Urganch Davlat Pedagogika Institutu Pedagogika fakulteti Texnologik tàlim yònalishi 1 kurs sirtqi bòlim talabasi
Download 311.92 Kb.
|
savol va ma\'ruza Umida
Qattiq qotishmalar (metallokeramika) volьfram (bir karbidli) karbidi, volьfram va titan (ikki karbidli) karbidlaridan tashkil topgan tantal, niobiy va boshqa (uch karbidli) elementlar qo’shilgan (kobal’t yordamida bir-biri bilan bog’langan) materiallardir.
Ushbu po’latlarning tezkesar po’latlarga nisbatan issiqlik o’tkazuvchanligi (800...900ºS gacha) va yeyilishga chidamliligi yuqori, lekin tezkesar po’latlarga nisbatan mustahkamligi past. Qattiq qotishmalarni qattiqligi (HRA 88...96) yuqori va tezkesar po’latlarga nisbatan 11...12 % ga ko’p. VK4, VK6, VK8, VK10 markali bir karbidli qotishmalar keng qo’llaniladi (K guruxi). Ularni mo’rt materiallarga, asosan cho’yan, mis qotishmalari, yuqori abraziv hususiyatli alyuminiy qotishmalariga ishlov berishda qo’llaniladi. Ularning tarkibida kobal’tning miqdorini oshirish bilan (oxirgi raqam) bunday qotishmalarning mustahkamligi ortadi, bir vaqtni o’zida yeyilishga chidamliligi pasayadi. SHuning uchun VK4, VK6, VK8 larni toza ishlov berish uchun, VK10 ni esa dastlabki ishlov berishda (zarbiy yuklanishda) qo’llash tavsiya etiladi. T30K4, 15K6, 1K8, T5K10 (R gurux) markali ikki karbidli qotishmalarda birinchi o’rindagi raqam titan karbidining qotishmadagi foizli ulushini, ikkinchi raqam – kobaltni, qolganlari esa volьfram karbidining qotishmadagi foizli ulushini ko’rsatadi. Ushbu qotishmalarni uglerodli po’latlarga yuqori tezlikda ishlov berishda qo’llash tavsiya etiladi. Uch karbidli qotishmalar (M guruxi) volfram va titan karbidlaridan tashqari tantal karbidini ham o’z ichiga olgan. Ushbu qotishmalarning markasi TT7K12, TT8K6, TT10K8B, TT20K9. Bunda birinch o’rinda turgan raqam titan va tantalni o’zaro aralashmasining yig’indisini anglatadi. TT7K12 markali qotishmaning zarbiy yuklanishga qarshiligining yuqori ekanligi uchun, ularni po’lat quymalar va pokovkalarga ishlov berish, randalash va frezalash ishlarida qo’llaniladi. Qolgan markadagi uch karbidli qotishmalarni qiyin mshlanuvchan po’latlar va titan qotishmalariga ishlov berishda qo’llash tavsiya etiladi. Qattiq qotishmalarning kesish hossalari va mustahkamligiga ularning kimyoviy tarkibi bilan birga strukturasi, hususan karbid donalarining o’lchami ham ta’sir etadi. Volьfram karbidi donalarining o’lchamini oshirish bilan mustahkamligi ortadi, yeyilishga turg’unligi esa pasayadi. Karbid donalarining o’lchami 1 mkm va undan ham kichik bo’lgan mayda donali va o’ta mayda donali qotishmalar yaratilgan. Bunday qotishmalarning belgisining oxirida M yoki OM xarflari qo’yiladi, masalan, VK6 – M, VK10 – OM, va x.k. Bunday qotishmalar issiqbardosh va yeyilishga chidamli po’latlar, yuqori mustahkam cho’yanlar va alyuminiy qotishmalariga ishlov berishda yaxshi natija beradi. Qattiq qotishmalarni ishlatish sohalarini oshirishning samarali yo’llaridan biri, qattiq qotishmali almashuvchan plastinalarning yuzasida titan, molibden, niobiy, gafniy va boshqa elementlarning karbidlari va nitridlari hamda alyuminiy okisi asosida yeyilishga chidamli yupqa qatlam hosil qilishdir. Bir va ko’p qatlamli qoplamaning qalinligi 5...200 mkm orasida bo’ladi. Download 311.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling