17. «Pedagogik texnologiya»da o‘quvchining ta’lim jarayoni qanday tuziladi?
A. Suhbat, hikoya, ma’ruza, yakka tartibda o‘qitish, kompyuterlashtirish, amaliyot bilan bog‘lash, muloqotni chuqurlashtirish, e’tiqodni shakllantirish;
B Ma’ruza, mustaqil o‘qish, audio-video texnika asosida o‘qitish, ko‘rgazmali namoyishlar orqali o‘qitish, amaliyot bilan bog‘lash, bahs-munozara, suhbat, yakka
tartibda mustaqil ishlash; S. Nazariy, amaliy, yakka tartibda, audio-video orqali o‘qitish, bahs-munozara, suhbat, erkin, mustaqil ishlash; D. Hikoya, suhbat, o‘zlashtirgan bilimlarni chuqurlashtirish, mustaqil o‘qish; Y. Yakka tartibda ishlash, bahs-munozara, texnik vositalar asosida o‘qitish, amaliyot, nazariyot.
18. «Yangi pedagogik texnologiya» tamoyillarini ko‘rsatib bering...
A. Belgilangan yakuniy natija, olingan bilimlarni qayta ishlash, yakka tartibda chuqur o‘zlashtirish, ta’lim maqsadiga erishish; B Kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi; S. +aytuvchan aloqaning mavjudligi, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatining uyg‘unligi, ta’lim maqsadining aniqligi, chuqur o‘zlashtirishning borligi, yakuniy natijalar; D.O‘zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash, yakka tartibda chuqur o‘rganish, o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi; Y. Yakuniy natijaga erishish, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, o‘zlashtirishning takomillashuvi, ta’limning samaradorligi.
19. «Pedagogik texnologiya» jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari qanday?
A. Faol, barqaror, beqaror - ijobiy; B Beqaror - ijobiy, barqaror - sust, beqaror; S. Beqaror - ijobiy, sust - ijobiy, barqaror - faol; D. Sust - salbiy, faol - ijobiy, sust; Y. Barqaror - ijobiy, faol - ijobiy, beqaror - salbiy.
20. «Pedagogik texnologiya»da shaxsni rivojlantiruvchi ta’limning o‘rni va mazmuni nimalardan iborat?
A. Inkorporatsiya, yaratuvchilik, erkinlik, mustaqillik, tabiiylikni his etish; B Moslashganlik, inkorporatsiya, yaratuvchanlik, tabiiylikni his qilish; S. Tabiiylikni his qila olishlik, mustaqillikka erisha olish, o‘qituvchi bilan muloqot qila olish, faoliyatni uyg‘unlashtirish; D. O‘qituvchi bilan hamkorlik qilish, mustaqil fikrlay olish, yaratuvchanlik; Y. Tabiiylikni sezish, moslashganlik, erkinlik, hamkorlik, yaratuvchanlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |