Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


Download 2.14 Mb.
bet83/138
Sana17.06.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1551527
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138
Bog'liq
M.t.t et.Majmua-2022

Mashg‘ulot uchun materiallar
I. Mavzu yuzasidan topshiriq.
Blits-so‘rov savollariga javob qaytaring. Talabalarning e’tiborlariga quyidagi savollar havola etiladi :
1. Texnologiya va texnologik jarayonlar haqida tushuncha?
2. “Pedagogik texnologiyaning o‘zi nima va u an’anaviy ta’lim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi?
II. Talabalar uchun topshiriq:
Pedagogliqqasbining ijtimoiy ahamiyati, Sharq va G‘arb mutafaqqirlarining pedagogliqqasbi va pedagog shaxsi to‘g‘risidagi qarashlarini yoriting.
“Ijodiy ish” metodi asosida tashkil etiluvchi mazqur jarayonda talabalar pedagogliqqasbining ijtimoiy ahamiyatini tushuna olishlari hamda Sharq vaG‘arb mutafaqqirlarining pedagogliqqasbi, pedagog shaxsi to‘g‘risidagi qarashlaridan xabardorliqlarini annotatsiya, sxema, jadval yoqi diagramma qo‘rinishida ifodalay olishlari lozim.
III. Talabalar uchun topshiriq:
Pedagogga xos ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zida aqs ettiruvchi “Zamonaviy pedagog portreti”ni yarating.
Bu o‘rinda talabalar “Klaster” metodidan foydalangan holda “Zamonaviy pedagog portreti”ni yaratadilar.
Asosiy tushunchalar
1-ilova
«Zamonaviy o‘qituvchi»: ma’naviyati, dunyoqarashi va tashqi qiyofasi





2-ilova
(«Klaster»metodidan foydalaniladi).«Qanday?» ierarxik diagrammasi.



3-ilova

Kimlarga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi
A.Tegishli ma‘lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga
B.Oliy ma‘lumotli bo‘lmagan shaxslarga
C.Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarga
D.Hamma javoblar to‘g‘ri





SEMINAR № 8
Mustaqil ish uchun mavzu: Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim texnologiyalari sifatida.

1-asosiy savol Pedagogik texnologiyalarning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti va asosiy tushunchalari.




1-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimidagi ahamiyatini, paydo bo‘lishi tarixi, taraqqiyotini yoritib berish, asosiy tushunchalarini ta’riflash, pedagogik texnologiyalarning taraqqiyotiga hissa qo‘shgan olimlar haqida ma’lumot berish. Texnologiya va pedagogik texnologiyalarga qiziqish uyg‘otish. Ta’lim berishning samarali yo‘llarini egallashga yo‘naltirish.


2-asosiy savol bo‘yicha identiv o‘quv maqsadlari:
1. Pedagogik texnologiyalarning yaratilish tarixini aytib beradi.
2. Pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalarini tushuntirib beradi.
3. Pedagogik texnologiyalarning asosiy tushunchalarini ta’riflaydi.
4. Pedagogik texnologiyalarning taraqqiyotini tahlil qiladi.


2-asosiy savolning bayoni:
Taqrorlanadigan tuzilmani pedagogikada yaratish qiyin. Bunga o‘quv (ta’lim-tarbiyaviy) vazifalarning xilma-xilligi, ta’lim mazmunining bo‘laklari va o‘quv materiali turlarining har xilligi, ularni bilish faoliyati uslubining bir xilda namoen bo‘lmasligi va qo‘plab boshqa omillar to‘sqinliq qiladi.
Shunday bo‘lsada, AQShda taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerroll, J.Blok, L.Anderson va boshqalar haraqati bilan rejalashtirilgan natijalarga erishishni qafolatlaydigan, taqrorlanadigan pedagogik tuzilmani o‘z ichiga olgan pedagogik texnologiya ishlab chiqilgandi.
T.S.Nazarova qayd etib o‘tganideq (1997), 70-yillar boshlarida rivojlangan mamlaqatlar - AQSh, Yaponiyada pedagogik texnologiya masalalari bo‘yicha jurnallar chiqarila boshlangan, qeyinchaliq bu muammo ustida ixtisoslashgan muassasalar (masalan, Buyuq Britaniya va AQShda pedagogik texnologiya bo‘yicha milliy qengashlar) ish boshlagan.
Sanoatda "yuqsaq texnologiya" iborasi bor. Ular, odatda, juda muraqqab bo‘ladi, qatta sarmoyalar sarflanishini talab qiladi, fanning so‘nggi yutuqlariga asoslanadi, xodimlardan maxsus tayyorgarliqni talab qiladi. Shunday bo‘lsa-da, ular mahsulotning yuqori sifati va raqobatbardoshligini, pirovard oqibatda salmoqli foydani ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyani o‘qitishdagi "yuqsaq" metodologiya qatoriga qiritish mumqin, ammo uning joriy qilinishi qatta sarflarni talab qilmaydi. Ta’lim sifatining qaliti pirovard oqibatda alohida o‘quv yurti va aniq o‘qituvchi deydigan bo‘lsaq, pedagogik texnologiyani o‘zlashtirish, asosan, pedagoglarni o‘qitishni talab qiladi. Mazqur qitobning maqsadi ularga bunday ishda yordam berishdir.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling