Urganch Davlat Pedagogika Institutu Pedagogika fakulteti Texnologik tàlim yònalishi 1 kurs sirtqi bòlim talabasi
Kesuvchi asboblarni tayyorlashda qo’llaniladigan materiallar
Download 311.92 Kb.
|
savol va ma\'ruza Umida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbobsozlik
Kesuvchi asboblarni tayyorlashda qo’llaniladigan materiallarTig’li кесувчи asboblar uchun materiallar. Kesish jarayonida asbobning kesuvchi ponasi zagotovka bilan birikishni nisbatan kichik maydonida yuqori bosim va ishqalanish kuchlari ta’siri ostida bo’ladi. Bu katta miqdorda issiqlikning ajralishi bilan ponani birikish yuzasini jadal yeyilishiga olib keladi. SHuning uchun kesuvchi materiallar quyidagi yuqori xossalarga ega bo’lishi kerak: qattiqlik ishlov beriluvchi zagotovkaning qattiqligiga nisbatan kamida 5 marotaba yuqori bo’lishi kerak; issiqlik o’tkazuvchanligi, ya’ni kesishning yuqori rejimlarida bikrligini saqlab qolish hususiyati; kesuvchi ponaning mustahkamligi, asosan egilishga (izgib); 4) yeyilishning turli ko’rinishlarida (abraziv, adgeziyali, diffuziyali va boshq.) yeyilishga chidamliligi; 5) texnologiya-viyligi (plastikligi, jilvirlanuvchanligi va boshq.). Tig’li kesuvchi asboblar uchun qo’llaniladigan barcha materiallarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: 1) asbobsozlik po’latlari; 2) tezkesar po’latlar; 3) qattiq qotishmalar; 4) mineralokeramik materallar; 5) yuqori qattiq materiallar. Asbobsozlik uglerodli po’latlar. Ushbu po’latlarda uglerodning miqdori 0,65–1,35% oralig’ida bo’ladi. Kesuvchi asboblarni tayyorlash uchun uglerodli po’latlarni quyidagi markalari qo’llaniladi: U10,U11, U12, U12A, U13. Belgilardagi U harfi po’latni uglerodli ekanligini bildiradi, raqamlar esa po’latdagi uglerodni o’nlik foizdagi miqdorini bildiradi, masalan, U10 – 0,1%. Agar belgilashning oxirida A harfi qo’yilgan bo’lsa, bu yuqori sifatli po’lat ekanligini bildiradi. Po’latlarda uglerodning miqdori qancha ko’p bo’lsa, uning qattiqligi shuncha yuqori, ya’ni termik ishlov berilganidan so’ng NRC61...65 bo’ladi, ammo po’latni mustahkamligi (prochnost) pasayadi. Uglerodli po’latlarniing issiqlik o’tkazuvchanligi uncha yuqori emas (200...250ºS), shuning uchun ularni faqat qo’l kuchli yoki kichik kesish tezligida ishlaydigan kesuvchi asboblarni tayyorlashda hamda yengil ishlov beriluvchi detallarga ishlov berishda qo’llaniladi. Uglerodli po’latlarni yuqori qattiqligi bilan birga ularning narxini pastligi va yuqori texnologiyaviyligi hamda egilishga mustahkamligi (δe=2000...2300 MPa) yuqori. Kamchiliklariga issiqlik o’tkazuvchanligini pastligi bilan birga jilvirlashda qizishi va toblash vaqtida hajmiy deformatsilanishlari kiradi. Uglerodli po’latlarning hossalarini yaxshilash maqsadida ularni tarkibiga legirlovchi elementlar kiritiladi, bularga xrom, volьfram, marganets, kremniy, vanadiy va boshqalar kiradi. Bu ularning issiqlik o’tkazuvchanligini 250...300º S gacha ko’tarishga imkon berib, shuni hisobi-ga kesish tezligi 1,2...1,4 marotaba oshadi. Ushbu po’latlar turkumidan ishlab chiqarishda 9XS (S=0,9%, Si=1,4%, Cr=1,1%, Mn=0,4%) va XVG (S=1,0%, Cr=1,1%, Mn=0,95%, W=1,4%) markali po’latlar keng qo’llaniladi. XVG markali po’latni toblashda hajmiy deformatsiyala- nishi kichik bo’lganligi uchun, undan sidirgichlar va ko’ndalang kesimining bikrligi past bo’lgan (uzun razvyortkalar, metchiklar va boshq.) kesuvchi asboblar tayyorlanadi. Rezba kesuvchi asboblarni (plashkalar, roliklar) X6VF (S=1,6%, Cr=6,0%, V=0,7%, W=1,3%) markali yeyilishga chidamliligi yuqori bo’lgan po’latdan tayyorlanadi. Download 311.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling