Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti 5A120106 – “Kompyuter lingvistikasi” mutaxassisligi magistranti Sobirov Jasurbek Muxtor oʻgʻlining “Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
Download 15.16 Kb.
|
001 Taqriz tashqi Jasur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi: TATU Urganch fililali Axborot texnologiyalari kafedrasi
Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti 5A120106 – “Kompyuter lingvistikasi” mutaxassisligi magistranti Sobirov Jasurbek Muxtor oʻgʻlining “Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga TAQRIZ Hozirgi davrda Kompyuter lingvistikasining ajralmas boʻlaklaridan biri hisoblangan korpus lingvistikasi, shu jumladan teglangan korpus yaratish masalalari kundan kunga dolzarb boʻlib bormoqda. Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish boʻyicha hali yetarli tadqiqot ishlari olib borilmagani uchun ilmiy ish faoliyatlari sust darajada ketmoqda. Ushbu holatda tadqiqot ishlari olib borildi, masalan: oʻzbek tilining elektron korpusini yaratishda matnga ishlov berish uchun lingvistik annotatsiyaning asosiy talablari va tamoyillari haqida maʼlumot berildi; FST texnologiyasidan foydalangan holda morfologik hamda sintaktik teglash va morfologik analizator qurish bo‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalari hisobga olinib, kerakli texnologiyalardan teglangan korpusni yaratishda faol foydalanildi. Ushbu dissertatsiyada shu kungacha ishlab chiqilgan ko‘plab korpuslar o‘rganib chiqilgan. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uchta bob va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning kirish qismida teglangan korpus yaratilishining tarixi keltirilgan hamda dissertatsiya mavzusining dolzarbligi keltirib oʻtilgan. Dissertatsiyaning dastlabki bobida teglangan korpusning umumiy tavsifi, zamonaviy teglangan korpuslar hamda oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratilishining muhimligi keltirib oʻtilgan. Keyingi bobda oʻzbek tilidagi matnlarning morfologik va sintaktik tahlil qilinishi, ushbu tahlilni teglangan korpusga qanday tatbiq qilinishi muhokama qilingan. Mavjud usullar keltirib oʻtilgan. Uchinchi bobda teglangan korpus yordamidan foydalanib, oʻzbek tilidagi matnlarning morfologik va sintaktik tahlil qilish mumkinligi, ishlatilayotgaan korpusning tarkibiy tuzilishi hamda statistik tahlil keltirilgan. Sobirov Jasurbek Muxtor oʻgʻlining magistrlik dissertatsiyasi O‘zbеkistоn Rеspublikasi Оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi tоmоnidan magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan barcha talablarni qanоatlantiradi. Sobirov Jasurbek Muxtor oʻgʻlining “Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini Davlat attestatsiya komissiyasi oldida himoya qilishga tavsiya qilaman va muvaffaqiyatli himoyadan keyin muallifni 5A120106 – “Kompyuter lingvistikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasiga loyiq deb hisoblayman. Taqrizchi: TATU Urganch fililali Axborot texnologiyalari kafedrasidotsenti PhD Raximboyev Sh. J.Download 15.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling