Urganch Davlat Pedagogika Institutu Pedagogika fakulteti Texnologik tàlim yònalishi 1 kurs sirtqi bòlim talabasi
Kesuvchi asboblarni dastgohga mahkamlash usullari
Download 311.92 Kb.
|
savol va ma\'ruza Umida
Kesuvchi asboblarni dastgohga mahkamlash usullariDastgohga o’rnatish usuli bo’yicha barcha kesuvchi asboblar sterjenli, nasadkali (o’rnatiluvchi) va quyruqli turlariga bo’linadi. Sterjenli kesuvchi asboblarni mahkamlanuvchi qismi korpus bilan birgalikda tayyorlangan va dastgoh supportiga mahkamlanadigan dumaloq, to’g’ri burchakli yoki kvadrat kesimli sterjen ko’rinishida tayyorlanadi. O’rnatiluvchi kesuvchi asboblarning korpusida asbobni opravkaga o’rnatish uchun tsilindrsimon va konussimon shaklli teshiklar (3-rasm) bajarilgan. Kesuvchi asboblarning o’zi esa tsilindr yoki konussimon yuzalarida kesuvchi tishlar o’rnatilgan aylanma jism ko’rinishida bo’ladi. 8...100 mm.gacha o’lchamli tsilindrsimon teshiklar standartlashtirilgan, ularni yuqori N6 va N7 aniqlik kvaliteti bo’yicha tayyorlanadi, burovchi momentni uzatish uchun esa bo’ylama kengligi vk=2...25 mm bo’lgan shponka kanavkalari bajariladi. Kesuvchi asbobni bazalash teshik bo’yicha va uning torets qismi bo’yicha amalga oshiriladi. Ammo, ushbu o’tqazish harakatli bo’lgani va kesuvchi asbob bilan opravka orasida tirqishni mavjudligi uchun kesuvchi tig’larni radial tepishiga sabab bo’ladi. rasm. TSilindrsimon (a) va konussimon (b) teshikli o’rnatiluvchi kesuvchi asboblarni mahkamlash qismi Yuqori aniqlikda o’rnatishni 1:30 konuslikka ega bo’lgan konussimon teshiklar ta’minlaydi (3-b rasm) va ular razvyortka va zenkerlarda ko’proq qo’llaniladi. Kesuvchi asbob devorini yupqalashtirmaslik maqsa-dida burovchi momentni uzatuvchi shponka pazlarini korpusni torets qismida joylashtirib tayyorlanadi. O’rnatuvchi teshikning ikkala torets tomonida ff faskalar bajariladi, teshikning o’rtasida esa 1 mm chuqurlikda va teshik uzunligiga nisbatan 1/3...1/4 uzunlikda o’yiq (vыtochka) bajariladi. Ushbu o’yiq o’rnatuvchi yuza uzunligini kamaytiradi, uni tayyorlashga mehnat sarfini va jilvirtoshning (charxlashda) yeyilishini kamaytiradi. Disk ko’rinishli kesuvchi asboblarda (freza) bunday o’yiqlar bajarilmaydi. Barmoqchali (kontsevoy) kesuvchi asboblarni tsilindrsimon va quyruqli (xvostovik) qilib tayyorlanadi va to’g’ridan to’g’ri yoki o’tuvchi vtulkalar, opravkalar va patronlarga o’rnatilib dastgoh shpindeliga o’rnatiladi. TSilindrsimon quyruqlarning afzalliklari (4-rasm) konstruktsiyasining soddaligi va tayyorlash aniqliginiinsh yuqoriligidir. Kamchiliklari – ularni o’rnatishda tirqishni mavjudligi. Burovchi momentni uzatish uchun ba’zi quyruqlarda kvadrat shaklida povodoklar bajariladi. Tekis tsilindrsimon quyruqlar kichik diametrli asboblarda qo’llaniladi va ular tsangali yoki kulachokli patronlarda qisib o’rnatiladi. rasm. Kesuvchi asboblarni tsilindrsimon quyruq qismlarining turi Kesuvchi asboblarni aniq tirqishsiz o’tqazishli markazlashni konussimon quyruqlar yordamida o’rnatish usuli ta’minlaydi. Ko’pchilik hollarda Morze (№0...6) va konusligi 1:20 bo’lgan metrik (konus burchagi 2α=2º50´) o’zi tormozlanuvchi quyruqlar qo’laniladi. Ushbu konuslarning afzalliklari qo’shimcha elementlarsiz burovchi momentni uzatishidir (konusli uya bilan birikish yuzasidagi ishqalanish kuchi hisobiga). Bunda kesish kuchini o’q bo’ylama tashkil etuvchilarining ortishi bilan ishqalanish momenti ham ortadi. rasmda panjali (5-a rasm) va uyaga bolt tortqili (5-b rasm) o’rnatiladigan konussimon quyruqlar qo’rsatilgan. Bunda panja burovchi momentni uzatishga mo’ljallanmagan, balkim kesuvchi asbobni pona yordamida chiqarib olishga mo’ljallanganligini hisobga olish lozim (5-v rasm). Ishqalanish kuchini oshirish maqsadida quyruqlarga odatda termik ishlov berilmaydi (panja qismidan tashqari). Markaziy teshiklarning devorini tirnamasligi yoki shikastlanmasligi uchun panjaning torets qismiga radius bo’yicha ishlov beriladi. Barcha barmoqli kesuvchi asboblarning torets qismida ularni tayyorlash va charxlash uchun markazlovchi teshiklar bajariladi. Kichik diametrli kesuvchi asboblar uchun markazlovchi teshiklar o’rniga konuslar bajariladi (4-v, g rasmlarga qaralsin). 5-rasm. Konussimon quyruqlar: a, b – turlari; v – dastgoh shpindelidan konussimon quyruqni pona yordamida chiqarib olish sxemasi Download 311.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling