Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


Download 2.14 Mb.
bet108/138
Sana17.06.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1551527
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138
Bog'liq
M.t.t et.Majmua-2022

Ma’lumot –ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Metod - (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “yo‘l” degan ma’noni anglatadi) maqsadga erishish yo‘lini bildiradi.
Metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
Mimika (yunon. “mimikos” – “taqlidiy”) – yuz muskullari harakatlari orqali shaxsning o‘z fikri, his-tuyg‘ulari, kayfiyati hamda mavjud voqelikka munosabatini ifodalashi
Modul – bu fanning bir yoki bir necha tushunchalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, ishlab chiqilgan prinsiplar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o‘quv materialidir.
Modulli o‘qitish – xalqaro tushuncha – modul bilan bog‘liq bo‘lib («modul», lotincha modulus), uning bitta ma’nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi.
Muloqot – 1) kishilarning o‘zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari kishilar o‘rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni;
2) kishilarning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishi asosida ular o‘rtasida ro‘y beradigan axborot almashinuvi
Nazariy bilim – empirik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa va hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni nazarda tutadi.
Natija – dars mashg‘ulotlari jarayonida rejalashtirilgan xulosaga kelingan va ta’limning ma’lum muayyan jarayonidan olingan yakuniy natijasidir.
Natijalar (mahsullar)–o‘quv jarayonining so‘nggi natijasi, belgilangan maqsadlarni amalga oshganlik darajasi.
Nutqiy qobiliyat- ixcham, ma’noli, oxangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo‘lgan nutq.
Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati- o‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql- farosatli, mustahkam irodasi bilan obro‘ orttirish uquvchanligi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling