Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi
II BOB. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA SAYOHAT TURLARINING
Download 61.65 Kb.
|
Jumaboyeva Shahnoza kurs ishi
II BOB. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA SAYOHAT TURLARININGAHAMIYATI Turizmning zamonaviy turlariDunyo miqyosida turizmning eng yangi turlaridan biri ekologik turizm yoki ekoturizmdir. «Ekologik turizm» termini birinchi marotaba 1980 yil meksikalik iqtisodchi G.Seballos – Laskureyn taklif qilgan. Ekoturizmning asosiy maqsadi sayohat paytida yangi joylarni ko‟rish, tabiat go‟zalligidan, toza tog‟ yoki o‟rmon xalqlar havosidan bahra olish, «yovvoyi» tabiat bag‟rida dam olish, shuningdek, boshqa urf-odati, madaniyati, san‟ati, tarixiy obidalarini ko‟rishdan iborat. Turizmning bu ko‟rinishi Kanada, AQSh, G‟arbiy Yevropa davlatlari, Markaziy va Janubiy Amerika, Yaponiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda tez rivojlanmoqda. Ekologik turizm ayniqsa Avstraliyada yaxshi rivojlangan bo‟lib, bu soha bo‟yicha maxsus dasturlar yaratilgan. Ekologik turizmni tashkil etish va rivojlanishi uchun obyektlar bo‟lib, quyidagilar xizmat qiladi: milliy bog‟lar, davlat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari; botanik bog‟lar; davolash - sog‟lomlashtirish joylari va kurortlar; qo‟riqxonalar. Ekoturizmning muhim obyekti bo‟lib, ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va boshqa rekreatsiya resurslari hisoblanar ekan, mamlakatimiz bu resurs turlariga boy hisoblanadi. Respublikamizda tarixiy, arxeologik, arxitektura, san‟at, musiqa va boshqa turistik resurslar mavjud. O‟zbekistonning boshqa mamlakatlarda uchramaydigan ekzotik tabiati, xilma-xil landshaftlari, flora va faunasi butun turistik regionning jozibadorligini belgilovchi asosiy omillardir. Hozirgi vaqtda to‟rt xil ekoturizm turlari va ekoturlar mavjud. Ilmiy turizm. Bunda turistlar dala sharoitida kuzatish ishlari olib boradilar, tabiatda izlanish ishlarida ishtirok etadilar. Masalan Lotin Amerikasi mamlakatlaridan biri Kolumbiyada, u yerdagi boy qushlar olamini o‟rganish uchun «Kolumbiya qushlari» degan ekoturlar o‟tkazilib, unda boshqa davlatlardan kelgan ornitologlar ham qatnashib ilmiy izlanishlar olib boradilar. Bunda turistlar aktiv harakat usullari qo‟llab, tabiiy go‟zallikdan bahra oladilar. Ilmiy turizm chet elga 41 bo‟lgan ilmiy-tekshirish ekspedisiyalari va tabiiy fakultetlarda o‟qiyotgan talabalarning dala praktikasi ham kiradi. Download 61.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling