Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Qadimgi Vyet davlatlari va ularning qo‘shnilari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Qadimgi Vyet davlatlari va ularning qo‘shnilari. Shi-
moliy Vyetnamdagi va Janubiy dengizning shimoliy qismidagi 
davlatlardan shimolroqdagi qadimgi Xitoy an’analariga ko‘ra, 
birinchi navbatda «varvar» (Xitoy an’anasi nuqtayi nazaridan) 
Yeu (Vyet) podsholigi tarixda yaxshiroq ma’lum.
 Yue podsholi-
gi mil.avv. VII asrda Yanszi daryosining quyi oqimida paydo 
bo‘lgan. Uning ijtimoiy tuzilishi qadimgi Xitoy podsholiklari-
ga qaraganda, soddaroq bo‘lgan. Aholining asosiy mashg‘ulo-
ti sug‘orma sholikorlik edi. Mil.avv. IV–III asrlarda Yanszi dar-
yosining yuqori qismida besh davlat: Xongxa, quyi qismida 
Vanlang (keyin Aulak), sharqda Tayau, Namvyet va boshqa-
lar mavjud bo‘lgan. Ular yuqori ijtimoiy taraqqiyot darajasida 
bo‘lgan. Janubiy podsholiklarda xan madaniyatini qabul qilish 
shimolga qaraganda, ancha yuqori bo‘ladi. 


309
Mil.avv. III asrda hududdagi eng rivojlangan davlatlardan 
biri Xuanxe daryosining quyi qismi va unga qo‘shni hududlar-
da Siszyan pastida vyetnamliklarning ajdodlari lakvyetlar joy-
lashgan davlat Namvyet edi. Markaziy Vyetnam hududida vyet-
namliklarning ajdodlari lakvetlarning vanlang qabila ittifoqi 
mil.avv. IV asrda shakllandi. Hokimiyatni xung oilasi egalladi. 
Asta-sekin qabila ittifoqi davlatga aylandi. Davlat tepasida xung 
oilasidan chiqqan viong (hokim) turgan. Aholi sun’iy sug‘orish-
ga asoslangan plug dehqonchiligi va baliqchilik bilan shug‘ulla-
nadi. Bronza metallurgiyasi yuqori darajada rivojlanadi. Mul kiy 
tabaqalanish jarayonida urug‘-qabilaning oqsoqollari, harbiy 
boshliq, kohin va boy dehqonlardan oqsuyak-zodagonlar – lak-
chonglar ajralib chiqadi. Lakchonglar ichidan viong hokimiyati 
shakllandi. Mil.avv. III asrning ikkinchi choragida Viong Kin 
Zeong davrida lakvetlar davlati to‘la shakllanib bo‘ldi. Lakvetlar 
qo‘shni qabila ittifoqi Teyvu bilan urushlar olib bordi va yengil-
di. Mil.avv. 257-yilda Aulak davlati tarkibiga kirdi. Aulakda 
aholining asosiy qismini jamoachilardan iborat mayda ishlab 
chiqaruvchilar tashkil qilgan. Turli manbalar Namvyet jamiyati-
da qullar mavjudligini ko‘rsatadi. Hukmron sinfl ar jamiyatda 
katta yer-mulkka ega bo‘lgan tabaqa bo‘lib, ularga zodagonlar, 
mayda ishlab chiqaruvchilar va qullar qaram bo‘lgan. Davlat 
tepasida hukmdor turgan. Qadimgi vyetlar madaniyati o‘ziga 
xos edi. Ayniqsa, ajdodlarga e’tiqod, yer ruhiga, timsoh-ajdar va 
suvda suzuvchi qushlarga sig‘inish keng tarqalgan.
Mil.avv. 221–214-yillarda Aulak, Tayau va Namvyet davlatlari 
Sin imperiyasi bilan o‘z mustaqilliklari uchun urush olib bor-
dilar. Urushlar jarayonida Aulak o‘z mustaqilligini saqlab qoldi 
va Tayauning bir qismini o‘ziga qo‘shib oldi. Namvyet bir necha 
yil Sin qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. Mil.avv. 207-yilda 
Namvyet va Aulak davlatlari birlashadi. Bu davlat mil.avv. II 
asrda Janubiy-Sharqiy Osiyoda eng kuchli davlat bo‘lib, faqat 
Xan imperiyasidan kuchsizroq bo‘lgan. Mil.avv. II asr boshlari-
da Namvyet viongi (hukmdori) o‘zini Xan imperatoriga teng deb 
e’lon qiladi. Mamlakat iqtisodiyotining asosini sholikor hudud-
lar tashkil qilgan. Temir mehnat qurollaridan foydalanilgan. Bu 
davlatda yirik shaharlar, rivojlangan ichki va tashqi savdo, hu-
narmandchilik mavjud bo‘lgan. 
Mil.avv. II asr boshlarida Namvyet-Aulak hukmdorlari urush-
lar va diplomatik yo‘l bilan qo‘shni davlatlarni qo‘shib olishga 
harakat qiladilar. Ammo mil.avv. 111-yilda mamlakat Xan im-


310
peratori U-di tomonidan bosib olinadi. Xan imperiyasi mam-
lakat ichki ishlariga aralashmaydi. Imperiya «varvarlarni var-
varlar boshqaradi» siyosatini olib boradi. Mil.avv. III–II asr-
larda Janubiy-Sharqiy Osiyoning tog‘li hududlarida qadimgi 
tay xalqlarining Diyen va Yelan davlatlari (hozirgi Yunnan va 
Guychjou viloyatlari) alohida guruhni tashkil etadi. Bu yerda 
dehqonchilik zaif bo‘lib, chorvachilik yetakchi o‘rinni egalla-
gan. Shu bilan birga, bu yerda qandaydir birma tilli guruhlar 
va Markaziy Osiyo chorvador aholisi bilan birgalikda ilk sinfiy 
jamiyatlar shakllantirilgan. Qullarning safi mahalliy etnik bir-
liklarni qaram qilish hisobidan to‘ldirilgan. 
Mil.avv. I asr boshlarida Xan ma’muriyati hozirgi Shimoliy 
Vyetnamdagi lakvyetlarni ommaviy assimilatsiya qilish siyosat-
ini olib borgan. Bu siyosat kuchli qarshilikka uchraydi va zoda-
gonlar boshchiligida qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Milodiy 40–44-yil-
larida lakvyetlar «Ikki opa-singil» (opa-singil Chinglar) bosh-
chiligida qo‘zg‘olon ko‘tarib, Xan hokimiyatini ag‘darib tash-
laydilar va o‘z mustaqilliklarini qayta tiklaydilar. Xan imperi-
yasi uzoq urushlardan so‘ng mamlakatda o‘z nazoratini qayta 
tiklaydi. Lekin mahalliy aholini assimilatsiya qilish siyosatidan 
voz kechishga majbur bo‘ladi. Milodiy I–III asrlarda Vyetnamga 
Hindistondan buddizm, Xitoydan xitoy madaniyati kirib keladi. 
Buddaviylik XII–XIII asrlargacha hukmron dinga aylanadi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling