Asosiy xulosalar.
O‘zbekiston MDH mamlakatlari ichida birinchilar qatorida iqtisodiy o‘sish fazasiga o‘tdi O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlarining makroiqtisodiy dinamikaga ta’sirini tahlil qilish o‘tish jarayonidagi milliy iqtisodiyotini rivojlanishni 3 bosqichini ajratib ko‘rsatadi.
Halqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonga nisbatan ishonch oshdi. Bozor islohotlarining O‘zbekistondagi yana bir xususiyati shundaki, iqtisodiy javhalarda davlatning ahamiyati saqlanib qolingan. Bunga ko‘ra YAIM dinamikasiga talab omili ta’sir qilgan. Bundan hulosa sifatida aholi daromadlari oshishining noinflyasion o‘sishga zarurat, mehnat unumdorligi va xususiy sektorni rivojlanishiga imkon yaratdi. Investitsion faoliyatning iqtisodiy o‘sish omili sifatida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Bank sektori va to‘lovning mustahkamlanishiga doir chora-tadbirlar ikki-uch yil ichida o‘zining ijobiy natijasini berdi. Natijalardan shuni ma’lum bo‘ladiki, YAIMning 4/5 qismining o‘sishiga 1997-yildan boshlab qishloq xo‘jalligida qo‘shilgan qiymatning oshishi xizmat ko‘rsatishda va sof egri soliqlarning oshishi hisobiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiy o‘sish dinamikasiga foydalanilgan resurslar tarkibidagi siljishlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Respublikaning YAIMda energiya sig‘imi qisqardi Iqtisodiyotni samarali ishlashini baholashda iqtisodiy o‘sishni harakatga keltiruvchi kuch bu texnika progressidir. Samaradorlik omili O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida asosiy rolni egallay boshladi.
Prognozlanayotgan davrda aholini real daromadlarini o‘sishi iste’mol qilinayotgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga asos bo‘ladi, bu esa tahlil etilayotgan tarmoqlarda sanoat mahsulotini o‘sishini ta’minlab, jamg‘armaga bo‘lgan ichki talabni qanoatlantirishni o‘sishini prognozlashga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |