Urbanizatsiya odamlar o'rtasida muloqot o‘matish uchun qulay hisoblangan hayot turmush tarzini shakllantiradi, ‘ kasbiy yo‘nalishni o‘zgartiradi, aholining ijtimoiy faoliyatini keskin oshiradi
Download 0.84 Mb.
|
Yaxshilab o\'qing
16.2. O‘zbekistonda o‘sish va urbanizatsiya Urbanizatsiya jarayonining O‘zbekistondagi holati XX asming ikkinchi yarmida deyarli kam o‘zgardi. Urbanizatsiyaning umumiy darajasi yangi asrgacha boigan davrda 36,5-37,5 foiz o‘rtasida saqlanib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009-yildagi 66-son qaroriga binoan respublikada qator qishloq fuqarolari yig‘inlari va katta qishloqlar shaharchalar qatoriga o‘tkazildi. Buning natijasida shaharchalar soni 113 tadan 1085 taga yetkazildi yoki 972 taga ko‘paytirildi. Urbanizatsiya darajasi 2009-yilda 51,6 foizni tashkil etdi. Keyinchalik ushbu ko‘rsatkich qisqarib 2017-yilda 50,6 foizga tushib koldi. Bir qaraganda O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasi talab darajasiga yetganday boiib tuyuladi. Biz urbanizatsiyaga bergan ta’rifimizning birinchi qismida shaharlar soni va shahar axolisining o‘sishi deb ta’kidlagan edik. Xaqiqatan ham shunday bo‘lyapti, lekin ta’rifhing ikkinchi qismi bajarilgani yo‘q. Shahar aholisining ulushi 50,6 foizga yetgan bo‘lsa ham, 972 ta aholi punkti shaharchalar sonini 1085 taga yetishini ta’minlagan bo‘lsa ham, aholi punktlarining ichida bitta ham «urbanizatsiya eltuvchi» shahar vujudga kelmadi. Yangi aholi punktlarining barchasi shaharchalar qatoriga qo‘shildi. Shaharlar soni esa chorak asr oldin qancha bo‘lsa, shunchaligicha (119) qoldi. Urbanizatsiya odamlar o'rtasida muloqot o‘matish uchun qulay hisoblangan hayot turmush tarzini shakllantiradi, ‘ kasbiy yo‘nalishni o‘zgartiradi, aholining ijtimoiy faoliyatini keskin oshiradi. O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonining hozirgi holatini yana ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g‘risida»gi PF-5623-son farmoni yurtimizdagi urbanizatsiya jarayonlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Farmonda mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarining birinchi yunalishi sifatida mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, kam va o‘rta daromadli oilalar uchun arzonlashtirilgan turar joylami qurishga yo‘naltirilgan investitsiyalami qo‘llab-quvvatlash belgilandi. Farmon-ning yana bir muhim jihati, oxirgi yillarda qishloq joylarda yashayotgan aholining shaharlarga ko‘chishiga bo‘lgan ma’muriy to‘siqlami bartaraf etishga qaratilganligidir. Farmonda mamlakati mizda urbanizatsiya jarayoni rivojlanishini ta’minlash bilan aloqador masalalaming deyarli barchasi o‘zining yechimini topmoqda. Shu bilan birga shaharlaming hududiy tashkil etilganligi, hududiy tarkibi ulaming samarali faoliyat kursatishini ko‘p jixatdan belgilab beradi. Shaharlar sonining ko'payib, urbanizatsiya jarayonining chuqurlashishi ulaming ichida katta va yirik shaharlar soni va ulushining o‘sishi bilan bog‘langan. Bunday shaharlar urbanizatsiya jarayoni rivojlanishini belgilab berishi bilan birga atrof-muhitning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida «o‘sish qutblari» vazifasini ham bajaradi. Bu o‘rinda yirik rus shaharshunos olimi G.M.Lapponing quyidagi so‘zlari o‘rinlidir: «Shaharlar xududining iqtisodiy karkasi, aholi punktlari tizimida rahbar, qo‘mondon bo‘lib xizmat qiladi. Eng muhimi yakka shahar emas, balki shahar aglomeratsiyalarining atrof-muhit bilan o‘zaro aloqadorligi uning bajarayotgan vazifalarini ham, unda yashayotgan odamlaming yurish-turishiga ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar u «urbanizatsiya eltuvchi» hisoblansa, ta’sir samaradorligi yana ham oshadi, kuchayadi. Chunki unda mamlakat iqtisodiy salohiyatining katta qismi to‘planganligi sababli, uni «rivojlanish qutbi» deb ham atash mumkin. Bir qaraganda poytaxt mintaqasiga xos ko‘rsatkichlar unchalik katta emasdek tuyuladi. Aslida urbanizatsiya jarayonida miqdor emas, balki sifat, yana ham aniqroq qilib aytganda «shahar turmush tarzi»ni eltuvchi katta va yirik shaharlaming mavjudligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bunday shaharlar esa Toshkent mintaqasida ancha serob. Mazkur holat yuqorida ta’kidlangan fikrlarimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Urbanizatsiya agentligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2019-yilning 13-avgust kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiy lashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining muhim ahamiyatga ega. Ushbu qonunning maqsadi xususiy mulk institutini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining investitsion imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Agentlik 120 ta shahar, 1070 shahar tipidagi posyolka va 11 mingta qishloq aholi punkti tabiiy-iqtisodiy salohiyatini aniqlash, tizimli urbanizatsiya jarayoni amalga oshirilishini, yangi sanoat korxonalarining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari bilan kompleks joylashtirishni hisobga olgan holda o‘rta muddatli davrda yo‘ldosh-shaharlarga aylantiriladigan aholi punktlari ro‘yxatini shakllantirish maqsadida xatlovdan o‘tkazildi. Guliston, Yangiyer, G‘ijduvon, Qorako‘1, Kogon shaharlari, Xovos va Marhamat tumanlari markazlarini rivojlantirish, Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Shirin, Zarafshon, G‘ozg‘on, Sharg‘un shaharlari maqomini o‘zgartirish, Yangiyo‘l, Toshkent, Namangan shaharlariga tutash hududlar chegaralarini qo‘shish orqali ularning chegaralarini kengaytirish, Samarqand va Jizzax viloyatlarida sanoat klasterlarini tashkil qilish, ijtimoiy infratuzilma qurilishi va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. 0‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasining asosiy maqsadi shaharlar va shahar aglomeratsiyalarini kompleks rivojlantirish hisobiga barqaror iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini ta’minlashdir. Bugungi kunda respublika bo‘yicha ichimlik suvi ta’minoti 64,4 foiz, kanalizatsiya tizimi 17 foiz, shaharlarda issiq suv ta’minoti 25 foiz va isitish tizimi 20 foizni tashkil etadi. Konsepsivada ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiyalari, yo‘l-transport mfratuzilmalarini rivojlantirish, shahar aholisini markaz lashgan suv va gaz bilan ta’minlashni 90 foizga, kanalizatsiya tizimini 68,9 foizga, jon boshiga o‘rtacha uy-joy bilan ta’minlanganlikni hozirgi yo‘l qo‘yilayotgan sanitar me’yorlardagi 16 metr kvadratdan 20 metr kvadratga, aholini oliy ta’lim bilan qamrovini 50 foizga yetkazish kabi ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilgan mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling