Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti


Rasm -2. Namuna – lapatka tip II


Download 0.55 Mb.
bet4/10
Sana11.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#143711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Durdona BMI TOZa


Rasm -2. Namuna – lapatka tip II
Ishchi qism uzunligi (l) namuna-tasma uchun (150 ± 1) mm, 1 tipdagi lopatka-namuna uchun - (100 ± 1) mm, 2 tipdagi lopatka-namuna uchun esa - (25.0 ± 0,5) mmni tashkil etadi.

Cho‘zish mashinasi qisqichlarida bir xil mahkamlanishini ta’minlash uchun namunalarga o‘rnatish belgilari tushiriladi, ular orasidagi masofa namuna-tasma uchun (200 ± 1) mm, 1 tipdagi lopatka-namuna uchun - (150 ± 1) mm, 2 tipdagi lopatka-namuna uchun - (50 ± 1) mm.

Belgilar namuna markaziga nisbatan simmetrik o‘rnatilishi kerak.

Lopatka-namuna qalinligi ishchi qismning uch nuqtasida o‘lchanadi. Natija sifatida ushbu o‘lchashlarning o‘rtacha arifmetigi olinadi.

Lopatka-namunaning ishchi sohasi sifatida pichoqning nozik tomonidagi kesuvchi qismlari orasidagi masofa olinadi.

3. Sinovni o‘tkazish tartibi

3.1. Namuna cho‘zish mashinasining qisqichlariga shunlay o‘rnatiladiki, bunda qisqichlarni bo‘yiga o‘qlari va namunaning bo‘yiga o‘qi o‘zaro va qisqichlarni harakatlanish yo‘nalishi bilan mos kelishi kerak. Namuna-tasmalar uchun material qisqichdan chiqib ketishini oldini olish maqsadida uning uchini mahsus sterjen orqali egib qo‘yish yoki ushlashni mustahkamligini ta’minlovchi boshqa usullarni qo‘llash ruxsat etiladi. Harakatchan qisqich tezligi standart yoki texnik shartlarga muvofiq belgilanadi.

3.2. Uzish kuchi, shartli mustahkamlik, shartli kuchlanish va nisbiy cho‘zilishni aniqlash uchun uzilish vaqtida yoki maksimal kuch qo‘yilganda ishchi sohaning kuchi va uzunligi aniqlanadi. Mashinada deformatsiya shkalasi bo‘lganda namunani cho‘zilishi ham qayd qilinadi. Agarda namuna ishchi sohadan tashqarida yoki uning chegarasida uzilsa sinov natijalari inobatga olinmaydi va qaytadan o‘tkaziladi. Namuna-tasmalarda sinovlar o‘tkazishda uzilish qisqich ichida yoki uning chegarasida sodir bo‘lsa, sinov natijalari me’yoriy hujjatlar talabidan yuqori bo‘lganda inobatga olinadi.

3.3. Uzilgan namunaning nisbiy qoldiq cho‘zilishini aniqlash uchun namuna mashina qisqichlaridan olinadi, gorizontal sirtga joylanadi va uzilishdan (120± 2) s keyin uzilish joylari bilan joylashtirilgan ikki namunaning orasidagi masofa aniqlanadi.

3.4. Sinov natijalarini qayta ishlash qoidalari

3.5. Lopatka-namunaning shartli mustahkamligi (σr) megapaskallarda (kvadrat santimetrga kilogramm – kuch) quyidagi formuladan hisoblaymiz:

σр =Pp Bh0
Bu erda Rruzish kuchi, N (kgs);

b — Lopatka-namuna eni, m (sm);

h0 ishchi sohada lopatka-namunaning o‘rtacha qalinligi, m (sm).

Natijalar 0.1 MPa (1.0 kgs/sm2) gacha yaxlitlanadi.

Lopatka-namunaning shartli kuchlanishi (σr) megapaskallarda (kvadrat santimetrga kilogramm-kuchda) quyidagi formuladan hisoblanadi:

σr =Pp Bh0

Bu erda Rr — cho‘zilishga sinovda maksimal kuch, N (kgs);

b – lopatka-namuna eni, m (sm);
h0 ishchi sohada lopatka-namunaning o‘rtacha qalinligi, m (sm).

Natijalar 0.1 MPa (1.0 kgs/sm2) gacha yaxlitlanadi.

Nisbiy cho‘zilish (ε) foizlarda quyidagi formuladan hisoblanadi:

L2-L

E= _________ 100

L
Bu erda l — namunaning ishchi sohasini sinovgacha uzunligi, mm;

l2 — uzilish yoki maksimal kuch qo‘llanganda ishchi soha uzunligi, mm.

Natijalar 1% gacha yaxlitlanadi.

3.4.4.4. Nisbiy qoldiq cho‘zilish (εqol) foizlarda quyidagi formuladan topiladi:

L2-L

Eост= _________ 100

L

Bu erda l — namunaning ishchi sohasini sinovgacha uzunligi, mm;



l2 — namunaning ishchi soha uzunligi (ikkita uzilgan qism uzunligi), mm. Natijalar 1% gacha yaxlitlanadi.

Sinov vositalari va yordamchi qurilmalar

Talab qilingan haroratni ta’minlash uchun muzlatish va sovitish kamerasi.

Qattiq nav yog‘ochdan, plastmassadan yoki boshqa past issiqlik o‘tkazuvchanlikli materialdan yasalgan sinov brusi (rasm 2), bir tomonidan R radiusli yumaloqlikka ega. Radius ma’lum tur mahsulot uchun ND da keltirilishi kerak. Sekundomer.

Bo‘laklari 1 mm bo‘lgan metall lineyka.



Sovituvchi aralashma.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling