Urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana16.08.2017
Hajmi0.89 Mb.
#13588
1   2   3   4   5   6   7   8   9

quritgich,  12-zichlashtiruvchi  konveyer,  13-transformalovchi  konveyer,  14-bazalt 

tolali  rulon,  15-ko`ndalang  kesish  pichog`i,  16-elim  surtish  qoplama,  17-agregat, 

18-radiatsion  qizdirgichlar,  19-siqiluvchi  konveyer.  20-  transformalovchi 

konveyer, 21-kesish pichog`I, 22-o`rash qurilmasi. 

 

               Xom ashyo ombori   -  Bazalt minerali 



 

                           Dozalash 

 

                     Bunker (saqlash) 



 

             Bolg`ali maydalagich 

 

                  Bunker (saqlash) 



 

Valli maydalagich 

 

                       Bunker (saqlash) 



 

  SHarli tegirmon 

 

       Bunker (saqlash) 



 

                                   Vannali pech 

 

Purkovchi kallak 



 

              Tola xosil qilish kamerasi 

 

Zichlash barabani 



 

                 O`rash qurilmasi 

 

Kesish pichoqlari 



 

28 


 

                                 Elimlash 

 

Radiatsion qizdirgich 



 

      Konveyer (uzatish) 

 

           Tayyor maxsulot ombori 



                    

3.2. Xom ashyo haqida to’la ma’lumot. 

 

O’zbekiston  boy  bazalt  tabiiy  resurslarga  ega.  Xozirda  ma’lum  bo’lgan 



umumiy zaxira 150 mln t

3

 bo’lib, u asosan Navoi, Jizzax, Toshkent va Namangan 



viloyatlarida joylashgan.  

O’zbekistonda bazalt qazib olish va qayta ishlash bilan o’ndan ortiq nodavlat 

tashkilotlari  shug`ullanadi,  ular  asosan  issiqlik  izolyatsion  va  isituvchi  materiallar 

ishlab chiqarishga yo’naltirilgan. Ushbu materiallarga sifatning asosiy kriteriyalari 

bo’lgan  olovbardoshlik  va  yong`inga  xavfsizlik,  xaroratga  chidamlilik,  kislotaga 

chidamlilik, qizdirishda gaz ajralmasligi, past zichlik va o’zgaruvchan xaroratlar va 

iqlim  sharoitlarida  uzoq  muddat  xizmat  qilishi  zamonaviy  standartlarga  mos 

kelishi kerak.  

Ammo  bizning  mamlakatda  bazaltni  qayta  ishlash  turli  qiyinchiliklar  bilan 

boradi,  ular  bazaltning  kimyoviy  minerologik  tarkibi,  shuningdek  bazalt  konlari 

mavjud  tuproqlarda  NaCl,  KCl,  CaCl

2

,  CaSO



3

  kabi  tuzlar  bo’lishi  bilan  bog`liq.  

Bunday shlaklarning bo’lishi “bazalt paxta” sida qo’shimcha g`ovaklar xosil qiladi, 

ular  esa  yuqori  gigroskopiklikka,  qurilmalar  sirtida  korroziyaga,  ularni  xizmat 

muddatini qisqarishiga  va  maxsulot sifatini pasayishiga olib keladi. O’rta atlantik, 

Afrikano-Antarktik  va  Amerikano-Antarktik  cho’qqilar  bazalt  jinslari  uzoq  vaqt 

xosil bo’lishni geodinamik sharoitlarida bo’lib tabiiy boyitilish jarayonidan o’tgan 

bo’lsa,  O’rta  Osiyo  bazaltlari  okeanik,  vulkanik  faoliyatdan  keyin  quruqlikda 

qolganlar, bu esa ularning tarkibi va xossalariga ta’sir qilgan[4].  


 

29 


Bazalt jinslarini tarkibi va xossalarini o’rganish va uni ichki bozor talablarini 

qondirish  uchun  ishlab  chiqarishda  qo’llash  va  turli  assortimentli  kondistion 

maxsulot  olish  muammolarini  o’rganish  import  o’rnini  bosuvchi  buyumlar  ishlab 

chiqarishda  katta  qiziqish  uyg`otadi.  Bazalt  maxsulotlarini  ishlab  chiqarish 

bugungi  kunda  asoslanadi:  kimyoviy,  fizik-mexanik  xossalarini  chuqur 

o’rganishga, bazaltlarni tozalashni va  magnitli boyitishni tekshirish, bazalt konlari 

jinslarini  tiplarga  ajratish.  Keltirilgan  ishlar  bazaltlarni  ilmiy-asoslangan  qayta 

ishlash  usullarini  ishlab  chiqarish,  va  shu  bilan  birga  maxsulot  assortimentini 

kengaytirish,  bazaltni  qayta  ishlovchi  korxonalar  samaradorligini  oshirish  bilan 

birga  olib  borilishi  kerak.  Ushbu  masalalarni  echimini  dolzarbligiga  nafaqat  bizni 

mamlakatda,  balki  xalqaro  bozorda  xam  bazaltli  maxsulotlarga  talab  kattaligi 

sabab bo’ladi.  

Bazalt  jinslarini  qazib  olish  va  transportirovkalashni  O’zbekiston  bo’yicha 

taxlil  qilish,  barcha  bazaltni  qayta  ishlovchi  korxonalar  konlardan  uzoqda 

joylashganini ko’rsatdi. Ayrim xollarda ushbu masofa 600 km ni tashkil qiladi, bu 

esa  xom  ashyoni  transportirovkalashga  xarajatlarni  oshiradi  va  oxirgi  maxsulot 

tannarxiga ta’sir qiladi.  

O’zbekiston  tabiatida  bazalt  jinslar  ko’pincha  bo’laklar  shaklida  uchraydi, 

ularning  o’rtacha  o’lchami  250-300  mm  bo’ladi  va  ular  ko’pincha  uncha  chuqur 

joylashmaydi, chunki bazaltlar erning sirtki, qattiq qobig`ini tashkil qiladi. Shuning 

uchun  “Aydarko’l”,  “Asmansay”  va  “Gavasay”  konlarida  bazaltlar  ochiq  usulda 

olinadi.  

Bazalt  konlarini  samarali  ishlatish  va  bazalt  jinslarini  qazib  olish  xajmini 

oshirish  maqsadida  bazaltni  qayta  ishlashni  takomillashtirilgan  usullaridan 

foydalanish  mumkin,  ular  buyumlar  sifatini  oshiradi,  bazaltni  qayta  ishlash 

korxonalarini  iqtisodiy  rivojlanishiga  moyillik  qiladi.  Ushbu  maqsadda  texnik 

adabiyotlarni,  internetni,  patent  manbalari  va  bazaltni  qayta  ishlashni  xozirgi 

xolatini taxlil qilish qator tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladi:  



 

30 


-  O’zbekistonning  bazaltni  qayta  ishlash  korxonalari  texnologiyalarini 

xozirgi xolatini ilmiy-texnik asoslashni o’tkazish; 

- bazaltlarni  kimyoviy,  fizik-mexanik  xossalari  va  kimyoviy  –  minerologik 

tarkibini kondistion maxsulot olish bilan qayta ishlash usullarini tadqiq qilish;  

- bazaltlarni boyitishni yuqori samarali texnologiyasini ishlab chiqish. 

Yuqoridagilarni  amalga  oshirish  uchun  quyidagi  ilmiy-tadqiqot  ishlari 

bajarildi: 

 

tadqiq qilindi: 



- bazaltlarni qayta  ishlash  bo’yicha  nazariya  va amaliyotning  xozirgi  xolati, 

bazalt  jinslarini  qazib  olish,  boyitish  va  qayta  ishlashning  mavjud  usullari 

o’rganildi; 

 

 



o’rganildi: 

-  O’zbekistondagi  bazalt  konlarini  kimyoviy  –  minerologik  tarkibi  va 

xossalari; 

- bazalt jinslarini shlamlardan tozalash jarayonlari va boyitish usullari; 

 

ishlab chiqildi: 



- bazalt jinslarini qayta ishlashni samarali texnologik parametrlari; 

-  ichki  va  tashqi  bozorda  katta  talabga  ega  bo’lgan,  maxalliy  bazaltdan 

olingan raqobatbardosh turli assortimentli maxsulot olish texnologiyasi. 

Yuqoridagi vazifalarni echish uchun “Aydorkul” va “Asmansay” konlaridan 

bazalt  jinslarini  15  ta  namunasi  olindi.  Aydorkul”,  “Asmansay”  va  “Gavasay” 

konlari  bazalt  jinslarini  kimyoviy,  fizik-mexanik  xossalari  va  kimyoviy  – 

minerologik  tarkibini  kompleks  tadqiqotlari  bajarildi.  Yuqoridagi  bazalt  konlarini 

tanlashga ularni xozirgi kunda bazaltni qayta ishlash korxonalari uchun asosiy xom 

ashyo bazasi ekanligi asos bo’ldi. “Gavasay” koni bazalt jinsi tarkibini kimyoviy-

minerologik  formastiyasi  sifatida  “Kompozit”  ilmiy  markazining  ma’lumotlari 

ishlatildi.  Olib  borilgan  ishlar  natijasida  dastlabki  bazaltlarni  tiplarga  ajratish  va 

keyinchalik turli tozalash, boyitish usullari (yuvish, groxot, diffuzion kuydirish va 



 

31 


magnitli  separastiya)  ni  qo’llab  ularni  geotexnologik  tiplarga  selektiv  saralash 

natijasida sifatli maxsulot olindi.  

Qator yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar ko’rsatishicha: 

 

-  “Aydarko’l”  koni  bazalti  tarkibida  ayrim  namunalarda  SiO



2

  miqdori  62% 

ga  etishi  aniqlandi,  dunyoning  qolgan  konlarida  53  yoki  60%,  MgO  10%  gacha, 

SaO 2% boshqada 9% yoki 11%, K

2

O+Na


2

O 3,25% boshqada 9,3% yoki Fe

2

O va 


Fe

2

O



3

 1,59% boshqada 5,23%; 

- “Aydarko’l” va “Asmansay” konlari bazaltlari tarkibida: SiO

2

, CaO, Al



2

O

3



 

kabi  kimyoviy  elementlar  ko’pligi  aniqlandi.  “Aydarko’l”  konida  MnO,  Fe

2

O

3



FeO  “Asmansay”  dagiga  nisbatan  ozligi  ko’rsatildi.  “Aydarko’l”  va  “Asmansay” 

konlarida “Gavaysoy” konidan farqli ravishda MnO

2

 borligi aniqlandi; 



- “Aydarko’l”  koni  bazaltlari  o’rtacha  43,7-59,9%  SiO

2

  tutadi,  “Asmansay” 



konida  bu  ko’rsatkich  45,7-53,3%  va  “Gavasay”  da  27,5-45,7%.  Shu  bilan 

suyuqlanish xaroratiga bevosita ta’sir qiluvchi SiO

2

 borligi isbotlandi.  



Shunday  qilib,  bizning  mamlakatni  bazaltlari  past  miqdorda  qimmatli 

komponentlar  tutsada,  ular  katta  xom  ashyo  zaxirasi  bo’ladi  va  ularni  ishlab 

chiqarishga  jalb  qilishda  amaliy  qiziqish  uyg`otadi.  Qashshoq  bazaltlarni  ishlab 

chiqarishga jalb qilish, ularni o’zlashtirish ekologik sof va import o’rnini bosuvchi 

maxsulot  chiqaruvchi  yangi  sanoat  soxasini  yaratishga;  bazaltni  qayta  ishlovchi 

korxonalar  unumdorligini oshirishga; qo’shimcha  ishchi  o’rinlar  yaratishga  imkon 

beradi.  

Bazaltni  qayta  ishlovchi  korxonalarning  texnologik  jarayonlari  taxlili 

ko’rsatishicha,  ularda  saralash  jarayoni  yo’q.  Issiqlik  izolyastion  materiallar 

sifatiga  don  tarkibi,  jins  donalari  shakli,  bazaltda  changsimon  va  loy  zarrachalari 

miqdori  kabi  omillarning  ta’siri  xaqida  axborot  bazasi  yaratilmagan.  Bazaltlarni 

boyitish imkoniyatlari, bazalt buyumlari xossalarini belgilovchi omillarni kriteriyli 

qiymatlari asosida ularni selektiv tiplarga ajratish o’rganilmagan[5].  

Ushbu  xolatda  birinchi  navbatda  bazaltni  shlamlardan  tashkil  topgan 

sho’rlangan  qismini  o’rganish  va  ajratib  olish  amaliy  qiziqish  aks  etadi.  Tuproq 


 

32 


sho’rlanishi xaqida axborot va jinslarda shlamlar bo’lishini o’rganish, O’zbekiston 

Davlat  tabiat  qo’mitasi  ma’lumotlariga  ko’ra  bazalt  konlari  joylashgan  joyda 

yuqori.  Bazaltli  issiqlik  izolyastion  materiallarni  ishlashiga  va  xizmat  qilish 

muddatiga  tuzlar  ta’sirini  o’rganish  uchun  Navoi  shaxridagi  “bazalt  paxta” 

o’ralgan  qurilmalar  va  truboprovodlar  kuzatildi.  Kuzatuvlar  15  yil  davomida  olib 

borildi. Xar  uch  yili qurilmalarning  ishchi  organlari  va  magistral trubalar sirtidagi 

korroziya  qatlami  qalinligi  o’lchandi.  Bunda  ushbu  viloyat,  shaxarning  xavosini 

nisbiy namligi xisobga olindi. Ko’zatuvlar natijalariga ko’ra nisbiy namlik 68-90% 

bo’lganda 12 yil ichida magistral truboprovodlarda qurimlalarning ishchi organlari 

sirtida korroziya qatlami 0,33-0,44 mm dan 1,5-2,3 mm gacha oshgan.  

Bazalt  jinslarini  shlamdan  tozalashni  optimal  usulini  tanlashda  bazaltni 

qo’shimchalardan  ajratish  jarayoni  bilan  bog`liq  qator  tadqiqotlar  olib  borildi. 

Bunda  bazaltni  mexanik  usulda  tozalashda  sanoat  xarajatlari  eng  kichik  bo’lishi 

aniqlandi.  Bazaltni  tozalash  va  sof  bazalt  olish  bazaltni  qayta  ishlovchi 

qurilmalarni  korroziyadan  asrashga  imkon  yaratadi.  Aniqlanishicha,  sifatli 

maxsulot sof bazaltdan olinishi mumkin.  

Natijada o’tkazilgan tadqiqotlar imkon berdi: 

-  tozalangan  “bazalt  paxta”sini  olishni  optimal  texnologiyasini  ishlab 

chiqarishga; 

-  maxsulotlar  assortimentini  kengaytirishga  moyillik  qiluvchi,  bazaltlarni 

kimyoviy, fizik-mexanik xossalarini kompleks tadqiq qilish uchun asos bo’ladigan 

bazalt jinslarini tiplash kriteriyasini aniqlashga; 

-ularni  texnologik tiplari bo’yicha bazaltlarni boyitish  va saralashni optimal 

texnologik  parametrlari  (maydalash,  groxot,  termodiffuzion  kuydirish,  magnit 

separastiya)  ni,  shuningdek  suyuqlangan  bazaltlarni  suyuqlashtirish  va  cho’zishni 

asosiy texnologik parametrlarini tanlashni amalga oshirishga; 

- keyinchalik  bazaltli  tog`  jinslarini  boyitishni  istiqbolli,  yangi  usullarini 

qo’llash  mumkinligini  aniqlash  uchun  keyinchalik  chuqur  tadqiqotlar  o’tkazishga 

tavsiyalar ishlab chiqishga;  


 

33 


- elektrik  singdiruvchanligini  pasaytirishga  imkon  beradigan  diffuzion 

kuydirish yo’li bilan maydalangan bazalt jinsdan temirni ajratib olish imkoniyatini 

o’rnatishga  va  elektrtexnik  sanoat  uchun  ishlab  chiqarilayotgan  turli  potenstialli 

tayanch – apparat izolyatorlarini izolyastion xossalarini oshirishga; 

- yuqori  agressiv  muxitlarda  ishlatish  uchun  kislotaga  chidamli  plitkalar 

olish texnologiyasini ishlab chiqishga; 

- bazalt  filtrlar  orqali  pulpani  filtrlash  va  gomogenlash  jarayonlarini  taxlil 

qilishga va ular asosida tog`-metallurgiya sanoatida fazalarni ajratish uchun filtrlar 

tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqarishga; 

- “bazalt  paxta”  dan  tibbiyot  buyumlarini  ishlab  chiqarish  texnologiyasini 

yaratishga va ularni dorivor xossalarini baxolashga. 

Umumiy  xolda  bazalt  jinslarini  qayta  ishlashni  yangi  texnologiyalari 

aniqlandi  va  O’zbekistonning  bazalt  jinslari  asosida  ishlab  chiqarilayotgan  turli 

buyumlarni  qo’llashni  yangi  yo’nalishlari  ochildi.  Metall  trubalar,  sun’iy  va 

sintetik  materiallar, qog`oz,  metall tayanchlar kabi  boshqa sanoat buyumlari bilan 

bazalt  maxsulotlarini  raqobatbardoshligi  ko’rinib  turibdi.  Bu  erda  bazalt  o’zining 

korroziyaga  chidamliligi  va  dielektrik  xossalari,  ishqorlar  va  kislotalarga 

chidamliligi, ekologik sofligi, foydalanishda qulayligi, uzoq muddat xizmat qilishi 

va  qayta  ishlash  osonligi  bilan  ajralib  turadi.  Ishlab  chiqarilgan  gaz  tozalovchi 

filtrlochi  materning  ijtimoiy  samarasi  chiqayotgan  gazlarni  chang  tutuvchilardan 

tozalanish darajasi bilan farqlanadi.  

  

3.3 . Bazalt va uning kimyoviy – minerologik tarkibi 



  

Bazaltli  mineral tola  ishlab chiqarish rivojlangan davlatlarda 2003  yildan to 

xozirgi  davrgacha  jon  boshiga  10  kg  dan  30  kg  gacha  ko`paygan.  Bu  mineral 

tolaning  afzallik  tomoni  tog`  jinsidan  olinganligidadir.  O`zbekistonda  bunday 

materiallar  

20  asrning  2  yarmidan  ishlab  chiqarilmoqda.  Biroq  oliy  sifatli  mineral  tola  ishlab 

chiqarish  jaxon  standartlariga  to`g`ri  keladigan  xom  ashyo  sanoqli  davlatlarda 


 

34 


ishlab  chiqariladi.  Mineral  tola  ishlab  chiqarish  shu  jumladan  bazaltli  tola  barcha 

xom  ashyo  kabi  murakkabligi  bilan  ajralib  turadi.  Tog`li,  vulqonli  tola  bazalt, 

diabaz,  porfirit  va  boshqa  minerallar  ishlab  chiqarish  uchun  tuganmas  manbadir. 

Bazalt  minerali  vulqon  otilganda  xosil  bo`ladigan  mineraldir.  Uning  o`rtacha 

kimyoviy tarkibi quyidagilar[6].  

Jadval 1 

№ 

Nomi 


Miqdori % 

SiO



2

 

43,66 



Al

2



O

3

 



10,19 

TiO



2

 

2,15 



Fe

2



O

3

+FeO 



10,28 

MnO 



0,06 

CaO 



8,11 

MgO 



4,05 

K



2

0,20 



Na

2



0,25 


10 

SO

3



 

0,1 


11 

P

2



O

5

 



0,2 

 

Bazalt  tarkibi  kristall  xolatdan  shisha  xolatigacha  o`zgarishi  mumkin. 



Izolyatsiya material ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida faqatgina bazalt minerali 

ishlatiladi.  Bazalt  lava  shaklida  bo`lib,  er  yuzida  tezda  sovigani  uchun  mayda 

kristal shaklida bir qismi shisha shaklida bo`ladi. Bu sanoatda qayta ishlashda oson 

kechadi.  Bu  xom  ashyoni  qayta  ishlash  erish  jarayoni  Al

2

O

3



  ga  bog`liq.  Al

2

O



3

 

miqdori  15  %  bo`lsa,  bazalt  1300  dan  kam  haroratda  eriydi,  15  %dan  yuqori 



 

35 


bo`lsa,  1300  dan  yuqori  haroratda  eriydi.  Bu  mineral  qattiq  shaklda  bo`ladi.  1 

tonna bazaltdan 40-60 m3 oliy sifatli tola olish mumkin.  

Bazalt  xom  ashyosini  eritguncha  yuqori  haroratda  qizish  natijasida  xosil 

bo`ladigan  o`zgarishlarni  rentgen  metodi  analizi  yordamida  o`rganib  chiqilgan. 

O`rganish  natijalarida  quyidagi  minerallar  avgit  (0,298:  0,52:  0,162:)      aktinolit 

(0,271:  0,254:  0,232)      epidot  (0,290:  0,282)    kvars  qumi  (0,334:  0,228:  0,1813) 

borligi aniqlangan.  

 

3.4. Bazalt mineralining fizik-kimyoviy xossalari. 



 

Shixtani  erish  harorati  bazalt  tarkibiga  kirgan  Al

2

O

3



  miqdoriga  bog`liq 

bo`ladi.  Al

2

O

3



 miqdori bazalt mineralining tarkibida Al

2

O



3

 miqdori 15 % dan kam 

bo`lsa, 1300

0

 dan past  haroratda, bazalt  minerali 15  % dan ko`p bo`lsa  1300



0

 dan 


baland  haroratda  pisha  boshlaydi.  Qizdirish  jarayonida  bazalt  mineralining  1100

0

 



haroratdan  yuqori  bo`lganda  suyuq  faza  xosil  bo`la  boshlaydi.  1150

0

  dan  harorat 



1180

0

  gacha  ko`tarilganda  qaynay  boshlaydi.  Pechning  harorati  1200



0

  bo`lganda 

bazalt  massasining  90  %i  erigan  xolatga  o`tadi,  1250

0

  haroratda  esa  suyuq  faza 



ko`payishi natijasida tarkibga kirgan magnetit kristallari ham erib ketadi.  

Bazalt  mineralidan  xosil  bo`lgan  tolaning  asosiy  ko`rsatgichlariga  mexanik 

va  teplofizik  xossalari,  yani  kristallanish  qobiliyati  kiradi.  Tog`  jinsning  eritib 

ulardan  mineral  tola  olish  texnologiyasi  uchun  3  asosli  yani  diopsid-albit,  anortit, 

dala  shpati  va  piroksinlarga  o`xshash  bo`ladi.  Bu  mineralning  erish 

temperaturasiga  va  erigan  eritmaga  o`zining  katta  tasirini  o`tkazadi.  Bu  uch 

komponentning  o`zaro  birikishida  erish  temperaturasi  va  qotish  temperaturasini 

aniqlashda chegaralangan solidus chiziqlardan foydalanib aniqlasa bo`ladi. Barcha 

turdagi  bazalt  tarkibiga  avgit  va  magnetit  kirishi  bizlarga  malum.  Asosan 

bazaltning  mineralogik  tarkibi  42  %  Al

2

O

3



  ni  xosil  qilishi  bilan  birga  ularda 

melilit,  olivinit,  nefelit,  meleburgit  va  avgit  shu  minerallarni  shisha  ko`rinishida 

saqlaydi. Neytral va kislotali bazaltlar tarkibida SiO

2

 shisha xolatda bo`ladi[7]. 



 

36 


Bazaltli mineral tola vannali pechda yuqori haroratda qizdirib uni  mikroskopik 

kichik  darajasigacha  tola  xolatida  qotishi  natijasida  kelib  chiqadi.  Eritish 

jarayonida quyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo`ladi.  

1.  adsorbsion namlikni yo`qotish uchun quritiladi. (fizik jarayon) 

2.  kristalizasiyalangan  va  konstitutsion  namlikni  yo`qotish.  (fizik-kimyoviy 

jarayon) 

3.  tuproq maxsulotlarining amorfizisasiyasi. (fizik-kimyoviy jarayon) 

4.  bazalt mineralining parchalanishi va dissotsiyalanishi.(kimyoviy jarayon) 

5.  bazalt minerali tarkkibidagi sulfatlarning parchalanishi.(kimyoviy jarayon) 

6.  bazalt  minerali tarkibidagi temir oksidlari  MnO  lari  va  boshqa oksidlarning 

pechdagi o`zini tutishi va oksidlar xosil qilishi.(fizik-kimyoviy jarayon) 

7.  qattiq  fazadagi  reaksiya  borishi  natijasida  yangi  maxsulotlarning  xosil 

bo`lishi. 

8.  bir  komponentli  shixta  asosida  tayyorlangan  maxsulot  uchun  engil 

uchuvchan maxsulot xosil bo`ladi. (fizik-kimyoviy jarayon)[3] 

         Bazaltlarni  yuqori  quyilish  xossasini  ta’minlash  uchun  ular  tarkibida  SiO

2

 

50%  dan,  MgO-12%,  (FeO+Fe



2

O

3



)  –  8%  -  16%  va  (K

2

O+Na



2

O)  –  6%  bo’lishi 

kerak. Bunday bazalt jinslar petrurgik ishlab chiqarishga mos keladi, bunda buyum 

detallari quyma usulda ishlab chiqariladi; 

       - 43-47% SiO

2

, 20% Al



2

O

3



, 10% CaO va ko’pi bilan 3,5% (K

2

O+Na



2

O) tutgan 

bazaltlar  issiqlik  izolyastion  materiallar  tayyorlashda  ishlatilishi  mumkin.  Bazalt 

tarkibida  FeO+Fe

2

O

3



  va  TiO

2

  bo’lishi  bazalt  tolali  materiallarni  issiqlik 



o’tkazuvchanligiga ta’sir ko’rsatmasligi aniqlandi. 

Bundan  tashqari,  tadqiqotlar  natijasida  namlik,  gigroskopiklik  va  namlik 

ajratish  xossalari  muxim  ko’rsatkichlar  bo’lib  ular,  ishlab  chiqariluvchi 

maxsulotlar  assortimentini  belgilash  va  kengaytirishda  muxim  rol  o’ynaydigan 

elektr 

o’tkazuvchanlikka, 



korroziyaga 

chidamlilikka, 

olovbardoshlikka, 

suyuqlanish  xaroratiga,  fizik-kimyoviy  va  mexanik  xossalariga  ta’sir  ko’rsatishi 

aniqlangan.  Tadqiqotlarda  aniqlanishicha,  bazalt  tarkibida  SiO

2

  miqdori  50%  dan 



 

37 


oshganda  uning  qovushqoqligi,  suyuqlanmaning  quyilishi  pasayadi,  tok 

o’tkazuvchanligi  ortadi,  ammo  jinsning  qattiqligi  kamayadi.  Shuning  uchun 

“Aydarko’l”  koni  bazaltini  agressiv  muxitlarda  qo’llaniladigan  kislota-ishqorli 

plitalar  ishlab  chiqishda  qo’llash  tavsiya  qilinadi.  Aniqlanishicha,  ushbu  jinslarda 

SiO

2

 miqdori 60% gacha, TiO



2

 3% gacha bo’ladi, ular maydalash va ezishga moyil 

bo’ladi[9].  

Tadqiqotlar  ko’rsatishicha  bazaltlarning  kimyoviy  xossalarini  baxolashda 

kriteriylardan  biri  bu  kislotaga  va  agressiv  muxitlar  ta’siriga  chidamlilik  bo’ladi. 

Bazaltlarni  kislotaga  chidamliligini  aniqlash  bo’yicha  olib  borilgan  tadqiqotlar 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling