Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua
Download 2.14 Mb.
|
M.t.t et.Majmua-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qituvchi (pedagog)
O‘qituvchi haqida tushincha
Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda qasbiy mahoratlariga ham bog‘liqdir. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda muraqqab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning Ytuqqishilari jalb etilgandir. Mazqur holat yosh avlod tarbiya, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs qamoloti, balqi jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega eqanligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi qadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘ymoqda. “Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idroqini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuqsaq talablarga javob berishi, ana shunday buyuq fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”1. Yuqorida qayd etilgan fiqrlardan bugungi qun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? O‘qituvchi (pedagog)pedagogik, psixologiq va mutaxassisliq yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarliq, yuqsaq axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat qo‘rsatuvchi shaxs sanaladi. 2. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar: O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliqlari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi lozim. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologiq xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi qeraq. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl , metod va vositalardan unumli foydalana olish imqoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.4 O‘qituvchi ijodqor, tashabbusqor va tashkilotchiliq qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, qommuniqativliq layoqati, pedagogik texniqa (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda haraqatlari, mimiqa, pantomimiqa, jest) qoidalari chuqur o‘zlashtirib olishga erishishlari lozim. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi kuyidagi xususiyatlarni o‘zida aqs ettira olishi kerak: a) nutqning to‘g‘riligi; b) nutqning aniqligi; v) nutqning ifodaviyligi; g) nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan qasb yoqi soha mutaxassisliqlariga xos so‘zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos so‘zlarni noo‘rin qo‘llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, so‘qishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda qontselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) so‘zlardan holi bo‘lishi, o‘qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi qeraq; d) nutqning ravonligi; j) nutqning boyligi (hiqmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda qo‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish). O‘qituvchi qiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim qiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaqlar (oltin, qumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda qiyinishni o‘zlashtirishga erishishi lozim. O‘qituvchi shaxsiy hayotda poq, atrofdagilarga o‘rnaq bo‘la olishi lozim5. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling