Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Tarixnavislik, arxeologik topilmalar


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Tarixnavislik, arxeologik topilmalar. An’anaviy Xitoy 
tarixnavisligida ikki o‘ziga xos xususiyat ajralib turadi: Xi-
toy madaniyatining boshqa qo‘shni madaniyatlardan ustunli-
gi; Xitoy davlatchiligining kelib chiqishini afsonalarga bog‘lab 
o‘ta qadimiylashtirish. Xitoy tarixini o‘rganishni o‘rta asrlarda 
yapon olimlari boshlab berdilar. Yaponiyada Xitoy tarixini bar-
cha davrlari o‘rganildi. Mashhur xitoyshunos olim Kaydzuka 
Sigeki qadimgi Xitoy davlatlarining shakl lanishiga oid kapital 
tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. 
Yevropada Xitoy tarixini o‘rganishda fransuz tadqiqotchilari 
katta yutuqqa erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann Sima 
Syanning «Tarixiy yozishmalar»ini tarjima qila boshladi. Mash-
hur sharqshunos, fransuz olimi A. Maspero o‘zining «Qadimgi 
Xitoy» nomli kapital asarini yaratdi. AQShda XX asrning 60-yil-
lari oxirida «Qadimgi Xitoy tarixini o‘rganish» xalqaro jamiyati 
tashkil topdi (AQShda kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan olimlar Xi-
toy tarixini o‘rganadilar). Amerikalik olim Rixtgofenning ilgari 
surgan nazariyasi qadimgi Xitoy madaniyatini kelib chiqishiga 
ko‘ra, Xitoy xalqining ajdodlari Xitoy hududiga qadimgi davr-
larda O‘rta Osiyodan yoki Sharqiy Turkistondan (hozirgi G‘ar-
biy Sinzyan) ko‘chib kelganlar. Rixtgofen nazariyasini uning 
tarafdorlari quyidagi dalillar bilan asosladilar: 
1. Xitoy hududida ilk odamlarning suyaklari topilmagani
2. Shimoliy Xitoyning turli hududlaridan topilgan neolit davri 
naqshli sopol buyumlari keyingi davr Xitoy keramikasidan bu-
tunlay farq qiladi va o‘xshash emas. U o‘z tipiga ko‘ra, Tripole 
naqshli keramikasiga yaqinlashadi. 
3. Qadimgi Xitoy mifologiyasida «bizning ajdodlar g‘arbdagi 
tog‘lardan keldilar» deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi. 
XIX asrning oxirida arxeologlar mil.avv. XI–V asrlarga oid 
In va Chjou sulolalariga tegishli jez ko‘zalarga tushirilgan 
yozuv lar, hayvon suyaklari va toshbaqa qalqonidagi bitiklar-
ni topdilar. 
Shved geologi G. Anderson 1914-yilda ilk bor Xitoyda paleo-
lit va neolit yodgorliklarini topdi. Fransuzlar Suyyuan provin-
siyasidan mustye qurollari va neandertal odamning tishlarini 
topdilar. XX asrning 20-yillarida yosh Xitoy olimi Pey Ven- 
Chjun Pekindan 50 km janubiy-g‘arbda joylashgan Chjou-


278
koudyan qishlog‘i yaqinidagi g‘ordan eng qadimgi odamlardan 
biri bo‘lgan sinantrop qoldig‘ini va quyi paleolit tosh qurollar-
ini topdi. Shu yillarda Anderson Xenan provinsiyasidan neolit 
davri manzilgohi va bu yerdan yerto‘lalar, silliqlangan tosh qur-
ollari, naqshli loy idishlarni topdi. Bu madaniyat topilgan qish-
loq nomi Yanshao madaniyati deb ataldi. Bu madaniyatning 
so‘nggi bosqichida mis buyumlar paydo bo‘ladi. 
1930-yil Shandun provinsiyasidan neolit madaniyati manzil-
gohi ochildi. Bu yerda qora va sariq rangli silliqlangan idishlar 
topildi. Bu madaniyatning Yanshao madaniyatidan farqli tomoni 
shundaki, bu yerdan topilgan sopol buyumlarda naqshlar yo‘q. 
Bu Lunshan madaniyati nomini oldi. Bu madaniyatga tegishli 
Chenszyay manzilgohi mustahkam devor bilan o‘rab olingan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling