Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Memuar asarlar.
Yozuvlar. Yunon tarixini o‘rganishda yozuvlar muhim ahami-
yat kasb etadi. Asosan, XIX asrning 70-yillaridan papirus topil- malarini o‘rganish natijasida yangi «papirologiya» faniga asos solindi. Yunon jamiyatiga papirusning kirib kelishi Misr tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Qadimgi mashhur yunon lirik shoirlari Alkey, Sapfo, Korin, Pindar, Vakximida va mashhur fojiana- 326 vislar Sofokl, Esxil, Evripid hamda mashhur hajviy asarlar mu- allifi Menandrlar o‘z asarlarini papirusga yozishgan. Papirusga ko‘chirilgan eng yirik asar Arastuning «Afina politiyasi» asaridir. Keyinchalik qog‘oz paydo bo‘lgach, papiruslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Ularni faqat hukmdor saroyidagi arxivlardan topish mumkin. Kritdan eng qadimgi A chiziqli yozuv topilgan. Keyinchalik yunonlar bu yozuvni o‘z tillariga moslashtirganlar (B chiziq- li yozuv). Bu yozuvni 1953-yilda ingliz olimlari M.Ventris va J.Chedvik o‘qidi. Matnlar xo‘jalik hisobotlaridan iborat. Mil. avv. VIII asrda yunonlar finikiya yozuvini o‘zlashtirib, 24 belgi alfavitli yozuvni yaratdilar. Mil.avv. VIII asrdagi qadimgi yunon yozuvi yodgorliklari Afina, Itaka va Liginadan, mil.avv. VII asrga tegishli yozuvlar Fera, Melos orollari va Egey dengizining janu- biy qismidan topilgan. Yunonlarning to‘liq shakllangan klassik alfaviti mil.avv. 403-yilga kelib 24 harfda (17 unli, 7 undosh harf) shakllanib bo‘ldi. Keyinchalik Vizantiya ham shu yozuv- dan foydalandi. Memuar asarlar. Polislarning yemirilishigacha yunonlar tarix va adabiyotga oid asarlarni ko‘pincha memuar shaklda yozish- gan. Mil.avv. IV asrdagi eng yirik memuar asar Ksenofontga tegishli. U asosan harbiy sohaga oid ma’lumotlarni beradi. El- linizm davrida memuar va tarjimayi hol ko‘rinishidagi asarlar yozish odat tusiga kirdi. Ellin davri siyosatchilaridan Pirra va Arata eng yirik tarixiy asarlar muallifi hisoblanadilar. Ular «Axey ittifoqi» to‘g‘risida keng ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. Xatlar. Antik jamiyatda xatlar muhim o‘rin tutgan. Ular ikki xil shaklda yozilgan: ochiq va yopiq. Platon, Isokrat va Sallyus- tiylar yozgan ochiq xatlarida falsafiy muammolar haqida fikr yuritilgan. Yopiq xatlar davlat ahamiyatiga molik xatlar bo‘lib, maxsus kishilar nomidan yozilgan. Ularda asosan siyosiy va maxfiy ma’lumotlar yozilgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling