Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


Download 0.94 Mb.
bet112/141
Sana23.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1384196
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141
Bog'liq
M.t.t et.Majmua-2022 (2)

Operatsion o‘yinlartegishliish jarayoni, ularni bajarish shartsharoitini modellashtiradilar. Ular ma’lum bir o‘ziga xos operatsiyalarni: masalalar yechish, ma’lum bir usulni o‘zlashtirishga yordam beradilar.
Pantomimika – pedagog tomonidan bayon etilayotgan muayyan fikrni alohida ajratib ko‘rsatishga, ma’lum qiyofa orqali gavlantirishga imkon beradi gavda, qo‘l va oyoqlarning harakati.
Pedagogik mahorat - o‘kituvchining shaxsiy-kasbiy faoliyati natijasi umumlashmasi bo‘lib,muayyan bilim, ko‘nikma, malakalaryig‘indisidan iborat.
Pedagogik mahorat - 1) kasbiyko‘nikmalarning yuksak darajada rivojlanishi; 2) shaxsning kasbiy sifatlari,layokat kobiliyatlari majmui; 3) san’atdarajasidagi maxorat; 4) pedagogik mohirlik,san’at va bilimdonlikni ifodalovchi atama.(Pedagogik ensiklopediya 2017 y. 3 jild.)
Pedagogik taksonomiya – (grek so‘zlari «taxis» - tartib bilan joylashtirish va «nomos» - qonundan kelib chiqqan) – o‘quv maqsadlarining toifalarga va ketma-ketlik darajalarga tasniflab, o‘quv fani bo‘yicha maqsadlarining aniq tiziimni tuzish.
Pedagogik takt - (lot. “tactus” – “dahl qilish”, “dahldorlik”, “his etish”, “tuyg‘u”) pedagogning ta’lim oluvchilar bilan turli faoliyat shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan muloqotda mavjud axloqiy tamoyillar hamda hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi, ularga to‘g‘ri yondoshish malakalariga egaligi
Pedagogik tafakkurpedagogik jarayon, vaziyat va hodisalar mohiyatining, shuningdek, ular o‘rtasidagi muhim bog‘lanish va aloqalarning pedagog ongida to‘laqonli aks etishi, yangi g‘oyalarni ilgari surish, yangiliklar yaratish, shuningdek, pedagogik jarayon, vaziyat va hodisalarning natijalarini bashoratlash; pedagog aqliy faoliyatining yuksak shakli
Pedagogik texnika-pedagoglarga o‘quv faoliyatida va undan tashqari faoliyatda ham zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalar majmui hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya- ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonini inson va texnika imkoniyatlari hamda ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda yaratish, tatbiq etish va aniqlash tizimidir (YuNESKO).
Pedagogik tizim- o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi.
Pedagogik o‘yin – bu faoliyat turi vaziyatlar sharoitida, o‘qitishni aniq maqsad qilib qo‘ygan jamoatchilik tajribasini qayta tiklash va o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z-o‘zini boshqarishni takomillashtiradi va pedagogik natijalarni ro‘yobga chiqaradi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling