Hayot uchun xavfli sport o„yinlari turizmi.
Bu turlar asosan xorij mamlakatlarida rivojlanib bormoqda. Hayot uchun xavfli sport o„yinlari turizmdagi bazi bir turlar faqat jahonda faqat bitta davlatda rivojlangan (masalan, korrido Portugaliyada, asov otni jilovlash Ispaniyada) bo„lib turizm mavsumida bu hayot uchun xavfli o„yinlarni millionlab turistlar hayajon, qo„rquv va qiziqish bilan tomosha qiladilar. Bu turlarni ba‟zida ekstremal turizm turlari deb ham atashadi.
1Beys jamping - baland qoya va binolardan parashyutda sakrash.
Xelisking - chang„ida vertolyotdan qorli tik qoyaga sakrash.
Dayving – suv ostiga sho„ng„ish.
Keyv-dayving - suv osti g„orlariga sayohat. 5.Bull – rayding – asov ho„kizni (buqani) jilovlash. 6.Korrido – asov otni jilovlash.
So'rfing – okean, dengizning shiddatli, baland to„lqinlaridan taxta chang„ida suzib o„tish.
Stritlaging – avtomobillar serqatnov tik tog„ yo„lidan pastga qarab rolikli taxtaga yotib harakatlanish.
Alpinizm – tik qoyalarga, baland binolarga himoyasiz, arqonsiz va asboblarsiz chiqish.
Vellokross - velosipedda havoda mashqlar bajarish, noqulay joylarga chiqish va tushish.
Motokross – mototsiklda yonayotgan obektlardan sakrab o„tish. 12.Rafting - o„ta tez oqadigan, havfli shovvalar, kamarlar bor daryo oqimi bo„ylab maxsus qayiqlarda suzish.
Dorbozlik - himoyasiz va shartli himoyada baland bino, baland qoya va keng suv havzalariga tortilgan arqondan yurib o„tish.
Niagara - baland, sersuv sharsharalardan (bochka ichida, maxsus kiyimda va h.k.) balanddan suv, bilan pastga tushish.
Koinot - kosmik kemada kosmonavtlar bilan fazoga borib kelish. 16.Ralli- Parij shahridan Afrika sahrolari orqali avtomobillarda, mototsikllarda Dakar shahrigacha bo„lgan sport birinchiligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |