin vanlari qadimgi Xitoyning barcha davlatlari hududlarini bosib ola boshladilar. Mil.avv. 246-yil Sin taxtiga 10 yoshli In Chjen chiqdi. Mil. avv. 238-yil yosh podsho Chjen o‘ziga qarshi fitnani fosh qil- di. Mil.avv. 230-yil asosiy raqib bo‘lgan Xan podsholigini, mil. avv. 228–221-yillar oralig‘ida boshqa besh podsholiklarni bosib oldi. Mil.avv. 221-yil Shandun yarim orolidagi so‘nggi mus- taqil davlat Si podsholigi bosib olinib, Xitoy o‘z tarixida ilk bor yagona davlatga birlashtirildi. Sin davlatining poytaxti Syanyan umumxitoy davlati poytaxti deb e’lon qilindi. Sin vani 28 yoshli In Chjen Sin Shixuandi («Sin sulolasining birinchi imperato- ri») unvonini qabul qildi. U «Bizning avlodimiz vorislik tartibiga ko‘ra, Ershi («Ikkinchi»), San’shi («uchinchi») va toki o‘n ming- lab avlodlargacha ular abadiy merosxo‘r bo‘ladilar», deb o‘z far- monida tantanali e’lon qildi. Ammo bu davlat bor-yo‘g‘i 14 yil yashadi. Sin Shixuandi bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Shi- molga yurish qilib, syunnu qabilalarini Xuanxe havzasidan haydab chiqardi. U Janubiy Xitoy va Shimoliy Ve’tnamga yurish qildi. Qo‘shin bu yurishda juda katta talafot ko‘rdi. Qad- imgi Ve’tnamning Namyue (Namvyet) va Oulo (Aulak) davlatlari rasman bo‘ysundirildi xolos. Sin davlatining poytaxti Chyanyan imperiya poytaxtiga aylantirildi. Sin Shixuandi butun mamlakatda Shan Yan ko‘rsatmalarini yuritdi. Sin hududi zodagonlari imtiyozli mavqega ega bo‘lib, barcha davlat lavozimlarini egallab oldilar. Ieroglif yozuv uni- fikatsiya qilinib, soddalashtirildi. Barcha to‘la huquqli erkin fuqaro uchun qonun bilan «qoraboshlar» nomi belgilandi. Qul- lar bozori tashkil etildi. Mamlakat hududi 36 yirik ma’muriy okrug (szyun)ga bo‘lin- di. Har bir okrug uyezdlar (szyan)ga, uyezdlar volostlar (szyan) ga, volostlar esa bir necha jamoa (li)dan iborat edi. Okrug bosh- lig‘i (szyun shou) va okrug qo‘shin boshlig‘i (szyun vey) impe- rator tomonidan tayinlangan. Okrug boshlig‘i uyezd boshlig‘i va ularning o‘rinbosarlarini tayinlagan. Har ikki lavozimga bir xil miqdorda maosh berilgan. Jamoa oqsoqollari (fulao yoki sanlao) saylab qo‘yilgan. Imperatorning ikki maslahatchisi (chensyan) 287 bo‘lib, ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar. Impe- ratorning barcha farmonlarini hayotga tadbiq qilishga mas’ul bo‘lganlar. Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, impe- rator oilasi bo‘limi va inspeksiya nazorat bo‘limlaridan tash- kil topgan. Harbiy ishni imperiyaning barcha qo‘shinlarining qo‘mondoni (tayvey) boshqargan. Unga okrug harbiy boshliqlari bo‘ysungan. Moliya boshqarmasi boshlig‘i Chjisuneyshi deb atalgan. Sud boshqarmasi boshlig‘i tinveyning vakolatiga jinoiy qonunlarni bajarish va nazorat qilish kirgan. Imperator oilasi bo‘limi boshlig‘i (shaofu) imperator oilasi shaxsiy ehtiyojlari- ning ta’minoti bilan shug‘ullangan. Qat’iy markazlashgan davlat boshqaruv apparatida eng quyi bo‘g‘inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat jamiyat hayotining barcha jabhalarini qat’iy bir qolipga soldi. Aholi- dan barcha qurollar tortib olinib, qo‘ng‘iroqlar quyildi. Mam- lakat bo‘yicha yozuv, pul, tanga, o‘lchov birliklari, yo‘llarning kengligi, aravalarning o‘lchami unifikatsiya qilindi. Beqi yos shavqatsiz ruhda bo‘lgan yagona qonunchilik tizimi joriy qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan. O‘lim jazosi barcha ayblar uchun qo‘llanilgan. Jinoyatchilar ommaviy ravishda katorga ishlariga surgun qilingan. Mafkura ham bir xil qilindi; xususiy maktablar taqiqlandi; ta’lim davlat tasarrufiga o‘tdi. Eskilik to‘g‘risida fikrlash jinoyat deb qa- raldi. Konfutsiy kitob lari yoqilib, 460 olim hukmdor farmoni bilan tiriklay yerga ko‘milgan. Odamlar Sin davridan oldin- gi davrlarni xotirasidan chiqarishi uchun Sin podsholigidan oldingi davrda yozilgan asarlarni yo‘q qilishga buyruq beril- gan. Qadimiyatga e’tiqod qilganlari uchun yuzlab Konfutsiy ta’limoti muxlislari, olimlar jismoniy yo‘q qilingan. Butun Xitoy aholisi og‘ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko‘rilma- gan qurilish bo‘lgan: shimoldan xunnlardan himoya vositasi bo‘lgan 5 ming km uzunlikdagi Buyuk Xitoy devorini bun- yod qilishga kirishildi. Uzoq davom etgan istilochilik urush- lari, Buyuk Xitoy devori, sug‘orish inshootlarining qurilishi, yo‘llar, saroylar, ibodatxonalar, maqbaralar va shaharlar qu- rilishi ulkan xarajatlar, yuz minglab odamlarni qurbon qilish evaziga amalga oshirildi. Sin Shi Xuandi istilochilik urush- larini olib bordi. Shimolda 300 ming kishilik Xitoy qo‘shini xunnlarga zarba berdi. Janubiy Xitoy va Shimoliy Ve’tnamni bosib olish uchun urush olib borildi. Xitoy qo‘shini ulkan 288 yo‘qotishlar evaziga qadimgi Ve’tnamning Namvyet va Aulak davlatlarini rasman bo‘ysundirdi. Epon imperator saroyi va tog‘ qoyatoshida o‘yib qurilgan im- perator sag‘anasida o‘rtacha odam bo‘yi balandligida bo‘lgan 6 ming jangchi haykallari joylashtirildi. Xitoyning barcha hudud- lari aholisi bu qurilishlarga majburan, zo‘ravonlik bilan haydab kelindi. Sin Shixuandi mil.avv. 210-yil to‘satdan 48 yoshida va- fot etdi. Uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat qo‘zg‘olonlar ichida qoldi. Qo‘zg‘olonchilar boshida dehqon yo‘lboshchilari va eski zodagonlarning vakillari turdilar. Qo‘zg‘olonchi guruhlar- dan birining omadli yo‘lboshchilaridan biri, oddiy jamoachilar- dan chiqqan Lyu Ban xalq harakati kuchlarini birlashtirdi. Har- biy ishga Sin hokimiyatining dushmanlari bo‘lgan merosiy zo- dagonlarni jalb qildi. Qo‘zg‘olonchilar mil.avv. 207-yil poytaxt ni ishg‘ol qilib, Sin sulolasini hokimiyatdan mahrum qildilar. Mil.avv. 202-yilda Lyu Ban Gao-szi nomi bilan imperator deb e’lon qilindi (mil.avv. 202–195-yillar) va u yangi Xan sulolasi asoschisi bo‘ldi. Xan sulolasi davri (mil.avv. 202-yildan – mi- lodiy 220-yillar) qadimgi Xitoy xalqi shakllanishining muhim bosqichidir. Shu davrdan boshlab xitoyliklar o‘zlarini xan – etnik nomi bilan atay boshladilar. Xan davri ikki bosqichga bo‘lina- di: Katta Xan (yoki ilk Xan) davri mil.avv. 202-yildan – milodiy 8-yilgacha va Kichik Xan (yoki so‘nggi Xan) milodiy 25-yildan - 220-yilgacha. Yangi sulola Sin qonunlarini bekor qildi, lekin Sin ma’muriy bo‘linishi va boshqaruv tizimi hamda ko‘p iqti- sodiy tartib-qoidalar saqlab qolindi. Lekin mavjud siyosiy vazi- yat Luyu Banni markazlashuv tamoyilidan chekinishga majbur qildi, u bir qism yerlarni o‘z safdoshlariga mulk qilib berishga majbur qildi. Ulardan eng kuchli yettitasi «Van» unvonini olib, oliy zodagon darajasiga ko‘tarildi. Lyu Banning vorislari uchun ularning separat harakatlariga qarshi kurash eng birinchi ichki siyosiy muammo bo‘ldi. Vanlarning kuchi faqat imperator U-di davrida (mil.avv. 140–87-yillar) to‘la sindirildi. Imperator Gao-szu (Lyu Ban, mil.avv. 202–195-yillar) xalqning ahvolini yengillashtiradigan tadbirlarni amalga oshir di. Qarzi uchun qul qilinganlar qullikdan ozod qilindi- lar. Jamoa larga vaq tinchalik imtiyozlar berildi. Soliqlar Sin davridagidan 10 marta kamaytirilib, hosilning 1/15 qismini tashkil etdi. Imperator Syao Ven-di (mil. avv. 180–165-yillar) xalqning ahvolini yanada yengillashtirdi. U saroy xarajatlarini kamaytirdi. Dehqonlardan olinadigan yer solig‘ini kamaytirdi. 289 Qarindoshining jinoyati uchun jazolash, imperatorni haqorat qilgani uchun jazo berish bekor qilindi . Xitoy iqtisodiyotining asosi bo‘lgan deh qonchilikda asosiy ishlab-chiqaruvchilar deh- qon jamoatchilar edi. Ular yer solig‘i (hosilning 1\15, 1\30 qis- mi), jon solig‘i, xo‘jalikdan olinadigan pul soliqlariga tortildilar. Er- kaklar mehnat majburiyati (yilda bir oy, uch yil davomida), harbiy (2 yillik armiya va har yili 3 kunlik garnizon xizmati) majburiyatini o‘tadilar. Xan davrida hunarmandchilik va savdo sohasi rivojlan- di. Poytaxt Chanyan va Linszi shaharlarida yarim milliongacha, boshqa ko‘pgina shaharlarda 50 mingdan ortiq aholi yashar edi. Shaharlar o‘z-o‘zini boshqarish organlariga ega edilar. Qullar ko‘p sonli bo‘lib, dehqonchilik va hunarmandchilikda hamda davlat xo‘jaligida qul mehnatidan keng foydalanilgan. Har bir shaharda qul bozori mavjud edi. Mil.avv. II asrda Sariq dengizdan boshla- nib, O‘rtayer dengizigacha borgan Buyuk Ipak yo‘li shakl landi. Imperator U-di davri (mil.avv. 140–87-yillar) qadimgi Xitoy ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisi edi. U-di markazlashtirish siyosatini olib bordi. Vanlar va oqsuyak zo- dagonlarga meros mulkni faqat katta o‘g‘li emas, balki bar- cha o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlash joriy etildi. Natijada merosiy mulklarning hajmi keskin qisqarib, ular amalda hokimiyatdan mahrum bo‘ldilar. Markaziy davlat apparati mustahkamlan- di. Mamlakat hududi 14 okrugga bo‘lindi. Okrug amaldorlari faoliyatini nazorat qiladigan nazorat inspektori lavozimi qayta tiklandi. Okrug boshliqlari tomonidan amaldorlik vazifasiga qo- biliyatli kishilarni muntazam tavsiya etish tizimi joriy qilindi. Ma’muriy mansablarni egallash uchun davlat imtihonlari tizimi joriy qilindi. Imperatorning birinchi maslahatchisi ni vakolat doirasi cheklandi. Imperator devonxonasi tashkil etilib, impe- rator hududlarni boshqarish tizimlari faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U di, Lyu che davrida konfutsiylikni davlatning rasmiy mafkurasiga aylanish jarayoni tugallandi. Xitoy azaldan o‘zining shimoliy qoshnisi xunnlar bilan yaqin aloqada bo‘lishga majbur bo‘lgan. Mil.avv. 214-yilda Sin Shi Xuandining 300 ming kishilik qo‘shini xunnlarga qarshi urushib, ularni Inshan tog‘ etaklari va Xuanxe daryosi vodiysi- dagi o‘tloq yaylovlardan mahrum qildi. Shimoliy chegaralarni xunnlardan himoya qilish uchun Xitoy devorini bunyod qildi. Ammo Xitoyning bu g‘alabasi vaqtinchalik edi. Mil.avv. 200-yil- da xunnlar xitoy qo‘shinlarini to‘la yanchib tashlab, imperiyani «Tinchlik va qon-qarindoshlik» shartnomasini imzolashga maj- 290 bur qildilar. Shartnomaga ko‘ra xunnlar hukmdori xitoy ma- likasiga uylanishi va har yili xitoyliklar sovg‘a-salom (o‘lpon) jo‘natishlari kelishib olindi. Xan imperiyasi Mode boshchiligida kuchayib ketgan xunnlarga qarshi turli diplomatik o‘yinlarni olib bordi. Xitoy xunn qabila, urug‘lari o‘rtasida nizolar kelti- rib chiqarish, qo‘shni qabila-etnik birliklarni xunnlarga qarshi qo‘yish yo‘liga o‘tdi. Imperator U-di chaqqon harakat qiladigan otliq qismlarini tuzdi, xunnlarning jang taktikasini o‘rgandi. Mil.avv. 127–119-yillardagi Xitoy qo‘shinining xunnlarga qar- shi yurishlari g‘alaba bilan tugadi. Xunnlar xitoy devori atrofi- dagi hududlardan siqib chiqarildi. Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy hozirgi Sinszyan (Shar- qiy Turkiston) va O‘rta Osiyo bilan ilk aloqalarni o‘rnatdi. U-di mil.avv. 139-yilda o‘z elchisi Chjan Syanni O‘rta Osiyo («G‘arbiy o‘lka»)ga yuborgan. Elchi 10 yildan so‘ng Xitoyga qaytib kela- di. Xitoyliklar Farg‘ona, Baqtriya va Parfiya to‘g‘risida bilimga ega bo‘ldilar va bu mamlakatlar bilan aloqa o‘rnatdilar. Ana shu vaqtda Xitoy O‘rta Osiyodan uzum, poliz ekinlari, musiqa asboblari, idish-tovoqlarni o‘zlashtirib oldi. Xitoy Hindistonga boradigan yo‘lda Yuanyan va Sichuanni mil. avv. 109-yil Ko- reya yarim orolidagi Choson davlatini bosib oldi. Imperator U-dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixi- da «oltin davr» hisoblanadi. Xan davrida qullarning soni oshdi. Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi. Manbalar bu davrdagi yirik quldor xo‘jaliklari, qul bozor- lari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Mil.avv. II–I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli yanada og‘irlashdi. Yer va boshqa boyliklar ol- di-sotdisi keng tus oldi. Qarzi uchun o‘zi va oila a’zolarini qul qilish yanada rivojlandi. Yer katta yer egalari qo‘lida to‘plana boshladi. Qaram dehqonlar ko‘paydi. Yer ijara haqi juda yuqo- rilab ketdi. Yollanma mehnat keng tarqaldi. Milodiy birinchi yillarda yirik amaldor Van Man imperator hokimiyatiga ega bo‘lib, yer egaligi va quldorlik munosabat- larida islohot o‘tkazdi. Bu vaqtda dehqonlarning yersizlanishi kuchayib, katta-katta yer maydonlari boy zodagonlar qo‘lida to‘planib qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki deb e’lon qilib, yer sotishni taqiqladi. Qul savdosi ham taqiqlan- di. Ammo bu islohotlar amalga oshmadi. Shandun viloyatida milodiy 18-yilda «Qizilqoshlilar» xalq harakati boshlanib, poy- taxt Chanyan egallanib, Van Man o‘ldirildi. Hukmron tabaqa xalq harakatini uyushmaganidan foydalanib, tashabbusni o‘z 291 qo‘liga oldi. Xan sulolasining kichik vakili Guan Udini (mil. 25–57-yil) imperator deb e’lon qildi. «Qizilqoshlilar» qo‘zg‘olo- ni 29-yil bostirildi, yangi imperator qullarni tamg‘alash, qul- ni xo‘jayin tomonidan o‘ldirilishini taqiqlovchi qonunlarni e’lon qildi, qulchilikni cheklovchi, xalqning ahvolini yengillashtiruv- chi tadbirlarni amalga oshirdi. Shimoliy Ve’tnamda opa-singil boshchiligida Xitoyga qarshi xalq ozodlik harakati boshlanib, bu harakat 44-yilda zo‘rg‘a bostirildi. Xunn davlati hukmdori Mode dun-xu, yueji, usun va qirg‘izlar (gyangun)ni bo‘ysundirdi. Keyin esa Xitoyga bostirib kirib, im- perator Lyu Banni o‘lpon to‘lashga majbur qildi. Mil.avv. I asrda Xitoyning makkor diplomatiyasi xunnlar orasiga nifoq soilish- ga erishdi. Oqibatda, xunn davlati parchalanib, davlat boshlig‘i Shanyuning hokimiyati o‘ta zaiflashdi. Paytdan foydalangan Xitoy xunnlarga qarshi qo‘shin tortdi va ularni Xitoyga qaram qildi (mil.avv. 51-yil). Milodiy I asr boshlarida Xitoy zaiflash- di. Xunnlar o‘z mustaqilligini qayta tikladilar. Lekin Xitoy yana xunnlar orasiga nifoq urug‘ini sochib, milodiy 48-yilda sakkizta xunn urug‘ini o‘ziga qaram qildi. Xan davlati xunnlarni to‘la zaiflashtirish va davlat sifatida yo‘q qilish siyosatini davomiy olib bordi. Xunnlar janubiy va shimoliy qismlarga bo‘linib ket- dilar. Milodiy III asr boshlarida o‘zlarining shimoliy urug‘dosh- lari bilan birga 304-yilda Lyu-Xann (304–318-yillar) imperiya- sini tashkil etdilar va Katta Chjao, Kichik Chjao podsholiklarga bo‘linib ketdilar. Kichik Chjao 329-yil Katta Chjao davlati va shimoliy Xitoyni bo‘ysundirdilar. Lekin xunn hukmdori asrandi o‘g‘il qilib olgan Xitoy lashkarboshisi Jan Min 350-yilda hoki- miyatni bosib oldi. U kichik Chjao davlatidagi barcha xunnlarni qirib tashlashga buyruq berdi. Faqat Ordosda va Nanshan (ho- zirgi Gansu provinsiyasi)da yashagan xunnlar tirik qoldi. I asrning ikkinchi yarmidan Xitoy Rim bilan savdo aloqala- rini o‘rnatdi. Birma va Assam orqali Hindiston bilan, Koreya orqali Yaponiya bilan aloqa o‘rnatildi. Bu vaqtda Xitoyda 68 mln kishi yashagan edi, bu butun dunyo aholisining 15 qis- mini tashkil etar edi. III asrdan Xitoyda tushkunlik boshlandi. Dehqonlarning yersizlanishi kuchaydi, pul-tovar xo‘jaligi zaif- lashdi, pul-tanga iste’moldan chiqib, natural mahsulot ayir- boshlash keng tus oldi. Iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy tushkunlik oqibatida 184-yilda «Sariq belbog‘lilar» deb nomlangan kuchli xalq harakati boshlandi. Harakat 10 yil davomida sehrgar-tabib Chjan Syao tomonidan tayyorlangan edi. Harakat davlat hokimi- 292 yati binolarini buzib tashladi, amaldorlarni o‘ldirdi. Mulkdor tabaqalar bu harakatga qarshi birlashib, zo‘rg‘a bostirdilar, xalq harakati bostirilgach, g‘oliblar hokimiyat uchun o‘zaro ku- rash boshladilar. Natijada Xann imperiyasi 220-yil uch mus- taqil podsholik: Vey, Shu va U davlatlariga bo‘linib ketdi. Bu davr San-Go-uch podsholik davri deb ataladi (220–280-yillar). Vey davlati shimoliy-g‘arbiy va markaziy Xitoy hamda hozirgi Dunbeyning janubiy qismini, U davlati Xitoyning janubi, janu- bi-sharqiy qismini egalladi. Shu davlati janubi-g‘arbiy Xitoy, qisman Shansi va Xubey hududlarini egalladi. Shu davlati qirq uch yil yashadi, 263-yilda Vey davlatiga qo‘shib olindi. Vey dav- latida hokimiyatni sarkarda Sima Yan bosib olib, Szin sulo- lasiga (265–420-yillar) asos soldi. U davlati 280-yilda bu sulola tomonidan bosib olindi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling