Urganch Davlat Pedagogika Institutu Pedagogika fakulteti Texnologik tàlim yònalishi 1 kurs sirtqi bòlim talabasi
Download 311.92 Kb.
|
savol va ma\'ruza Umida
Kesuvchi qism asosiy qo’yimni kesib olishga, kalibrlovchi qism esa ishlov berilgan yuzani yakuniy shakllantirishga (ba’zi holatlarda kesuvchi asbobni yo’naltirishga va uzatishga, masalan, rezba kesuvchi asboblar) mo’ljallangan.
Teshikka ishlov beruvchi kesuvchi asboblarda kalibrlovchi qism yordamchi kesuvchi qirralar joylashgan lenta ko’rinishida tayyorlanadi. Lentalar, kesuvchi asbobni teshik ichida yo’naltirish va bazalash uchun, yordamchi tig’lar – teshikni ishlov berilgan yuzasini yakuniy shakllantirish uchun hizmat qiladi. Kesuvchi asbobning teshik ichida tiqilib qolishini oldini olish va lentaga ishqalanish kuchini kamaytirish maqsadida, kalibrlovchi qismda uncha katta bo’lmagan teskari konuslik, ya’ni kesuvchi asbobning tashqi diametrini quyruq qismi yo’nalishi bo’yicha kichraytirilib hosil qilinadi. Kesuvchi asbobni vazifasi va detal yuzasining shakliga ko’ra kesuvchi tig’lar to’g’ri chiziqli, vintsimon va shakldor ko’rinishda bo’ladi. Qirindini chiqarib tashlashga mo’ljallangan vintsimon kanavkalar va ularda joylashgan kesuvchi tig’lar hosil bo’lgan qirindini kesish zonasidan chiqib ketishiga yaxshi sharoit yaratadi va kesuvchi asbobni bir tekis ishlashini ta’minlaydi. Kesuvchi asboblarning ishlash qobiliyati, mustahkamligi va turg’unligi quyidagi omillarga bog’liqdir: kesuvchi pona tayyorlangan materialga; ishlov beriluvchi materialning fizik mexanik hossalariga (qattiqligi, mustahkamligi va boshqalar.); kesuvchi asbobning geometrik parametri deb ataluvchi kesuvchi ponaning o’tkirlash burchagiga. Bunga kesish rejimlari: kesish tezligi V, surish S va kesish chuqurligi t ta’sir ko’rsatadi. Kesuvchi asbobning ishchi chizmasida kesuvchi ponaning o’tkirlanish burchagi β ni ko’rsatish qabul qilinmagan bo’lib, chizmada faqat charxlash burchaklari ko’rsatiladi, ya’ni oldingi burchak γ va orqa burchak α lar, bunda β=90º−(γ+α) bo’ladi. Ushbu burchaklar asosiy va kesish tekisligi koordinata tekisliklaridan olinadi. Perpendikulyar koordinata tekisliklarining o’zaro holati (1-a rasm) ikkita chiziq bo’yicha: kesuvchi tig’ va kesish tezligi vektorlari (kesish tekisligi) va uzatish (asosiy tekislik) aniqlanadi. Download 311.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling