Urganch Davlat Pedagogika Institutu Pedagogika fakulteti Texnologik tàlim yònalishi 1 kurs sirtqi bòlim talabasi
Download 311.92 Kb.
|
savol va ma\'ruza Umida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesuvchi asboblar
- Mahkamlovchi
Urganch Davlat Pedagogika Institutu Pedagogika fakulteti Texnologik tàlim yònalishi 1 kurs sirtqi bòlim talabasi Egamberganova Umidaning Texnologik praktikum fanidan tayyorlagan MA’RUZA VA BLITS SAVOLLARI BAJARDI : Egamberganova U. Kesuvchi asboblar Kesuvchi asboblarning asosiy qismlari va konstruktiv elementlari Kesuvchi asboblarni dastgohga mahkamlash usullari Kesuvchi asboblarni tayyorlashda qo’llaniladigan materiallar Kesuvchi asboblar – texnologik mashina va jihozlarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo’lib, zagotovkalarga dastgohlarda mexanik ishlov berish vaqtida dastgoxni (stanokni) zagotovka bilan birikishda bo’lishini ta’minlaydigan va bog’laydigan tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Kesuvchi asboblarni vazifasi – ishchi chizmaning texnik talablari asosida qo’yimni kesib olish hisobiga detalni yuzalari va o’lchamlarini shakllantirishdir. Kesuvchi asboblarning konstruktsiyalari va qo’llash sohalarining turli tumanligiga qaramay, ularning umumiy konstruktiv, geometrik va boshqa elementlari hamda dastgohga mahkamlash usullari o’xshashdir. Kesuvchi asboblarning asosiy qismlari va konstruktiv elementlariHar qanday kesuvchi asbob ishchi (kesuvchi) va mahkamlovchi qismlardan tashkil topgan. Kesuvchi qismning asosi pona bo’lib, qirindini zagotovka yuzasidan kesib olishga mo’ljallangan. Mahkamlovchi qism, korpus yoki quyruq ko’rinishida bo’lib, kesuvchi asbobni dastgohning shpindeliga o’rnatish, bazalash va mahkamlash uchun hizmat qiladi. Kesuvchi pona ikkita yuzalar bilan chegaralangan: oldingi yuza qirindi kesadi va kesish yuzasiga bog’langan orqa yuza; agar ushbu yuzalar yassi ko’rinishida bo’lsa, ularni qirralar deb ataladi va ular o’zaro kesishganida kesuvchi tig’ni (lezviya) hosil qiladi. Kesuvchi tig’, asosiy va yordamchi kesuvchi tig’larga bo’linadi. Asosiy kesuvchi tig’ qo’yimning asosiy qismini kesishga mo’ljallangan, yordamchi tig’ esa ushbu jarayonda qisman ishtirok etadi va ishlov berilgan yuzani yakuniy shakllantirish uchun hizmat qiladi. Ba’zi bir kesuvchi asboblarda, masalan, rez’ba kesuvchi asboblarda yordamchi kesuvchi tig’lar bo’lmaydi. Ko’p tig’li kesuvchi asboblarni ishlash qobiliyatini ta’minlash maqsadida tig’lar orasidagi bo’shliq kesiluvchi qirindini erkin harakatlanishi uchun xajmi bo’yicha yetarli darajada bo’lishi kerak. Shu maqsadda oldingi yuzalarda qirindini hosil bo’lishi va maydalanishi uchun chuqurcha, ustuplar va boshqa turdagi elementlar yaratiladi. Kesilayotgan qatlamni kengligi katta bo’lsa, kesilayotgan qirindini kengligi bo’yicha ajratib olish va tig’lar orasida yuklanishni maqbul taqsimlanishi uchun kanavkalar yaratiladi. Ko’pchilik kesuvchi (parma, zenker, razvyortka, sidirgich va boshq.) asboblarda ishchi qism kesuvchi va kalibrlovchi qismlarga bo’linadi. Download 311.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling