275
V BOB
QADIMGI XITOY
1. Mamlakat va aholi. 2. Xronologiya va davrlashtirish.
3. Qadimgi Xitoy tarixi manbalari. 4. Tarixnavislik, ar-
xeologik topilmalar. 5. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemiri-
lishi, ilk davlatlarning shakllanishi. 6. Mil.avv. VIII–III asr-
larda Xitoy. 7. Sin, Xan davlatlari (mil.avv. III asr – milodiy
III asr).
1. Mamlakat va aholi. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi mil.avv.
V–III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o‘rta oqimida uzoq
vaqt yopiq holda shakllandi. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalaridan
boshlab Yanszi daryosi havzasini ham qamrab oldi.
Xuanxe daryosi havzasi qadimda qalin o‘rmonlar
bilan qoplan-
gan. Mil.avv. IV–II ming yilliklarda Xuanxening o‘rta oqimida
karkidon, tapir, bambuk kalamushlari
kabi hayvonlar mavjud
bo‘lgan. Bambuk daraxti o‘sgan. Vodiyning yumshoq allyuvial
tuprog‘i dehqonchilik uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Mil.
avv. IV–III ming yilliklarda Xuanxe havzasida Yanshao madani-
yatini bu yerda yashagan paleosiyo
aholisini siqib chiqargan
protosinotibetliklar yaratganlar. Mil.avv. I ming yillikda Xuan-
xening o‘rta oqimida inlar va chjoularning o‘zaro ta’siri natijasi-
da qadimgi Xitoy etnosi vujudga keldi. Bu etnosning shaklla-
nishida shimolda yashagan paleosiyo
va austroosiyo Janubiy
Osiyo tillarida so‘zlashuvchi etnoslar ishtirok etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: