Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qadimgi Xitoy tarixi manbalari.
2. Xronologiya va davrlashtirish. An’anaviy Xitoy tarix-
navisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo‘yicha davrlashti- rish xarakterlidir. Shunga ko‘ra, afsonaviy «besh imperatorlar» davridan so‘ng «uch sulola» – Sya, Shan-In (mil.avv. XVII–XIII asrlar) va Chjou (mil.avv. XI–III asrlar) davrlari boshlandi. An’ana bo‘yicha Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o‘z ichiga olgan ikki qism: G‘arbiy Chjou (mil. avv XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou ( mil. avv VIII–III asrlar) ga bo‘linadi. Sin sulo- lasi (mil.avv. III asr) o‘rniga hukmronlik vaqti g‘arbiy va shar- qiy davrlarga bo‘linadigan Xan sulolasi keladi. Mil.avv. III asr oxiri – milodiy III asr Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot 276 talablariga javob bermaydi. Shu sababli, jamiyat taraqqiyoti- ni ishlab chiqarish kuchlari va mehnat qurollari tayyorlangan asosiy buyumlar bo‘yicha bosqichlarga bo‘ladigan arxeologik davrlashtirish ilmiy-amaliy jihatdan asosli. Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit davriga to‘gri keladi. Shan- In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kirdi. Chunsyu davri (mil.avv. VI–V asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi. Qadimgi Xitoy tarixini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi- yoti asosida quyidagicha davrlashtiriladi: 1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning vujudga kelishi (mil.avv. II ming yillik). 2. Mil.avv. VIII–III asrlarda qadimgi Xitoy. 3. Xitoyda birinchi markazlashgan davlat – Sin imperiyasi (mil.avv. 221–207-yillar). 4. Qadimgi Xitoy II–IIII asrlarda. 3. Qadimgi Xitoy tarixi manbalari. Qadimgi Xitoy tarixiga oid juda ko‘p aniq davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mavjud. Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir. Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy yilnomalari, eng avvalo, Lu pod- sholigi davrida tuzilgan, mil.avv. VIII–V asrlar voqealari yoritil- gan «Chunsyu» yilnomasi muhim ahamiyatga ega. «Chunsyu» matni bilan an’anaviy ravishda uning muallifi, qadimgi Xitoy faylasufi Konfutsiy nomi bog‘lanadi. Yilnomalar bilan yaqin bog‘langan, eng avvalo, «Shanshu» («Shus zin» – Qo‘shiqlar kitobi) nomli kitob va boshqa qadim- gi Xitoy tarixiy asarlari janridir. Bu asarlarda hukmdorlar va ularning yaqinlarini so‘zlari mavjud. Bizgacha yetib kelgan «Shanshu» matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash mumkin. Chunki bu manbaning ba’zi boblari keyingi davrlarga oid. Mil.avv. I asrda qadimgi Xitoyda yangi tarixiy asarlar paydo bo‘ldi. Bu asarlar Xitoy tarixnavisligida katta o‘rin tutadi. Ana shunday asarlardan biri Sima Syanning (mil.avv. 105–90-yillar- da yozilgan) «Tarixiy yozishmalar»i edi. Bu asar qadimgi Xitoy ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti to‘g‘risida boy ma’lumotlar beradi. Sima Syan tari xiy voqealarni yoritishda kishilar faoli- yatini bayon qilish usulini tanladi. Sima Syanning tarixnavislik usulidan «Xan tarixi» muallifi Gu G‘arbiy Xan (mil.avv. 206-yil) sulolasining tarixini yozishda foydalandi. Ban Gu Xitoy tarix- navisligining yangi «sulolalar tarixi» nomini olgan janr asoschisi bo‘ldi. Xitoy tarixini arxeologik o‘rganishda amalga oshirilgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling