Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti
Download 0.55 Mb.
|
Durdona BMI TOZa
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitumlar olishning labaratoriya reglamentini yaratish
- Baholanadigan bo’limlar Eng yuqori ko’rsatkich ball hisobida Komissiya belgilagan foiz
- BITIRUV MALAKAVIY ISH BO’YICHA TOPSHIRIQ Talaba:Bekberganova Durdona Davronbek qizini Ishning mavzusi «
- 6. Masla h atchilar
- Topshiriq berdi Topshiriq qabul qildi
- KIRISH
- TADQIQOT O’BEKTI VA XOM ASHYO VA TAYYOR MAXSULOTLARNI ANALIZ QILISH USULLARI ……….
- GOSSIPOL SMOLASINI QAYTA ISHLAB YANGI TUR MAHSULOTLAR- GIDROIZOLYATSION BITUMOLISHNING LABARATORIYA REGLAMENTINI YARATISH BORASIDA TADQIQOTLAR…………………
- BIZNES REJA
- Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimi asosida gidroizolyatsion bitum olishning labaratoriya reglamentini
- O‘simlik gudronidan bitum olish
Eslatma: har bir kafedraning xususiyatlari e’tiborga olingan holda baholash mezonlariga o’zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq. 6-ilova Urganch davlat universiteti Kimyo texnika_fakulteti kimyo-texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha ) ta’lim yo’nalishi bo’yicha yo’nalishining bitiruvchisi Bekberganova Durdona Davronbek qizi «Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitumlar olishning labaratoriya reglamentini yaratish» mavzusida bitiruv malakaviy ishi DAKning «____» 2019 yil «______________» dagi majlisida himoya qilinadi. Davlat attestattsiya komissiyasi bitiruv malakaviy ishga quyidagi o’zlashtirish ko’rsatkichlarini belgilaydi.
Davlat attestattsiya komissiyasi majlisining qarori: 1.Bekberganova Durdona Davronbek qizi «Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitumlar olishning labaratoriya reglamentini yaratish» mavzusida bajargan bitiruv malakaviy ish uchun ____ lik o’zlashtirish ko’rsatkichi belgilanish va «______» deb baholansin. DAK raisi:_______________________________ A’zolari:___________________________________ 2019 yil «__» ______________ 7-ilova Urganch davlat universiteti Kimyoviy texologiyalar fakulteti «Kimyoviy texnologiyalar» kafedrasi Bitiruv malakaviy ish 6- sonli tartib raqam bilan qayd qilindi. Bitiruv malakaviy ishni bajaruvchining ismi sharifi: Bekberganova Durdona Davronbek qizi «Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitumlar olishning labaratoriya tajriba regalamentini yaratish» lmiy rahbar (maslahatchi) ning ismi-sharifi: Jumaniyazov M.J. Bitiruv malakaviy ish kafedraning 2019 yil «_____»________da o’tkazilgan majlisi qaroriga muvofiq DAK majlisida himoya qildi. Taqrizchi: Jumaniyazov R.M. «Xorazm Antikorr invest» AJ bosh texnologi Kafedra mudiri: prof Babayev Z.K.
Kafedraning bitiruv malakaviy ishni DAK majlisida himoya qilish bo’yicha tavsiyasiga roziman. Fakultet dekani: dots.Qurambayev Sh.R. Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti «Kimyoviy texnologiyalar» kafedrasi kimyo-texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi ta’lim bakalavr
_______ fakultet dekani dots. Qurambayev Sh.R. ___”__________2019 y.
BITIRUV MALAKAVIY ISH BO’YICHA TOPSHIRIQ Talaba:Bekberganova Durdona Davronbek qizini Ishning mavzusi «Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitumlar olishning labaratoriya reglamentini yaratish» 1. «20» noyabr 2018 yil universitet rektorining 2. Ishni topshirish muddati: “12” iyun 2019 y. Mavzu bo’yicha dastlabki ma’lumotlar va adabiyotlar ro’yxati: 4. Bitiruv malakaviy ishimning asosiy maqsadi « Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitumlar olishning labaratoriya reglamentini yaratish» dan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilar vazifa qilib belgilangan: kerakli ilmiy adabiyotlar, reaktivlar, uskunalarni yig’ish, Gossipol smolasini olib kelish, tal’k, kaolin, polietilen,kaltsiy oksidi, bor va boshqalarni keltirish, turli yog’-moy kambinatsiyalarining manbaalaridan olingan gossipol smolasini suvsizlantirish jarayonini o’rganish; gossipol smolasi asosida gidroizolyatsion bitumolishda yaroqli bo’lgan bitumlarni sintez qilish qonunlarini o’rganish, ta’sir qiluvchi komponentlar nisbatini aniqlash; tadqiqot obyekti va xom ashyo va tayyor maxsulotlarni analiz qilish usullarini belgilash; gidroizolyatsion bitumtayyorlashning laboratoriya texnologik reglamentini yaratish; texnologik sxema tanlash va uning tavsifini keltirish; xulosa yozishdan iborat. 5. Chizma materiallar ro’yxati: olingan ilmiy natijalar grafiklari, texnologik sxema. 6. Maslahatchilar
Taqrizchi: Jumaniyazov R.M. «Xorazm Antikorr invest» bosh texnologi / 7. Ilmiy rahbar: Jumaniyazov M.J. BMI bajaruvchi talaba: Bekberganova D.D. Kafedra mudiri: prof BabayevZ.K
I. KIRISH Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz dahlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko’tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi haqidagi farmonni imzoladi. Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni atroflicha o’rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish yakunlari bo’yicha ishlab chiqilgan. Mazkur yo’nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo’limlardan iborat. Davlat dasturining uchinchi yo’nalishi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan. Butun dunyo formatida olib borilayotgan qurilish ishlari analiz qilinsa bu sohada bitumning o‘rni beqiyos. U tengsiz izolyatsion material bo‘lib, yer usti va yer ostida, xatto suv ostida barcha inshoatlarini, qurilish konstruksiyalarni, fundamentlar va magistral quvurlarni va gidroizolyatsiya qilishda, korroziya va erroziyadan himoya qilishda ishlatiladi. Shu bilan birga tom yopish materiallari va asfalt ishlab chiqarishning asosiy komponentidir. Hozirgi kunda ishlatilib kelinayotgan bitumlarning asosiy fizik-mexanik xossalari zamon talablariga javob bermay qolmoqda, bitumning muddatidan oldin chirishi kuzatilmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ish doirasida yechilishi lozim bo‘lgan masala- gossipol smolasi asosida jahon standartlariga to‘la mos keladigan, gidroizolyatsion bitumlari olishning mukammal texnologiyasini yaratish va keng amaliyotga tadbiq qilishdir. Gossipol smolasi yog‘-moy kombinatlarining ko‘p ming tonnalik chiqindisi bo‘lib, uni keng doirada ishlatish ishlari bugungacha hal qilinmagan. Loyiha doirasida gossipol smolasi tarkibining asosini tashkil etuvchilar- aromatik birikmalar va tarkibdagi fenol, gidroksil, karbonil, karboksil kabi guruhlarni modifikatsiyalab, standart tarkibli bitumlar olishning texnologiyasi nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan to‘lik isbotlanadi. Keng masshtabli ishlab chiqarish chiqarish tashkil etishga zamin yaratiladi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, noananaviy gidroizolyatsion materiallarni mahalliy homashyolar va sanoat chiqindilari asosida olishning fizik kimyoviy va tehnalogik asoslari yaratilishi bugukunning dolzarb masalasidir. Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimi asosida gidroizolyatsion bitum olishning labaratoriya reglamentini yaratishdan iborat, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilar vazifa qilib belgilanadi kerakli ilmiy adabiyotlar, reaktivlar, uskunalarni yig’ish, Gossipol smolasini olib kelish, talk, kaolin, kaltsiy oksidi, bor va boshqalarni keltirish, turli yog’-moy kombinatsiyalarining manbaalaridan olingan gossipol smolasini suvsizlantirish jarayonini o’rganish; gossipol smolasi asosida gidroizolyatsion bitumolishda yaroqli bo’lgan bitumlarni sintez qilish qonunlarini o’rganish, ta’sir qiluvchi komponentlar nisbatini aniqlash; tadqiqot o’bekti va xom ashyo va tayyor maxsulotlarni analiz qilish usul-larini belgilash; Maxalliy xom ashyolar -Gossipol smolasi, talk, kaolin, CaO, dalomitlar asosida gidroizolyatsion bitum olish bo’yicha tadqiqotlar olib borish texnologik sxema tanlash va uning tavsifini keltirish; gidroizolyatsion bitum tayyorlashning laboratoriya reglamentini yaratish; xulosa yozishdan iborat. Tadqiqot natijasida gidroizolyatsion bitumlar olishga yaroqli bo’lgan bitumlarning optimal tarkiblarini olish, ushbu tarkibga dalomit, talk, kaolin ta’sirini o’rganish va tegishli xulosalar qilishda yog’-moy kambinatlari ko’p tonnali chqindisi gossipol smolasi asosidagi bitumlarni qo’llab yangi turdagi Gidroizolyatsion bitum fizik mehanik xossalarini aniqlash. II. GOSSIPOL SMOLASI, TALK, KAOLIN TIZIMIDA GIDROIZOIZOLYATSION BITUM OLISHNING LABARATORIYA REGLAMENTINI YARATISH BO’YICHA ILMIY ADABIYOTLARINING VA PATENTLARINING TAXLILI Bitum haqida tushuncha.Tombop va suvga chidamli materiallar.O‘rama materiallari-o‘rama materiallaridan qoplamani bir nechta qavatli qiladilar va qop-lam gilamenmonga aylangan bo‘ladi.Gilam ostiga taglik materiallar to‘shaladi ustki qatlam qoplama materiallar bilan quriladi, bu qoplama qiyin eriydigan bitumdan tayyorlanadi. Asosli va beasosli gidroizolyatsion material ishlab chiqariladi. Asosli materiallarni ishlab chiqarishda qoplovchi karton,asbest qog‘ozi,shisha matolar va boshqa bitumlar bilan asoslariga ishlov beradilar, va ularning aralashmalarini kiritish yo‘li bilan tayyorlaydilar.Beasoslar tayyorlashda ma’lum qalinlikda bo‘lgan arqoqli ko‘rinishdagi aralashmalr, ya’ni organik bog‘lovchilarni ayniqsa bitum, minfal tolqonli yoki maydalangan rezina va antiseptik plastifikatorlar qo;shimchalardan tayyorlab olinadi [ 1]. Ruberoidni olishdan maqsad, u tom qoplamasi materiali xisoblanadi.Uni tay- yorlashda maxsus qoplama kartonga engil eriydigan bitumni yumshash xarorati 60ºC chamasida bo‘lgan yumshoq bitum shimdiriladi, bir yoki ikki tomonidan qiyin eriydigan qattiq neftsiz bitum bilan to‘ldirgich eritmasi, uning sirtiga yupqa qilib qoplanadi,bitum qoplamay turib,ikki tomoniga mayda qilib talk yoki slyuda sepi-ladi.Ruberoid sirti yuzasiga sepiladigan mayda taqon mineral moddalar uning issiq xamda ob-havo ta’siriga chidamliligini oshiradi.Qoplovchi karton matolar, qog‘oz makulaturalar va yog‘och sellyulozalardan olinadi.Yirik donali rangli sepkichlar faqatgina ob –havoga chidamliligini oshirib qolmasdan ruberoidga o‘ziga jalb qiluvchi chiroyli ko‘rinish xam beradi.Bundan tashqari, tangasimon slyuda sepilgan ruberoidlar xam bo‘ladi.SHu sabablo ruberoidlar turar joy va sanoat binolar tomini yopishda juda qulay material hisoblanadi [2]. Katronli qoplama o‘rama materillari o‘z ichiga tol va ularning turli xillarini, shuningdek gidroizolyatsiyalovchi pardalarni kiritadi. Tol-bu qoplama kartoni bilan sepib tayyorlab olinadigan o‘rama materialdir.CHirik donali sepkichli tol tekis qoplamaning ustki qatlami uchun ishlatiladi.Qumli sepkichli tolni vaqtincha bo‘lgan inshootlarda, inshootlarning poydevorini gidroizolyatsiyalashda va boshqa qismlari uchun ishlatiladi.Tolni ostki qismida to‘shamasi sifatida ko‘p qatlamli qoplamalar ishlatiladi, shuningdek bug‘ va gidroizolyatsiyalshda ostki to‘shama, material sifatida ishlatiladi. Katronli bitumli qoplama materialnih olishda, uni chirishdan saqlash uchun oldin kartonni katron bilan shimdirib va ikki tomonini bitum suykab sepkichlanadi va ulardan ko‘p qatlamli tom qoplambalar qoplash uchun foydalaniladi.Mustaqil Davlatlar Xamjamiyatida (MDX) birinchi bo‘lib yangi pardasimon gidroizolyatsion material ishlab chiqilgan, bu polimerli katron bitumli(PKB)xisoblanadi.Asosan gaz-neft o‘tkazuvchi magistrallarni gidroizolyatsiyalash uchun qo‘llaniladigan polimer katronli rezinali bitumli pardasimon gidroizolyatsiyalovchi yangi materiallar ishlab chiqarilgan(PKRB).Bular ko‘ndalang yo‘nalishdagi suzilishdagi kata mexanikaviy mustaxkamlikka ega.Korroziyaga biochidamli bo‘lib, -50 ºC dan 60ºC xarorat-gacha mustaxkamdir. Bular 50 yil davomigacha xizmat qiladi [3]. Gidroizolyatsiyalovchi va qoplama materiallari qo‘yilgan talablarga javob berishi lozim, ya’ni suv o‘tkazmovchanligi, suv shimuvchanligi, issiqqa chidamliligi va mexanikaviy mustaxkamligini ta’minlashi kerak.Suv o‘tkazmovchanligi xar bir material uchun aloxida gidrostatik bosim orqali sinash bilan aniqlanadi. Masalan, shisha ruberoidli materialni sinash jarayonida 10 minut davomida 0,07MPa gidro-statik bosim ostida namunaning yuzasida suvning singib chiqishi xolatlari bo‘lmas-ligi kerak.Suv shimuvchanlik juda kam miqdorda bo‘lib, shisharuberoid uchun 0,5 foizdan oshmasligi kerak.Bunday materillarning issiqqa chidamliligi xarorat ta’sirida sepkichlarning ajralib tushishi, shishalar paydo bo‘lishi va qoplama qatlamlarda nuqsonlar xosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi.SHuning uchun ruberoid, shisha ruberoid bitumlida xarorat 80ºC dan kam bo‘lmasligi ,tolda esa 45ºC dan , katron bitumli materiallarda 70ºC dan past bo‘lmasligi uchun bitumli materiallar-ning issiqqa chidamliligi darajalari qabul qilingan.Mexanik mustaxkamligi esa, 50mm kenglikdagi material tasmasini uzuvchi kuch bilan cho‘zgandagi xolati orqali tavsiflanadi.Bu ko‘rsatkichlar ruberoid uchun320-340N kam bp’lmasligi kerak [4] O‘simlik gudronidan bitum olish Gossipol smolasi yog‘ - moy kombinatlari chiqindisi bo‘lib, o‘zining tarkibida yog‘ kislotalarini, fosfor birikmalarini, azot birikmalarini saqlaganligi sababli trebotexnik masalalarini hal qilishda u juda ham qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan moddadir. Efir sonlarining miqdori yuqoriligi, laktan shaklidagi erkin yog‘ kislotalarining mavjudligi haqida dalolat beradi. Azot tutuvchi birikmalarning borligi, gossipol smolasidagi oqsil moddali birikmalarni kondentatsiyaga uchraganidan dalolat beradi. Ishqoriy muhitda (8-10) gossipol smolasi alyuminiy kvaslarni parchalanishidan hosil bo‘luvchi alyuminiy gidroksidi bilan reaksiyaga kirishadi. Hosil bo‘lgan birikma kalsiymagniyli muhit ta’siriga chidamli. Gossipol smolasi tarkibini taxminan 80% ni yuviluvchan qismlar tashkil etadi. Asosiy komponentning molekulasi polimer tuzilishga ega bo‘lib, kondensatsiyaga uchragan fenol yadrolaridan tashlik topgan.Gossipol smolasi asosida tayyorlangan GT emulsoli TU - 38101149-75 talablarga javob berib, qirqish va bosim ostida ishlaydigan metall buyumlarni qayta ishlashda ishlatiladi. Yog‘ kislotalari gossipol smolasi tarkibida bo‘lib, moylovchi modda sifatida trebokimyo uchun juda muhim ahamiyatga ega. CHunki karboksil gruppa va uglevodorod radikali tutgan uglerod atomlari uzun zanjiridan iboratligi uchun metallar bilan xemosorbsiya jarayoniga kirishish qobilyatiga egadir [5]. Anion faol qo‘shimchalar bilan oksidlangan risoykil, gossipol smolasining kub qoldiqlari hamda qattiq yonilg‘ilar smolalari bitumni karbonat materiallari bilan bog‘lanishini kuchaytirib, amalda bitumning mineral materiallarini kislotali qismlari bilan birlashmaydi.Ya’ni bitumdan asfalt tayyorlash jarayonida bitumga qo‘shiladigan moddalar tabiatiga katta e’tibor berish kerak bo‘ladi. Bitumni yupqa qatlamda kogeziya xossasini ko‘paytirish uchun yuzani ohakli eritma bilan faollashtirish yaxshi natija beradi. Yuzani xossasini o‘zgartirish uchun, kation faol qo‘shimchalar bo‘lgan DT diamin va KTP katapin hamda FGS gossipol smolasi asosida tayyorlangan karbon kislotaning temirli tuzlaridan qo‘shish kerak . Bu maxsuotlarning tarkibida azot, uglerod, vodorod, kislorod elementlari bo‘lib, 3-4-5 gruppa elementlari xosilalari suvda eriydi. Zamishlyaevaning ko‘rsatishi bo‘yicha gossipol smolasini faqat 0,37 % suvda eriydi xolos. Polimer quyuqlantiruvchilardan foydalanib tayyorlangan moylovchi SDP-1, SDP-2 markali maxsulotlar o‘zini tarkibida tribopolimer hosil qiluvchi zichlantiruvchi va xemosorbsion shaklida plyonka hosil qiluvchi komponentlar tutgan ochiq ustunlami bo‘yash uchun ishlatilinadi. Sanoat miqiyosida yuqoridagi moylovchi maxsulotlar bilan qadoqlangan mingdan ortiq dalotalarning barcha texnik ko‘rsatgichlari o‘sganligini ko‘rsatdi. SHu bilan bir qatorda burg‘ulash tezligi 30 % ga oshdi. Har doim ishlatiladigan moylovchi materiallar bilan qoplangan dalotalarga nisbatan yuqori haroratli burg‘ulash sharoitida va vodorod sulfid ishtirokida ishlovchi, texnika uchun IPM- markadagi moylovchi gossipol smolasi asosida tayyorlangan maxsulotlar tayyorlangan. Bu jarayonda gossipol smolasi vodorod sulfidli karroziyaga qarshi kimyoviy ekran vazifani bajaradi [6]. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda gossipol smolalaridan har xil kompozitsion maxsulotlar, qurilish bitumlari ishlab chiqarish bo‘yicha qator olimlar ilmiy ish olib bormoqdalar. Bu olimlar “Fan va tarqqqiyot” unitary korxonasida ilmiy izlanishlar olib borib, raqobatbardosh kompozitsion materiallar olish texnologiyasini yaratish ustida ishlamoqda. Jumladan, B.B. Sobirovni doktorlik dissertatsiyasi asfaltbeton va aeroport yo‘llari qoplamalari orasidagi tirqishlarni qoplash maqsadida ishlatilinadigan va gossipol smolasi asosida tayyorlangan mastika va boshqa kompozitsion maxsulotlar olishga qaratilgan. Xuddi shu yo‘nalishdagi ishni ya’ni, gossipol smolasidan tayyorlangan bitum asosida kompozitsion maxsulotlar olish SH.R. Quranboevni nomzodlik dissertatsiyasida ham o‘rganilgan . Biroq ular hosil qilgan gossipol smolasi asosidagi bitum neft gudronini yuqori temperaturada oksidlash orqali bitum olish jarayoniga moslashgan. Ya’ni neft gudroni o‘rniga gossipol smolasi gudroni havo bilan oksidlash orqali bitum sintez qilingan [7].
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling