Jinoyat kodeksining 11-moddasida ifodalangan hududiylik prinsipi shuni anglatadiki, bu prinsip davlat hokimiyatining suverinitetidan kelib chiqadi va uning huquqda, xususan jinoyat huquqida ifodalanishi hisoblanadi. Davlat suvereniteti va hududiylik prinsipi davlat hokimiyatining muayayn hudud doirasida chegaralanganligi va uning qonunlari ushbu hududdagina amal qilishini anglatadi Jinoyat kodeksi 12-moddasi 3-qismida jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi universallik prinsipiga asoslanishini belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina O‘zbekiton Respublikasi Jinoyat kodeksi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishining universallik prinsipi xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash zaruratidan kelib chiqqan bo‘lib, uning mazmuni shundan iboratki, xar bir davlat uning hududida xalqaro bitimlarda ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan chet el fuqarolariga nisbatan o‘z jinoyat qonunini qo‘llash huquqiga egadir. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |