Urazimbetova sh o‘quvchilarni aruz she’riy tizimidagi


Download 279.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana13.11.2023
Hajmi279.75 Kb.
#1769435
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
urazimbetova shoxista o\'quvchilarni aruz sheriy tizimidagi asarlarni ifodali o\'qishga o\'rgatish bmi

 
 
 
Ko‘zung Kashmir jodusig‘a ustod. 
Birinchi mirsa tarkibidagi “ko’rk”ning “k” harfi vasl hodisasi tufayli “ich” 
ga qo‘shilib talaffuz qilinadi. Ta’kidlab ko‘rsatilayotgan harflar bilan bitilgan 
bo‘g‘inlar esa vazn taqozosiga ko‘ra o‘ta cho‘ziq sanalib, bir cho‘ziq va bir 
qisqa hijo sifatida talaffuz etiladi. 
Sakkizinchi sinfda Xorazmiy “Muhabbatnoma”sidan keyin Lutfiy 
g‘azallari va tuyuqlarini o‘rganish ko‘zda tutilgan bo‘lib mazkur mavzuga 
bag‘ishlangan adabiyot sabog‘ini quyidagicha tashkil etish mumkin: 
Mavzu: Lutfiy. G‘azal matni ustida ishlash 
I. Ilmiy maqsad: Mavlono Lutfiyning “Holiyokim…” deb boshlanuvchi
g‘azali matni ustida ishlab, tahlil qila olish malakasini hosil qilish. 
II. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda mumtoz adabiyotga muhabbat
uyg‘otish. 
III. Rivojlantiruvchi maqsad: Matn ustida ishlash, g‘azal o‘qiy olish,
nazariy bilimlarni matn tahliliga joriy etishni bilim darajasidan avval
ko‘nikma, so‘ng malaka darajasiga yetkazish. 
Darsning borishi: 
I.
Kirish qismi: 
1)Tashkiliy qism; 
2)Takroriy qism. 
Dars jihozi: multimedia, ekran, ekranda Lutfiy portreti. Xattaxtada
o‘quvchilar tomonidan ishlangan Mavlono Lutfiy surati, test savollari. 
Dars o‘qituvchining kirish so‘zi bilan ochiladi: 
... Biz o‘tgan darslarimizda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”
dostoni bilan tanishgan edik. Kuni kecha Lutfiy ijodi bilan tanishishni
boshladik. Siz uning g‘azallari bilan tanishdingiz. Hozir siz sevib
tinglaydigan “Sensan sevarim...” qo‘shig‘ini tinglaysiz. Shu qo‘shiq yangrab
bo‘lguncha siz test topshiriqlarini bajarasiz. 


42
O‘quvchilar qo‘shiq tugaguncha testlarni ishlaydilar. Test kaliti
ekranda ko‘rsatiladi. O‘zlarini o‘zlari baholaydilar. 

Download 279.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling