Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

5. Ta’lim va fan. Rimda ta’limning birinchi bosqichi maktab 
edi. Maktablar xususiy bo‘lib, davlat ta’lim jarayoniga aralash-
mas edi. Maktabda ishi yurishmagan, kelib chiqishi noma’lum 
bo‘lgan kimsalar ham dars bergan. Boshlang‘ich maktabda 
7-12 yoshli bolalar o‘qish-yozish, og‘zaki sanashga o‘rgatilar, 
o‘qish faqat bir semestrni tashkil etgan. Keyingi o‘qish pullik 
edi. O‘rta maktabda olimlar, yozuvchi va adabiy tanqidchilar 
(ko‘pincha ozod bo‘lgan qul – yunonlar) grammatikani o‘qitar 
edilar. Boy oilalarda bolaga 7 yoshidan yollangan qul-pedagog 
dars bergan. O‘smirlar 12-16 yoshda grammatika va adabiyotni 
o‘qitadigan maktabga borganlar. Bundan tashqari logika, arif-
metika, geometriya, astronomiya fanlari va musiqaning ayrim 
unsurlarini o‘rganganlar. 16 yoshdan o‘smirlar notiqlik san’ati 
bo‘yicha notiq o‘qituvchilardan saboq olganlar. Notiqlik san’ati 
taniqli huquqshunosning rim huquqidan mashg‘ulotlari bilan 
to‘ldirilgan. Imperiya davrida o‘qituvchilar, ayniqsa, notiq-ritor-
lar professor deb aytilgan. Rimlik notiqlik o‘qituvchisi Kvinti-
lian (milodiy I asr) birinchi professor bo‘lgan va 68-yildan davlat 
ish haqi to‘lagan. O‘rta asrlarda professor unvoni universitet 
o‘qituvchilari – doktor, magistrlarga oliy malaka unvoni sifatida 
berilgan. 
Antik davrda notiqlik maktablari mashhur bo‘lib, 15-16 yosh-
li qobiliyatli o‘quvchilar notiqlik san’atini o‘zlashtirganlar. Im-
periya davrida siyosiy notiqlarga o‘rin qolmagani uchun notiq-
lik maktablari faxrli va daromadli kasb bo‘lgan advokatlarni 
tayyorladi. Rim imperiyasining madaniy markazlari Rim, Alek-
sandriya, Pergam, Rodos, Afina va Massiliya shaharlari edi. 
Bu shaharlarda kutubxonalar, teatrlar va maktablar mavjud 
edi. Har bir shaharning o‘z madaniy muhiti bo‘lib, Rim shahri 
madaniyati inshootlariga taqlid qilinib, hashamli jamoa in-
shootlari barpo qilingan. 
Tabiiy fanlar rivojlanib, qator ilmiy asarlar yozildi. Texnik 
bilimlarning nazariy asoslari yaratildi. Vitruviyning 10 jildli 
«Arxitektura to‘g‘risida», Sekst Yuliy Frontinning «Akveduklar 
to‘g‘risida», Aleksandryalik Geronning «Mexanika» asarlari-
da texnika sohasining nazariy asoslari tavsiflandi. Tiniq shi-
sha kashf etilib, shishasozlik sohasi rivojlandi. Binolarni isi-
tish tizimi yaratildi. Qurilishda sement kashf qilinib, qishloq 


583
xo‘jaligida suv tegirmonlari, vintli press va hosilni o‘radigan 
mexanizm ixtiro qilindi. Strabonning 17 jildli «Geografiya»si, 
Pomponiy Melaning
 «Yer tuzilishi to‘g‘risida» nomli 3 jildli kito-
bi, Klavdiy Ptolemeyning «Geografiya bo‘yicha yo‘riqnoma» nom-
li 8 jildli asari, Kvintilinning «Notiqni o‘qitish» 12 jildli notiqlik 
nazariyasi to‘plami, Kolumellaning astronomiya bo‘yicha «Qish-
loq xo‘jaligi to‘g‘risida» nomli 12 jildli asarlari fan taraqqiyoti-
ning katta yutuqlari edi. I asr o‘rtalarida Katta Pliniy (24–79-yil-
lar) o‘zining 37 jildli «Tabiatshunoslik» asarini yozdi. Bu asar 
ensiklopedik mazmunda bo‘lib, fizika, geografiya, botanika
zoologiya, mineralogiya va boshqa fanlar bo‘yicha ma’lumotlar 
beradi. Fiziolog Klavdiy Galen (129–199-yillar) va akusher ham-
da pediatr Soran shuhrat qozondilar. Avl Korneliy Sels

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling