Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti


-Rasm. Gidroizolyatsion bitum ishlab chiqarishning texnologik sxemasi


Download 0.55 Mb.
bet8/10
Sana11.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#143711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Durdona BMI TOZa

9-Rasm. Gidroizolyatsion bitum ishlab chiqarishning texnologik sxemasi
Gidroizolyatsion bitum ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bitumlar lak-bo’yoq sanoatida qo’llaniladigan oddiy reaktorlarda sintez qilinadi.

60-80°C gacha qizdirilgan Gossipol smolasi saqlash sig’imidan reaktorga Gossipol smolasi yuklangandan keyin asta-sekinlik bilan harorat 120-130°C gacha chiqguncha qizdiriladi. Bunda reaktorda ko’pik hosil bo’lish jarayoni kuzatiladi. Bu esa Gossipol smolasida namlik yuqoriligidan dalolat beradi.

Ko’pikni hosil bo’lishini kamaytirish uchun aralashtirishni intensivligini oshirish kerak. 60-70 daqiqa mobaynida intensiv aralashtirib bo’lgandan keyin, ko’pik hosil bo’lish jarayoni to’xtaydi. Bu jarayonda gossipol smolasi tarkibidan 15-18 % gacha namlik yo’qotiladi.

SHundan so‘ng reaktordagi harorat 210-220°C gacha ko’tariladi, bunkerlardan ketma-ketlikka qat’iy rioya qilib, oldin Dalomit, keyinchalik talk, kaolin aniq nisbatlarda reaktorga yuboriladi. Har bir komponent qo‘shilganda 50-60 daqiqa davomida intensive aralashtiriladi. Bunda kompanentlarni to’liq reaksiyaga kirishishi ta’minlanadi. Reaksiya tugaganligi ko’pik hosil bo’lish tugaganligi orqali aniqlanadi. Ishchi parametrlarning normasi

Gidroizolyatsion bitumning sintez rejimi normalari:


  1. Gossipol smolasi 72 %;

  2. So’ndirilgan oxak (CaO) 3%;

  3. Kaolin 15% solish harorati 80º C;

  4. Talk 10% solish harorati 220º C;

  5. Yuqoridagini aralashtirish vaqti 10-15min;

  6. Oxakni solish vaqti 5-15min, 220°C;

  7. Oxakni reaksiya davom etishi reaktor ichida 15-20 min;

  8. Kaolinni qo’shish vaqti 14-15 daqiqa davom qiladi;

  9. Talkni qo’shish vaqti 20-25 daqiqa;

  10. Aralashtirish jarayoni (10-20%) 25-45 daqiqa.


IV. GOSSIPOL SMOLASI, TALK, KAOLIN TIZIMI ASOSIDA GIDROIZOLYATSION BITUM OLISHNING LABORATORIYA TAJRIBA REGLAMENTI

Bugun nafaqat bizda, balki butun jahon iqtisodiyoti tashqi agressiv muxit ta’siri yemirilishidan haddan tashqari katta zarar ko’ryapti. Bundan kelib chiqadi, bizning izlanishlarimizga talab nafaqat ichki bozorda balki tashqi bozorda ham katta boladi.

Xozirgi vaqtda mamlaktimiz korxonalarining gidroizolyatsion materiallariga bo’lgan ehtiyojlari import hisobiga ishladi. Import materiallarini o’rnini bosuvchi olmiy asoslarini yaratish mamlakatimiz korxonalari uchun dolzarb savol bo’lib, uning tabiiy xom ashyolarini va valyuta resurslarini tejashga yordam qiladi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, bu laboratoriya reglamentining maqsadi turli muhitda ishlovchi gidroizolyatsion bitum olish (gossypol smolasi, oxak, talk, kaolin, mahalliy resurslar, sanoat chiqqindilari asosida) texnologiyalalarini yangi turlarini ishlab chiqarishdan iborat.

Turli muhitda qurilgan uy-joy quriish inshootlari uchun gidroizolyatsion bitum olishda yuqoridagi turli qo’shimchalardan iborat. Bu vosita yer usti va yer ostida, xatto suv ostida barcha inshoatlarini, qurilish konstruksiyalarni, fundamentlar va magistral quvurlarni va gidroizolyatsiya qilishda, korroziya va erroziyadan himoya qilishda ishlatiladi.

Lekin korroziyadan va erroziyadan himoyalovchi gidroizolyatsion bitum sintez qilish uchun kimyoviy izlanishlarni bajarish va tayyorlash uchun ularni mazmunini, kimyoviy reaksiyalar ko’chishining asosiy xususiyatlarini bilish lozim va kimyoviy experimentni texnikasi boyicha yetarlicha bilmlar va tajribaga ega bo’lish kerak.
1.Qo’shimcha talablar

1. Bitum polimerli kompozitsiya 0,03 MPa (0,3 kgf/cm2)dan kam bo`lmagan bosim ostida 10 min daqiqadan kam bo`lmagan vaqt oralig’ida ushlab turilganda suvyuqmaslik xususiyatiga ega bo`lishi kerak.

2. Kompozitsiya 0,001 MPa (0,01 kgf/cm2)dan kam bo`lmagan bosim ostida 72 h soatdan kam bo`lmagan vaqt oralig’ida ushlab turilganda suvyuqmaslik xususiyatiga ega bo`lishi kerak.

3. Xom ashyo va materiallarga qo`yiladigan talablar

4. Bitumni tayyorlash uchun amaldagi me’yoriy hujjatlarning talablariga javob beradigan quyidagi xom ashyolardan foydalanilishi lozim bo`lib, bu xom ashyo GOST 24297 bo`yicha kirish nazoratidan o`tishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo`lishi zarur.

2. Gidroizolyatsion bitumning fizik-kimyoviy va mexanik ko`rsatkichlar

Gidroizolyatsion bitum fizik-kimyoviy va mexanik ko`rsatkichlar quyidagi ko`rsatilgan usullar bo`yicha aniqlanadi.

5.1. Gossipolli smola asosidagi qurilish bitumlarining namunalari GOST 2517 bo`yicha tanlab olinadi. Har bir markaga mansub bitumning birlashgan namunasining massasi 0,5 kg bo`lishi lozim.

5.2. Ignaning kirish chuqurligi GOST 11501 bo`yicha aniqlanadi.

5.3. Yumshash harorati GOST 11506 bo`yicha aniqlanadi.

5.4. Cho`ziluvchanlik GOST 11505bo`yicha aniqlanadi.

5.5. Alangalanish harorati GOST 4333

5.6. Eruvchanlik GOST 20739 bo`yicha aniqlanadi.

5.7. Suvning massa ulushi GOST 2477 bo`yicha aniqlanadi.

5.8. Suv shimuvchanligi GOST 26589 bo`yicha aniqlanadi.

5.9. Uzilishdagi nisbiy cho`zilishi GOST 26589 bo`yicha aniqlanadi.

5.10. Suvyuqmasligi GOST 26589 bo`yicha aniqlanadi.



3.Xom ashyo xarakterisikasi

Bu ishning nazariy va amaliy izlanishlar olib borishda asosiy ob’ekt bo’lib hizmat qilgan: gossipol smolasi, CaO, talk, kaolin.



Gossipol smolasi fizik kimyoviy va kimyoviy xarakteristikasi gossipol C30H30O8 (Brutto formulasi) sariq rangli zaharli, qattiq kristall modda. Go’za (Gossypium) ning asosiy maxsulotlaridan biridir. U g’o’zaning hamma organlarida bo’lib, uning miqdori chigitning mag’zida % gacha, ildiz po’stlog’ida % gacha, qolgan boshqa qismlarida esa kam bo’ladi. Gossipol va uning analoglari gossipurpurin, gossiverdurin, gossifulvin chigit yadrosidagi maxsus bezchalarda joylashgan bo’lib, ular devori nihoyatda mustahkam va ko’pchilik organik erituvchilar ta’siriga chidamli.

Gossipol antranalitlari, gossipol smolasi va ularning mahsulotlari inson uchun foydali moddalar hisoblanadi. Ular xalq xo’jaligining turli sohalarida: tibbiyot, kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi, metall quyish sanoati va boshqalarda ishlatiladi. Gossipol virusga faol ta’sir qiladi. Shu sababli hozirgi vaqtda gossipoldan virusga qarshi ishlatiladigan interferon induktori preparatlari va boshqa moddalar ajratib olingan.

Gossipol smolasi – nooziqaviy yog’ - moy maxsuloti bo’lib, paxta soapstogi yog’ kislotalarining distilyatsiya qilishda qolgan gudron. Soapstok yog’ va moylari ishqoriy neytrallashdan olingan oraliq mahsulotdir. Gudron esa distillanmaydigan kubli qoldiq hisoblanadi. Gossipol smolasi sifat ko’rsatgichlari va qo’llanilishiga ko’ra ikki turga bo’linadi.Gossipol smolasining sifat ko’rsatgichlari 6- jadvalda ko’rsatilgan talablarga mos kelishi kerak.
Jadval 6

Gossipol smolasining sifat ko’rsatgichlari




Ko’rsatgich nomi

Tavsifi va me’yorlari

1-tur

2-tur

Tashqi ko’rinishi



To’q jigarrangdan qora jigarranggacha bo’lgan bir hil tarkibli massa

Kislota soni, mg KOH g, oralig’ida

71-100

50-70

Asetondagi eruvchanlik, % dan kam emas

80

70

Kulning massaviy ulushi, % dan ortiq emas

1,0

1,2

Namlik va eruvchan moddalarning massaviy ulushi, % dan ortiq emas

4,0

4,0

Gossipol smolasi yonuvchan mahsulot bo’lib, quyidagi sifat ko’rsatgichlariga ega:

Erish harorati ,oC - 70

Uchqunlanish , oC -250

Yonish harorati, oC - 285

Gossipol smolasi qo’llanilganda, saqlash va trnsportda tashish vaqtida yong’in xavsizligi qoidalariga rioya qilish kerak.



Kalsiy oksidi (so’ndirilmagan ohak) GOST 8677-76 talablariga mos keladi. Kalsiy oksidi oq bo’laklardan yoki kukun holida bo’lish kerak, zarrachalar bir – biri bilan yopishmagan holda suvda qiyin eruvchan, kislotalarda yaxshi eriydigan modda. Ochiq turgan holda namni va karbonat angidridni o’ziga tortib oladi. Fizik – kimyoviy ko’rsatgichlari bo’yicha kalsiy oksidi quyidagi keltirilgan 10- jadval talablariga javob berishi kerak.

Jadval 7

Kalsiy olsidning fizik -kimyoviy ko’satgichlari


Ko’rsatgichlar nomlari


Mezon


Analiz uchun toza (ch.d.a.) OPK 2611210 35205




Toza (ch.)OPK

261121035106

1. Kalsiy oksidini ning massa ulushi CaO, %, dan kam emas

97,5

96,0

2. Kalsiy karbonatning massa ulushi (CaCO3), %, dan katta emas

1,0

2,5

3. Xlorid kislotada erimay qolgan moddalar qismi, %, dan katta emas

0,01

0,02

4. Azotning umumiy miqdori (N), %, dan katta emas

0,03

0,06

5. Sulfatlar massa ulushi (SO ), %, dan katta emas

0,02

0,05

6. Xloridlar massa ulushi (Cl), % dan katta emas

0,005

0,010

7. Temirning massa ulushi Fe, %, dan katta emas

0,01

0,02

8. Og’ir metallarning massa ulushi (Pb), %, dan katta emas

0,005

0,010

Biz ishlatgan so’ndirilmagan ohak (CaO) do’konlarda sotiladigan bo’lib, oq va nimrang sariq tusli, suvga solinganda suv bilan reaksiyaga kirishib ozi yaxshi maydalanib, qo’shimcha qoldiqlar hosil qilmasdan gidroksid zarrachalarini hosil qildi. Shu sababli biz ishlatga kalsiy oksidini yuqoridagi talabga javob beradi deb hisobladik. Kalsiy oksid (CaO) bo’Loklarini havonchada maydalab, 1 smda dona teshigi bo’lgan elakchalardan o’tkazib, so’ngra qizdirilgan gossipol smolasi tarkibiga aralashtirdik.



Talk- Mg2 [Si4 O10][OH] 2 yoki 3Mg.4SiO2. H2O.Bu mineral qadimda arabcha shu nom bilan atalagan. Paydo bo’lish va konlari.Talk ko’pincha magniyga boy o’ta asos jinslarning gidrotermal o’zgarishidan yuzaga kelgan maxsulot holida topiladi. Bunday paytlar-da u, qonuniy ravishda , xromshpilari (breynirit, magnezit), ba’zan kalsiy karbonat-lari bilan bir assotsiyada bo’ladi.Qayta yuzaga kelgan maxsulot sifatida gematit yoki magnetit,ba’zan appatit metakristallarining bo’lishi ham juda xarakterlidir. Mineral-larning paragnezisiga qaraganda talk tarkibida karbon kislotasi bo’lgan gidrotermal eritma yordamida magniy silikatlari hisobiga quydagi reaksiya sxemasi bo’yicha paydo bo’ladi:

4(Mg,Fe)2SiO4+H2O+3CO2 - Mg2 [Si4 O10][OH] 2 +3MgCO3+Fe3O3

Talkning konlari kontakt-metasomatik protsesslar bilan ham bog’liqdir. Ular gidrotermal stadiyada dalomitlar bilan intruziv jinsllar kontaktida yuzaga keladi.

Talk sanoatda keng miqyosda qo’llaniladi. U asosan kukun qilib ( talk taqoni) va qisman yirik bo’lak shaklida ishlatiladi.Mayin yanchilgan talkqog’oz sanoatida, shuningdek, rezina sanoatida to’ldiruvchi sifatida, ishlab chiqarilgan maxsulotning foydali xususiyatlarini birmuncha saqlagani holda xajmini ko’payti-rish maqsadida ishlatiladi.Temirsiz a’lo sifatli navlari parfyumeriyada (upa moy, pastalar ) tayyor-lashda qo’llaniladi. Bo’yoqchilik sanoatida zangdan saqlovchi ham yorug’likka chi-damli bo’yoqlar bilan shishaga, metal buyumlarga yozish uchun yumshoq qalam-lar ishlab chiqarishda ishlatiladi.To’qimachilik sanoatida talk kukunining adsorbsiya etish ( o’ziga tortish shimish) xususiyatidan foydalanib, paxtani oqartirish , yog’-moy dog’larining ketkazish uchun va boshqa maqsadlarda ishlatila-di.Talk kukuni keramika sanoatida yuqori voltli elektr izolyatorlari, kislota bilan ishqorlarga chidamli idishlar, quvurlar va h.k. ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi.



Kaolin- Al4[Si4O 10] [OH]8 yoki Al2 .Bu mineralning qadimiy nomi xitoy tilidan olingan «Kay-ling»- baland tog’ demakdir ( kaolin koni shunday deb atalar edi). Bu shu gruppa minerallari orasida eng ko’p tarqalagan bo’lib, u ko’p gillarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Kimyoviy tarkibi.Al2O3 39,5%, SiO2 46,5%, H2O 14%. Ayrim komponen-tlarning miqdori o’zgarib turadi.Mineral tarkibida kam miqdorda Fe2O3, MgO, CaO, Na2O, K2O, BaO, SiO2 va boshqa metal oksidlari aralashmalari bo’ladi.

Paydo bo’lishi va konlari.Asosiy massasi alyumosilikatalrga ( dala shpatlari, slyudalar) boy magmetik va metamorfik jinslar –granitlar, giyeslar, kvarslai porfirlar va h.k ning murash sharoitlarida yuzaga keladi.Kaolinit paydo bo’lishining shu protsessi H2O bilan CO2 ta’siri ostida o’tadi.Bunda ishqorlar qisman SiO2 va ishqoriy yer elementlari bilan birga karbonatlarga aylanib yuvilib ketadi. Kvarts bilan birga boshqa kimyoviy barqaror minerallar esa kaolin yoki kaolin gili deb ataladigan massa ichida aralashmalar tarzida qoladi.Ko’pincha shunday yo’l bilan to’planib qolgan kaolin massasi yuvilib ketadi va o’zi xosil bo’lgan joydan uzoqlashsa,ya’ni suvi turib qolgan xavzalarda, boshqa yirik minerallardan tozalangan holda,mayin dispers gil cho’kindilardan iborat qatlam holida yotqiziladi.



4. Laborotoriya sintezining material balansi

Hisoblar 100gr tayyor mahsulot bilan olib borilgan natijalari jadvalda ko’rsatilgan:



Jadval 8

Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion

bitum olishning material balansi

Mahsulot nomi


Miqdori gr


Mahsulot nomi



Miqdori gr




Gossipol smolasi

72









CaO (kalsiy oksid)

3

Gidroizolyatsion bitum







Kaolin

15










Talk

10










Kirim jami

100

CHiqim jami

100


5. Texnologik sxema tanlash va uning tavsifi
Jarayonni amalga oshirish uchun ilmiiy tadqiqotlar asosida gidroizolyatsion bitum olishni texnologik sxemasi yaratildi. Bu texnologik sxema gossipol smolasi, CaO, kaolin, talk asosida gidroizolyatsion bitum olishga asoslangan .

Texnalogik jarayonlar quyidagi bosqichlardan iborat:

  • Gossipol smolasini suvsizlantirish;

  • Gossipol smolasi va Ca asosida reaksion mahsulot;

  • Hosil bo‘lgan massaga talk qo‘shib, aralashtirish;

  • Bitumsimon mahsulotga kaolin qo‘shish jarayonini amalga oshirish;

  • Hosil bo‘lgan, gidroizolyatsion bitum olishga yaroqli bo‘lgan bitum materialini olish va massani sovitish.

  • Olingan mahsulotni gidroizolyatsion bitum olish uskunasiga uzatish va yangi avlod Gidroizolyatsion bitumni ishlab chiqarish.





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling