II.Amaliy topshiriq
Quyidagi o‘zlashtirma gaplarni ko‘chirma gaplarga aylantiring va tinish belgilarini qo‘ying.
1. Nashr xizmatchisidan bu yaqin orada qaerda hammom borligini so‘radi.(G‘.G‘.) 2. U Fotima yoniga hech bormasligini, agar adasi kelib qolsa ham hech berib yubormaslikni qayta-qayta aytardi.(Mirm.) 3. Vazira dugonalari bilan Arslonbobga borganini, o‘ttiz metrli shovvani borib ko‘rganini, tog‘dan yovvoyi jambil terganini entikib-entikib gapirardi.(S.Ahm.) 4. Me’mor Zavrakdan korfarmo Ahmad Chalabiyga ham bu gapni ma’lum qilishini, o‘zining bunda kelolmasligini, evini topsa, Arkka kirib chiqajagini aytdi.(Mirm.) 5. Gulchiroy bugun bir neft fontani otilib chiqqanini sevinch bilan xabar qildi.(J.Abd.) 6. Qudrat Shaytonjarga borgani, obodonliklar bilan uchrashganini so‘zlab berdi.(J.Abd.) 7. Navoiy bugun kechga yaqin uni olib kelishni iltimos qildi.(O.) 8. U gulday nafis bir qizga oshiq bo‘lib, ertayu kech ostonasidan ketmaganini, hijron sitamiga chidayolmay yum-yum yig‘laganlarini, oxiri o‘sha qiz boshqaga erga chiqib ketib, o‘zi Majnunday kuyib-yonganini aytib berdi.(J.Abd.)
Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU 3-kurs BT va STI yo‘nalishi sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan oraliq nazorat savollari
25-variant
I.Nazariy savollar
1. Undov belgisi va tirening qo‘llanish o‘rinlari.
2. O`zbek bolalar adabiyoti va rus bolalar adabiyoti mushtarakligi.
II. Amaliy topshiriq
Quyidagi o‘zlashtirma gaplarni ko‘chirma gaplarga aylantirib yozing va tinish belgilarini qo‘ying.
1. Kampir qishloqdan zakot undirgali ketganini aytib, uning otini xashakka qo‘yishni buyurdi.(O.) 2. Kuzda ekinlar yig‘ilgandan so‘ng, xo‘jasidan haqini olib Hirotga tushajagini, o‘zi va Dildor uchun kiyimliklar olajagini so‘zladi.(O.)
3. Vazira dugonalari bilan Arslonbobga borganini, o‘ttiz metrli shovvani borib ko‘rganini, tog‘dan yovvoyi jambil terganini entikib-entikib gapirardi.(S.Ahm.) 4. Me’mor Zavrakdan korfarmo Ahmad Chalabiyga ham bu gapni ma’lum qilishini, o‘zining bunda kelolmasligini, evini topsa, Arkka kirib chiqajagini aytdi.(Mirm.) 5. Gulchiroy bugun bir neft fontani otilib chiqqanini sevinch bilan xabar qildi.(J.Abd.) 6. Qudrat Shaytonjarga borgani, obodonliklar bilan uchrashganini so‘zlab berdi.(J.Abd.) 7. Navoiy bugun kechga yaqin uni olib kelishni iltimos qildi.(O.) 8. U gulday nafis bir qizga oshiq bo‘lib, ertayu kech ostonasidan ketmaganini, hijron sitamiga chidayolmay yum-yum yig‘laganlarini, oxiri o‘sha qiz boshqaga erga chiqib ketib, o‘zi Majnunday kuyib-yonganini aytib berdi.(J.Abd.)
Do'stlaringiz bilan baham: |