Urganch davlat universiteti geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi zamonaviy geodezik asboblar va jihozlar


Download 196.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana11.11.2023
Hajmi196.57 Kb.
#1767132
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
ZGA amaliy ishlanmalar

Test savollari:  
1. Gorizontal burchak deb nimaga aytiladi?
2. Vertiqal burchagi nimaga teng?
3. Zenit masofasi nimaga teng?
4. 2T5K va 2T2 teodolitlarining konstruksiyasidagi asosiy farqlari nimada?
5. No`l o‘rni nima?


AMALIY MASHG’ULOT №5 
Mavzu: Elektron teodolitlarni o'rganish
VEGA TEO5 elektron teodoliti 
Oxirgi yilarda burchakli o‘lchashlarni bajarishda elektron yoki raqami teodolitlardan keng 
foydalanilmoqda. VEGA TEO5 (4-rasm) elektron teodoliti burchak o'lchovlari uchun burchakni 
hisoblashning ortib borishi tizimidan foydalanadi va o'rnatilgan mikrodastur tufayli avtomatik 
o'lchovlar, hisoblar, natijalarni ko'rsatish va ularni qurilma xotirasida saqlash imkoniyati 
amalga oshiriladi. Gorizontal va vertikal burchaklarni o'lchash natijalari bir vaqtning o'zida 
ko'rsatilishi mumkin. Bundan tashqari, vertikal burchak gradus yoki nishab foizi sifatida 
ko'rsatilishi mumkin. 
1-rasm. Elektron teodolit VEGA TEO5. 
VEGA TEO5 elektron teodoliti temir yo'llarda, avtomobil yo'llarida, ko'priklar, tabiatni 
muhofaza qilish suv havzalarida, kar`er, shaxtalarda va hokazolarda tayanch nuqtalarni 
yaratishda III-IV sinf triangulyatsiya tarmoqlarini zichlashtirish uchun ishlatilishi mumkin. 
Shuningdek injenerlik geodeziyasi, yirik ob'ektlarni qurilishi va montaj ishlarida, kadastr va 
topografik plan olishlar va boshqa muhandislik plan olishlarida ham qo'llaniladi. VEGA TEO5 
elektron teodoliti bir qabulda gorizontal burchaklarni 5'' o'rta kvadratik xatolik bilan o'lchash 
aniqligini ta'minlaydi. 
2-rasm.VEGA TEO 5 teodolitining tuzilishi: 
1 - ko’tarish vint; 2 - doiraviy adilak; 3 - taglikning mahkamlash vinti; 4 - funktsional 
tugmalar; 5 - displey; 6 - gorizontal doiraning yo`naltiruvchi vinti; 7 - gorizontal doiraning 
mahkamlash vinti; 8 - ko`rish trubasining dioptrli okulyar halqasi; 9 - kremalera; 10 - asbob 


balandligi belgisi; 11 - asos; 12 - taglik; 13 - RS-232S seriyali port; 14 - teodolit tutqichi; 15 - 
teodolit tutqichini mahkamlovchi vint; 16 - kollimatorli nishon; 17 - ko`rish trubasi ob`ektivi; 
18 - batareya o`rnatish joyi; 19 - ko`rish trubasi va vertikal doiraning mahkamlash vinti; 20 - 
ko`rish trubasi va vertikal doiraning yo`naltiruvchi vinti; 21 - silindrik adilakni tuzatish vinti; 
22 - silindrik adilak. 
VEGA TEO5 elektron teodolitlarni tekshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi 
kerak: 
1. Doiraviy adilakni tekshirish. 
2. Silindrik adilakni tekshirish. 
3. Optik vizirni tekshirish. 
4. Lazerli shovunni tekshirish. 
5. Ko’rish trubasi iplar to’rini tekshirish. 
6. Ko‘rish trubasining vizir o'qi teodolitning gorizontal o'qiga perpendikulyar bo'lishi kerak.  
7. Teodolitining vertikal doirasining nol o’rniini (NO’) aniqlash.  
8.Kompensatorni tekshirish. 
1.Doiraviy adilakni tekshirish. Doiraviy adilakni o'qi teodolitning aylanish o'qiga parallel 
bo'lishi kerak. 
Ikki ko’tarish A va B vintni bir yo'nalishda yoki bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishga 
burab, doiraviy adilak pufakchasi shunday holatga keltiriladiki, bunda pufakcha adilakni chap 
va o’ng tomonlarga nisbatan o’rtaga kelsin. (3a-rasm). So’ngra uchinchi C ko’tarish vintidan 
foydalanib buralib, adilakdagi pufakcha nol punktga keltiriladi(3b-rasm). Keyin teodolit 
dastlabki holatga qaytarilib adilakni holati teshiriladi, agar adilak pufakchasi o’rtada qolsa, 
shart bajarilgan hisoblanadi, aks holda tuzatish ishlari bajariladi.
 

Download 196.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling