Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


Download 2.14 Mb.
bet104/138
Sana17.06.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1551527
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138
Bog'liq
M.t.t et.Majmua-2022

GLOSSARIY
Avtoritar texnologiya - pedagog yagona sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi, ta’lim oluvchilar esa faqatgina “ob’ekt” vazifasini bajaradi.
Adaptatsiya – ta’lim jarayonini ta’lim oluvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish.
Akademik qobiliyat - barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik.
Baholash – o‘rganilgan materialni konkret maqsad uchun baholash ko‘nikmasini anglatadi.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilimlar bazasi – muayyan bir soha (yo‘nalish, fan, bob, bo‘lim, mavzu, tushuncha va shu kabilar) bo‘yicha to‘plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan bilimlar majmui.
Bilimlar banki – bu ma’lumotlar majmualarini bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmui.
Bilish – o‘rganilgan materialni konkret faktordan boshlab butun bir nazariyagacha esda saqlash va qayta tiklashni anglatadi.
Bilish qobiliyati – pedagogning ta’lim jarayonining ishtirokchilari – ta’lim oluvchilar, ota-onalar, hamkasblar va ta’lim muassasasining rahbarlari bilan oson muloqotga kirishish, ular bilan munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan individual psixologik xususiyat
Dastur–o‘quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi me’yoriy hujjatdir.
Didaktik qobiliyat - bu oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni ta’lim oluvchilarga tushuntira olish.
Didaktika - yunoncha “didacticos” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘rgatish”, “o‘qitish” degan ma’nolarni bildiradi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling