Urganch Davlat Universiteti Kimyo Texnalogiya fakulteti 213- xtf guruh talabasi Komalova Shohistaning O’zbek tili sohasida qo’llanilishi fanidan


Download 9.23 Kb.
bet2/3
Sana21.11.2023
Hajmi9.23 Kb.
#1790787
1   2   3
Bog'liq
2maruza Urganch Davlat Universiteti Kimyo Texnalogiya fakulteti

Fanda piktografik, logografik, ieroglifik,fonografik kabi yozuv turlari bor. Piktografik yozuv. Voqea- hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari jonli va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv piktografik yozuv hisoblanadi.Bu atama “chizilgan” va “yozaman”degan ma’nolardagi so’zlardan tuzilgan. Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum tushinchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas. Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida ideografik (grekcha “idea-tushuncha”,”grafo-yozaman”) yozuv paydo bo’ldi. Yozuvning bu turi logografik yozuv deb ham yuritiladi. (“logos-so’z”, “grafo- yozaman”). Negaki, bunday yozuvdagi ramzlar narsa- buyumlarni aks ettirib qolmay, tildagi so’zlarni ham ifodalaydi.

Ushbu yozuvda ma’lumot ma’nosini shakllar bilan aks ettirish qiyin bo’lgan logogrammalar orqali yetkaziladi. Logografik yozuvning piktografik yozuvdan quyidagi afzalliklari bor. a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo’lgan mazmunni ancha mufassal aks ettiradi. b)piktografik yozuvda so’z tartibi va so’zshakllari noaniq, logografik yozuvda esa aniq bo’ladi. v)piktografik yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yo’l qo’yiladi, logografik yozuv esa barqaror logogrammalardan tashkil topgan. Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir. Ieroglif grekcha “ierogliv” so’zidan olingan bo’lib, “muqaddas yozuv “ degan tushunchani anglatadi. Bu yozuvdan qadimgi Arabistonda keng foydalanilgan. Ushbu yozuvlar ifoda etilayotgan narsa-buyum xususiyatlarini imkon qadar aks ettiradi. Ieroglifik yozuv mavhum tushunchalarni ifodalay olishi bilan o’zidan oldingi yozuvlardan farqlanadi.

Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning og’zaki va yozma shakli bo’lib , yozma nutq yozuv orqali namoyon bo’ladi. Yozuv ma’lum bir tarixiy jarayon mobaynida aloqa- munosabatning muhim vositasi bo’lib shakllanadi. Yozuvning tarixiy ahamiyati quyidagilarda aks etgan. 1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar orasidagi bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy manfaatlar uchun xizmat qiladi. 2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy yutuqlar yozuv orqali avloddan avlodga yetkaziladi. 3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir. 4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi. 5. Yozuv kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichlarini, xalq tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini, tilning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning tadrijiy taraqqiyotini o’rganib bo’lmaydi. Dunyodagi aksariyat tillar o’z yozuviga ega. Yozuvning hozirgi ko’rinishlari dastlabki shakllarning takomillashib borishi natijasida paydo bo’ldi.


Download 9.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling