Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- QADIMGI YUNONISTON QADIMGI YUNONISTON TARIXI 1. Geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi. 2. Tarixiy asar
Kurs ishlari mavzulari
1. Qadimgi Sharqda davlat hokimiyati. 2. Qadimgi Sharqda qulchilik. 3. Qadimgi Sharqda jamoa. 4. Qadimgi Misr tarixi manbalari. 5. Misrshunoslik fanining vujudga kelishi. 6. Qadimgi Misr davlatchiligi. 7. Gerodot tarixida Misr. 8. Exnaton islohotlari. 9. Misr madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari. 10. Qadimgi Mesopotamiyada davlat va jamiyat. 11. Mesopotamiya mifologiyasi. 12. Xett davlatining siyosiy tarixi. 13. Osuriya davlati va jamiyati. 14. Falastin, Finikiya va Suriya antik mualliflar asarlarida. 15. Karfagen davlati. 16. Janubiy Arabiston davlatlari. 17. Zardushtiylik dini. 18. Behustun yozuvlari bo‘yicha Ahmoniylar davlati. 19. »Artxashastra» bo‘yicha qadimgi Hindistondagi ijtimoiy muno- sabatlar. 20. Qadimgi hind madaniyatida buddaviylik dinining o‘rni. 21. Qadimgi Hindiston va O‘rta Osiyo aloqalari. 22. Qadimgi Hind madaniyati. 23. Qadimgi Xitoy tarixchilari. 24. Konfutsiy ta’limoti. 25. Qadimgi Koreya davlati. 26. Qadimgi Yapon jamiyati. 27. Qadimgi Indoneziya davlatlari. Qadimgi Sharq tarixi bo‘yicha ushbu kurs ishlari ro‘yxa- ti bilan talabalar tanlovi cheklanmaydi. Talabalar kurs ishini mustaqil ravishda shakllantirib, ilmiy rahbarga mavzuni tak- lif qi lish huquqiga egalar. Eng muhimi, tanlanadigan ma’lum mavzu bo‘yicha manba va adabiyotlar miqdori yetarli bo‘lishi lozim. 321 IKKINCHI QISM I BOB QADIMGI YUNONISTON QADIMGI YUNONISTON TARIXI 1. Geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi. 2. Tarixiy asar- lar. Manbalar. 3. Moddiy manbalar. 4. Yunon tarixini davr- lashtirish. 1. Geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi. Yunoniston geog rafik jihatdan uch qismga bo‘linadi: 1. Fessaliya va Epir, shimolda Moli va Pagasey ko‘rfazlari. 2. Janubdan Korinf va Sa- ronika bilan cheklangan markaziy qism. 3. Peloponnes yarim orolidan iborat janub. Yunonistonning shimoliy qismida Fessaliyani Epirdan Pind tog‘lari zanjiri ajratib turadi. Qadimda bu ikki viloyat yunon madaniyatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon qa- bilalari siljib kelgan. Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo bo‘ldi. Uning janu- bidagi Sperxa daryosi vodiysidagi axey Ftiotidasi axil va mirmi- donlar vatani. Fessaliyadan afsonaviy Yason uzoq Kolxidaga oltin mo‘yna uchun jo‘nab ketgan. Dodonda Sella kohinlari muqaddas dub daraxtining barglarini shitirlashiga qarab fol ochganlar. Epir yunon madaniyatiga aloqasi bo‘lmagan yovvoyi o‘lka bo‘lib, uni Markaziy Yunoniston bilan faqat xaon, tesprot, moloss va oresta kabi epir qabilalari joylashgan Axeloy daryosi bog‘lab turgan. Fessaliya barcha tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu yerdagi ikki tekislikni fessaliyalik bosqinchilar ishg‘ol qilganlar. Ular mahalliy aholini qaram penestlarga aylantirganlar. Qis- man ularni vodiydan tog‘larga siqib chiqarganlar. Fessaliya ning g‘arbiy qismida g‘alla va chorvachilik rivojlangan. U yerda qu- lay qirg‘oq va qo‘ltiqlar yo‘q. Shimoliy Yunonistonni Markaziy Yunonistondan dengiz va Oyta tog‘lari orasida yotgan Fermopil daryosi ajratib turadi. Markaziy Yunonistonda kam sonli tog‘lik qabilalar joylashgan. Egey dengizi qirg‘og‘ida Evbey oroli qarshisida Opunt lokrlari 322 joylashgan. Mil.avv. V asrda afinaliklar uchun lokrlar qoloq- likning namunasi bo‘lgan. Parnas (2450 m) va Kifris tog‘lari- da joylashgan vakiy qabilalari yanada qoloq bo‘lgan. Markaziy Yunoniston yo‘lidagi eng muhim joy bu Elateya shahri bo‘lgan. Delfa qadimgi Elladaning diniy markazi vazifasini o‘tagan. Par- nasdan shimolda Yunonistonning eng kichik viloyati – Dorida (185 kv.km) bo‘lgan. Ko‘rinishidan doriylar shu yerda ilk bor o‘rnashganlar. Fokidadan g‘arbga Agra, evitan nomidagi illiriya qabilalari yashagan tog‘li va ozroq unumdor vodiyga ega bo‘lgan Etoliya viloyati joylashgan. Shimolda Epir bilan tutashgan Abrakiy qo‘ltig‘igacha bo‘lgan hudud Akarnaniyada illiriya qabilalari yashagan. Janubda 3000 kv. km hududni egallagan Beotiya viloyati birdaniga 3 dengiz bilan tutashgan. Poytaxti Fiva bo‘lgan Beotiyada g‘alla- chilik, chorvachilik va baliqchilik kuchli rivojlangan. Beotiyani janubdan Kiferon va Parnas tog‘lari o‘rab turadi. Yunoniston- ning markazida tuprog‘i dehqonchilikka noqulay bo‘lgan Atti- ka viloyati joylashgan. Qadimgi Attikada suv tanqis bo‘lsa-da, marmar, kumush va zaytun daraxtlariga boy bo‘lgan. Afinaning dengiz yo‘lini Salamin oroli to‘sib turadi. Salamin uchun Afina Megara va Egina bilan uzoq urush olib borgan. Faqat Eginaning bo‘ysundirilishi Afinaning dengiz savdosiga yo‘l ochdi. Korinf va Saronik qo‘ltiqlari orasidagi tog‘lik hudud- da Megara shahri joylashgan. Korinf qo‘ltig‘idan so‘ng Pele- ponnes yarim oroliga o‘tish mumkin. Uning markazida Arkadiya baland ligi turadi. Lakoniya va Messeniya viloyatlari yarimorol g‘arbida joylash- gan. Bu viloyatlarda g‘alla ekilgan. Messeniyadan shimolda Eli- da viloyati joylashgan bo‘lib, Alfey va Kladey daryolari qo‘shilish joyida har 4 yilda bir marta Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiada shahri joylashgan. Elidadan shimolda Axeya viloyati turadi. Yunonistonning iqlimi yumshoq, harorati 16 o C ni tashkil eta- di. Landshafti qadimda hozirgidan farq qilgan. Qalin o‘rmonlar ko‘p bo‘lib, tuproq hozirgidek toshloq bo‘lgan. Faqat ozgina yer unumdor bo‘lgan. Mil.avv. VI asrgacha faqat bug‘doy va tariq ekil gan. Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni siqib chiqargan. Yunonistonda oltin yo‘q, mis juda ko‘p. Xalkida shahrining nomi ham «mis» degan ma’noni bildiradi. Qadimda bu yerdan mis qazib chiqarilgan. Beotiya va Lakoniyadan sifati past temir, Tasos va Sifnos orollaridan mil.avv. VIII–VI asrlardan kumush 323 qazib olingan. Mil.avv. VI asrdan Lavrion kumush koni ochil- gan. Bu konlardan olingan daromad mil.avv. V asrda Afinani qudratli flot qurishga va Yunonistonda yetakchi shahar-davlat- ga aylanishi hamda boshqa yunon shahar-davlatlariga bosh- chilik qilishiga shart-sharoit yaratgan. Afinada tog‘-konchilik sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Konlarning chuqurligi 100 m ga yetgan. Qimmatli metallarni qidirib topish san’ati yuqori darajada bo‘lgan. Kulolchilikda yunonlar haqiqiy san’atkor bo‘lganlar. Tosh juda yuqori baholangan. Hamma joyda tosh mo‘l-ko‘l bo‘lgan. Marmarning vatani Pentelikon Afinadan bor- yo‘g‘i 10 km uzoqlikda joylashgan. Mashhur Parfenon va Propi- ley inshootlari pentelikon marmaridan bunyod etilgan. Egey dengizi havzasida mil.avv. III–II ming yilliklarda yunon bo‘lmagan, kelib chiqishi Osiyodan bo‘lgan turli leleglar, pelasg, kariylar joylashgan edi. Mil.avv. II ming yillik boshlarida Yuno- niston hududiga axey qabilalari paydo bo‘ldi. Axeylar bilan ma- halliy pelasg, kariy va minoylar o‘rtasida murakkab munosa- batlar yuzaga keladi. Mil.avv. XII asrda Dunay ortidan Bolqon yarim oroliga doriy qabilalarining migratsiyasi boshlandi. Mil. avv. II ming yillik oxirida Yunoniston va Egey dengizi havzasini egallab oldi. Natijada yangi etnik birlik – ellinlar shakllandi. Ular to‘rt qabila guruhidan iborat edi: 1. Axeylar. Ular tog‘li Arkadiya, Krit oroli va Kichik Osiyoning ba’zi hududlarida yashar edilar; 2. Doriylar. Ular Peloponnes yarim orolining katta qismi, Krit va Rodos orollari, Kariya va Kichik Osiyoda joylashganlar; 3. Ioniylar. Ular Attika hududi, Egey dengizining markaziy orollari va Kichik Osiyodagi Ioniya viloyatini egalladilar; 4. Eoliylar. Ular Beotiya, Fessaliya, Etoli- ya, Lesbos oroli va Kichik Osiyodagi Eolida orolini egalladilar. Mil.avv. XI–IX asrlarda yunon qabilalarining har bir guruhi o‘z diniy dunyoqarashi, o‘z sheva xususiyatlariga ega bo‘lsa lar- da, bir tilda so‘zlashib, o‘zlarini bir xalq, bir madaniyatga man- sub ekanliklarini his qila boshlaganlar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling