Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Tabiiy-ilmiy bilimlar. Qadimgi Xitoyda astronomiya,
matematika, tibbiyot, agronomiya kabi bilimlar, harbiy san’at rivojlangan. Qadimgi Xitoy olimlari sun’iy sug‘orish, sug‘o rish inshootlarini barpo qilish hamda ekinlarni almashlab ekish 299 bo‘yicha ilk ilmiy asarlarni yaratganlar. Dunyodagi harbiy san’at bo‘yicha birinchi ilmiy asar ham Xitoyda yozilgan. Ayniqsa, matematika fani yaxshi rivojlangan. Mil.avv. II asr- da 9 kitobdan iborat «matematika» traktati tuzildi. Bunda oldin- gi olimlarning bilimlari, proporsiya, progress, bo‘lishlar bayon etilgan. Pifagor teoremasi va boshqalar to‘plangan. Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. Xitoy ast- ronomi Shi Shen (mil.avv. IV asr) eng qadimgi yulduzlar (800 yulduz) jadvalini tuzgan. Mil.avv. 104-yilda 1 yil 365,25 kun ekanligi hisoblab chiqildi. Shu asosda qabul qilingan kalendar milodiy 85-yiligacha foydalanildi. Bu kalendar bo‘yicha yil 12 oyga bo‘linadi. Qo‘shimcha oy kabisa yiliga qo‘shilib, 3 yilda bir marta belgilangan. Quyosh-Oy kalendari qishloq xo‘jalik ishla- riga moslashtirilgan. Xitoyda dunyoda birinchi bo‘lib yulduzlar katalogi tuzilgan (mil.avv. V asr), oy va quyosh tutilishlarining muddatlari hisoblab chiqilgan, kometalarni paydo bo‘lishi bel- gilangan. Astronom Chjan Xen (78–139-yillar) 2500 yulduzni tasvirladi. Koinotning cheksizligi nazariyasini ilgari surdi, seys- mografni ixtiro qildi. Mil.avv. 28-yilda Xitoy astronomlari qu- yoshda dog‘lar borligini aniqladilar. Xitoyning eng qadimgi kitobi «Dao de Szin» – (mil.avv. VI asr oxiri) «Ezgulikka yo‘l to‘g‘risidagi kitob» deb ataladi. Kitobning muallifi Lao Szi (mil.avv. 579–499-yillar) bo‘lib, u dunyoni fal- safiy asoslashga urinadi. Xitoyda falsafiy fikr rivojlandi. Uning eng taniqli vakillaridan Dao Szi, Konfutsiy, Mo Szi, Chjuan Szilarni ko‘rsatish mumkin. Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishil- di. Mil.avv. III asrda Xitoy tabiblari igna bilan davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar. 280 davolash usulini qo‘llaganlar. Katta hajmli «Xuan-di neyszin» nomli tibbiy asarda (mil.avv. I ming yillik o‘rtalari) ko‘pgina ka- salliklarning davolash usullari va fiziologiya batafsil tasvirlan- gan. Chjan Chjunszin (150–219-yillar) puls bo‘yicha diagnosti- ka usulini ishlab chiqdi. Davolashda dorivor o‘tlar va choydan foydalanilgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling