44
G‘azal matni ustida ishlash jarayonida o‘quvchi she’rning ham
texnik tomonini, ham mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganadi. So‘zning
ma’nosiga e’tibor
qaratadi, she’rning latofatini his qilish orqali ma’naviy
barkamollikka intiladi.
III.Mustahkamlash: “Muqobillarning eng maqbuli” topshirig‘i
bajariladi. Bunda Lutfiy g‘azallaridan 3 ta bayt saralanadi. Baytlardan 1
tadan so‘z tushiriladi. Matnda esa mos keluvchi (ham mazmunan, ham
shaklan) so‘z qo‘yilishi kerak. Zarur so‘z muqobillari bilan berilgan.
IV.Uyga vazifa: Lutfiyning ushbu g‘azalini yodlash.
V.Baholash va darsni yakunlash.
Ko‘rinadiki, maktab darsliklarining 5-sinfidan boshlab o‘quvchilar aruz
vazni va unda yozilgan adabiyot namunalarini o‘qib o‘rganadilar.
Nazariy
tushunchalarning berilishi esa mavzu bilan bog‘liq ravishda,
tahlillar davomida
o‘rgatib boriladi. Demak, adabiyot oqituvchisi har bir sinfda aruz vazni bilan
bog‘liq nazariy tushunchalarni o‘quvchilarning yosh xususiyatiga mos ravishda
matn ustida ishlash jarayonida vazn bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlarni ham
o‘rgatib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: