Urbanizatsiya odamlar o'rtasida muloqot o‘matish uchun qulay hisoblangan hayot turmush tarzini shakllantiradi, ‘ kasbiy yo‘nalishni o‘zgartiradi, aholining ijtimoiy faoliyatini keskin oshiradi


Migratsiyaning demografik nazariyasi


Download 0.84 Mb.
bet9/22
Sana07.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1174887
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Yaxshilab o\'qing

Migratsiyaning demografik nazariyasi sotsiolog D. Messi nomi bilan bogiiq. Uning migratsiyaning tarmoq (sintetik) nazariyasi nomini olgan g‘oyasi asosini iqtisodiy bozoming, ijtimoiy va siyosiy integratsiyaning globallashuvi, buning oqibatida mehnat bozorining globallashuvi tashkil etadi. Uning fikricha, xalqaro migratsiyaga taalluqli bo‘lgan joriy jarayonlar bir yo‘la bir necha darajada amal qilishi mumkin. Xalqaro migratsiya, D. Messining hisoblashicha, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar natijasida paydo boiadi va rejali iqtisodiyot amal qiladigan hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda kapitalistik munosabatlaming ustunlik qilishiga olib keladi. Umumiy bozor va kapitalistik munosabatlarga global o‘tish natija-sida an’anaviy iqtisodiy va ijtimoiy aloqalar uziladi, bu odamlami o‘z odatiy turmush tarzidan siqib chiqaradi va iqtisodiy boyishning yangi yoilarini izlashga majbur qiladi. Shuning uchun migratsiya oqimlari zich joylashgan mintaqalarda emas, balki bozor transformatsiyasi sodir boiayotgan va uning global iqtisodiyotga qo‘shilayotgan joylarda paydo boiadi. Ya’ni “migratsiya bozoming kamchiligi emas, aksincha, uning o'zgarishi natijasidir”.

Yuqorida qayd qilingan nazariyalar bilan birga 1960-yillarda E. Li tomonidan ishlab chiqilgan migratsiyaning ekonometrik modeli ham mavjud. Uni Lining jalb etuvchi va turtib chiqaruvchi omillari, deb ham nomlangan.



  1. Ushbu modelga muvofiq har bir hududda jalb etuvchi va turtib chiqaruvchi, ko'chib kelish va ko‘chib ketishga sabab bo‘ladigan migratsiyaning turli omillari guruhi amal etadi. Bunda ulaming ayrimlari ko‘pchilik odamlarga, boshqalari faqat alohida shaxslarga ta’sir ko‘rsatadi.

  2. E. Li birinchi bo‘lib migratsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan omillami aniqlab berdi. Turtib chiqaruvchi omillarga iqtisodiy (ishsizlik, daromad darajasining pastligi, soliq darajasining yuqoriligi), ijtimoiy va siyosiy (kambag‘allik, kamsitish, vijdon va e’tiqod erkinligining cheklanishi, urushlar) xususiyatga ega ayrim omillar, noqulay tabiiy va ob-havo sharoitlari va boshqalar taalluqli boiishi mumkin.


  3. Jalb etuvchi omillarga iqtisodiy rivojlanish, daromadlar darajasining yuqoriligi, xavfsizlik, mehnat bozorida (shu jumla-dan, ayniqsa noqonuniy muhojirlar uchun muhim hisoblangan norasmiy sektorda) ish topish imkoniyati va boshqalar kiradi.


Migratsiya jarayonlariga jalb etuvchi va turtib chiqaruvchi omillar bilan birga oraliq omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Oraliq omillari hududlar o‘rtasidagi masofa uzoqlashishi bilan ortadi va migratsiya oqimlariga to‘siq vazifasini o‘tashi mumkin. Ularga transport xarajatlari, migratsiya jarayonlarini tartibga soladigan qonun hujjatlari, ko‘chib boorish moijallanayotgan hudud to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligi va boshqalar kiradi.
E. Li migratsiya saralash xususiyatiga ega ekanligini ta’kidlar ekan, bir xil omillar turli odamlarga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga e’tibor qaratadi. U jalb etuvchi omillar yuqori ma’lumotga ega shaxslarga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishini uqtiradi. Ular yashab kelayotgan joylarida muayyan mavqega ega boiishlariga qaramay, boshqa mintaqada yanada manfaatliroq taklif olishlari mumkmligini biladi. Shuning uchun yuqori harakatchanlik yuqori malakali xodimlarga xos, ular migratsiya natijasida o‘z qobiliyatlarini to‘Jaroq namoyon etish va ko‘proq daromad topishlariga ishonadi. Past malakali shaxslarga esa, aksincha, turtib chiqaruvchi omillar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi122.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling