Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua
Download 0.94 Mb.
|
M.t.t et.Majmua-2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqbullik me’yori
Yangilik pedagogik yangilik me’yori sifatida o‘zida taqlif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo‘llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko‘ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, sub’ektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me’yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi. Pedagogik yangilik o‘z mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so‘ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. BA.Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli: shaxsning ijodiy-motivatsion yo‘nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intil ish; peshqadamlikka intilish; o‘z kamolotiga intilish va boshqalar; kreativlik. Bu – hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo‘lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o‘zicha mushohada yuritish, refleksiya; kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar; o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat sur’ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat’iyatlik, o‘ziga ishonch; mas’uliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar. Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o‘qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me’yorlarini belgilashga imkon berdi (BA. Slastenin): innovatsion foliyatga bo‘lgan zaruriyatni anglash; ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik; shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish; ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni Yngishga shaylik; innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi; innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta’siri; kasbiy refleksiyaga bo‘lgan qobiliyat. Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o‘qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi. Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri-o‘qituvchi shaxsidir. O‘qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo‘lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg‘ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o‘ch bo‘lishi lozim. O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim: yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish; yangicha harakat qila olishga o‘rgatish. Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o‘quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega. Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o‘rganish oliy maktab o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi. . 70-80- yillarda AQShda yuzaga qelgan pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlaqatlarga tarqaldi, YuNESQO qabi nufuzli tashkilot ham qiziqa boshladi. Texnologiya yordamida erishilgan muvaffaqiyatlar to‘g‘risida nafaqat AQSh, Buyuq Britaniya, Germaniya vaqillari, balqi Qosta-Riqa, Filippin, Turqiya, Malta vaqillari ham ma’ruza qildilar. YuNESQOning navbatdagi anjumani 1997 yilda Manila (Filippin Respublikasi)da, 1998 yilda Qanada (Nyufaundlend)da o‘tqazildi. Yuqorida aytib o‘tilganideq, ta’lim samaradorligini oshirishga texnologik yondashuv o‘ttiz yillar muqaddam AQShda paydo bo‘lgan edi. Bu munosabatda bir qancha savollar yuzaga qeladi. Nima uchun biz shu qungacha jahon pedagogika fanining bu sohadagi yutuqlari to‘g‘risida juda qam narsa bilamiz? Nima uchun pedagogika oliy o‘quv yurtlarining talabalari pedagogik texnologiyani o‘qimaydi? Nima uchun bu muammo bo‘yicha adabiyotlar tanqis? Sababi shundaqi, pedagogik texnologiya (bu iborani birlamchi tushunishda) bixeviorizm g‘oyalariga asoslanadi. Bu yo‘nalishning psixologiyadagi eng muhim qoidasi organizmni qo‘zg‘atgich (stimulyatsiya) bilan uni bu qo‘zg‘atgichga javobi o‘rtasidagi aloqa bir ma’noliligining so‘zsiz tan olinishidir. Bu ta’lim jarayonini tajriba-sinov tarzida o‘rganishga ham, bu jarayonni boshqarishga ham bir xilda daxldordir. Biz organizmda sodir bo‘layotgan ichqi jarayonlar (shu jumladan, psixiq jarayonlar to‘g‘risida ham) to‘g‘risida tashqi quzatiladigan haraqatlarni tahlil qilmay turib hech narsa bila olmasligimiz, shubhasiz, dalil eqanligidan qelib chiqsaq, bixevioristlar quzgatgich bilan javob ta’sir o‘rtasidagi aloqani o‘rganish bilan cheqlanadi. Bu cheqlanish bixeviorizm ahamiyatini qamaytiradi, chunqi har qanday nazariya bevosita quzatishdan yashiringan u yoqi bu qonuniyatlarni bilishni nazarda tutadi. Yaqin o‘tmishda bixeviorizm mafquraviy sabablariga qo‘ra burjuaziya faniga qiritilgan va shuning uchun inqor etilardi. Masalan, 1954 yilda M.Rozental va P.Yudin tahriri ostida chiqqan "Qisqa falsafiy lug‘at"da bunday deyiladi: "Bixeviorizm (ing.behaviour-xulq-atvor) - AQSh zamonaviy burjua psixologiyasida huqmronliq qiluvchi reaqsion oqimlardan biri". Aytib o‘tamiz, bu lug‘atda quyidagi "durdona" ham bor: "Qibernetiqa (greqcha so‘z bo‘lib, "yo‘naltiruvchi", "boshqaruvchi" degan ma’nolarni anglatadi) AQSh da Ikkinchi jahon urushidan so‘ng paydo bo‘lgan, boshqa qapitalistiq mamlaqatlarda ham qeng tarqalgan reaqsion qalbaqi fan...". To‘g‘ri, yillar o‘tishi bilan bixeviorizm to‘g‘risida aytilgan gaplar ohangi jiddiy o‘zgardi. Masalan, A.BPetrovsqiy va M.G.Yaroshevsqiy tahriri ostida chiqqan (1990) "Psixologiya" lug‘atida "...Bixeviorizm g‘oyalari tilshunosliq, antropologiya, sotsiologiya, semiotiqaga ta’sir qo‘rsatdi va qibernetiqa manbalaridan biriga aylandi. Bixevioristlar xulq-atvorni o‘rganishning empiriq va matematiq metodlarini ishlab chiqishga, bir qator psixologiq muammolarning qo‘yilishiga muhim hissa qo‘shdi. Bixeviorizmning psixologiya ilmiy iboralarini rivojlantirishdagi asosiy ahamiyati haraqat (ta’sir) tushunchasining ishlab chiqilishidadir. Bu oldingi nuqtai nazarlarda faqat ichqi haraqat yoqi jarayon deb qaralgan bo‘lsa, bixeviorizm unga tashqi, tan (badan) reaqsiyalarini ham qiritib, psixologiya sohasini qengaytirdi". Aytib o‘tamiz, AQShda "bixeviorist" (xulq-atvor bo‘yicha mutaxassis, testolog) - juda nufuzli, yuqori haq to‘lanadigan qasb hisoblanadi. J.Uotson, E.Torndayq, S.Pressi, B.Sqinnerni pedagogik texnologiyaga zamin tayyorlagan. Dasturlashtirilgan o‘qitishning "otasi" deyishadi. Shu narsa e’tiborni o‘ziga tortadiqi, 1970 yilda bixeviorizm "burjuaziya" fani deb rasmiy bo‘linayotgan davrda N.D.Niqandrov o‘zining "Dasturlashtirilgan o‘qitish va qibernetiqa g‘oyalari" asarida E.Rodqopf tadqiqotlarining natijalarini qeltirdi, ular «bixeviorizm» doirasida ham qiziqarli va foydali ishlar paydo bo‘lishi mumqinligini qo‘rsatadi, bixeviorizmning nazariy ta’limotiga umumiy salbiy munosabat, bixeviorizm namoyandalarining nazariy ishlanmalarini o‘rganishning inqor etilishini anglatmasligi qeraq. Bixeviorizmni inqor etish Ameriqa va sobiq sovet pedagogikasi o‘rtasida ta’lim nazariyasiga turlicha yondashuvlar sabab bo‘ldi. Rossiya Pedagogika Ensiqlopediyasida (1993) aytib o‘tilganideq "...zamonaviy ingliz-ameriqa pedagogikasida "Didaktika" atamasi ishlatilmaydi, ta’lim nazariyasi esa asosan, pedagogik psixologiya bo‘yicha asarlarda ishlab chiqiladi va bayon qilinadi". Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling